Tillar kafedrasi

Tillar kafedrasi

Kafedraning maqsadiXorijiy tillarni o‘qitishning nazariy va metodik darajasini muntazam ravishda oshirish, ta’lim va tarbiyani xizmat vazifalari bilan uyg‘unlashtirish, xorijiy tillarni o‘rgatishda jahon tajribalaridan foydalanish hamda kasbga yo‘naltirib o‘qitish asosida yetuk bilim va malakaga ega mutaxassislar tayyorlash.

Kafedraning vazifasi – Akademiyasi kursantlarini mutaxsassiligiga ko‘ra til bilish darajalariga tayyorlash va unda jahonning ilg‘or tajribalaridan foydalanish, sohaga oid manbaalarni yozma va og‘zaki nutqini rivojlantirish hamda eng zamonaviy ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy materiallarini keng joriy qilish. 

Kafedraning funksiyalari

-  favqulodda vaziyatlar va yong‘in xavfsizligi sohasiga oid xorijiy tildagi o‘quv qo‘llanmalarini yaratish va ta’lim tizimiga tadbiq etish;

-  “Ustoz-shogird” tizimida ishtirok etib, kursantlar bilan xorijiy tillarda sohaga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;

-  kursantlarning mustaqil tayyorgarlik soatlarini kafedrada o‘qitiladigan xorijiy tillar bo‘yicha kasbga yo‘naltirib samarali o‘tkazishni ta’minlash;

- davlat ta’lim standartiga muvofiq o‘quv mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish;

- o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun o‘quv-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish, darslik va o‘quv qo‘llanmalarini tayyorlash hamda ularni nashr ettirish;

- dars jadvaliga asosan ma’ruza, amaliy, maskanga chiqish hamda laboratoriya mashg‘ulotlarini olib borish;

- kursant hamda tinglovchilarni o‘quv materiallarini o‘zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida mavzuiy, oraliq va yakuniy nazorat baholashlaridan o‘tkazish;

- o‘quv jarayonini yuqori saviyada tashkillashtirish maqsadida o‘quv-uslubiy ishlar majmuasini ishlab chiqish;

- kafedra professor-o‘qituvchilarini Respublikaning yetakchi va turdosh Oliy ta’lim muassalarida malakasini oshirish hamda amaliy idoralarda stajirovka o‘tashini amalga oshirish;

- kafedra professor-o‘qituvchilarining falsafa doktori (PhD) hamda fan doktori (DcS) dissertatsiyalari, shu bilan bir qatorda dotsent hamda professor ilmiy unvonlari ustida ishlashi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;

- kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan turli ko‘rgazma, davra suhbatlari, seminar-treninglar, anjumanlar va konferensiyalarni tashkil qilishini hamda ishtirok etishini ta’minlash. 

 KAFEDRADA O‘QITILADIGAN FANLAR:

Xorijiy till”;

Ingliz tili”;

Amaliy chet tili”;

“Amaliy ingliz tili”

Oʻzbek tili va adabiyoti. 

KAFEDRADA FAOLIYAT YURITAYOTGAN TO‘GARAKLAR

Kafedrada “English club”, “Easy English”, “English language”, “Dialogue art ilmiy to‘garaklar faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ushbu to‘garaklar doirasida kursantlar ta’lim sohasi uchun zarur bo‘lgan xorijiy till fanining ilmiy va nazariy asoslarini chuqur o‘rganish bilan bir qatorda amaliy tajriba va ko‘nikmalarga ega bo‘lmoqdalar. 

KAFEDRANING FAOLIYATI

Kafedrada professor-o‘qituvchilariga biriktirilgan fanlardan oliy ta’lim doirasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi harbiy xizmatchilarini tayyorlash uchun Akademiya kursantlari bilan amaliy mashg‘ulotlari olib boriladi.

Mashg‘ulotlarni olib borishda zamonaviy o‘qitishning texnik vositalari va pedagogik texnologiyalardan samarali foydalaniladi.

Shuningdek, kafedraning barcha professor-o‘qituvchilari tomonidan doimiy ravishda ilmiy izlanishlar olib borilishi va ilmiy ishlar natijalarining o‘quv jarayoniga keng joriy etilishi yo‘lga qo‘yilgan.

Kafedra qoshida akademiya shaxsiy tarkibi va kursantlari uchun xorijiy til kurslari tashkil etilib, unda shaxsiy tarkibning favqulodda vaziyatlar, shuningdek yong‘in xavfsizligiga oid bilim va malakalarini xorijiy tilda o‘zlashtirilishi tashkillashtirilgan. 

KAFEDRADA YURITILADIGAN MEYORIY-HUQUQIY HUJJATLAR

1.   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qaror va Farmonlari hamda O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari;

2.   Namunaviy xizmat vazifalari asosida ishlab chiqilgan xodimlar va o‘quv-yordamchi tarkibning xizmat vazifalari;

3.   Yillik ish rejalari;

4.   Professor-o‘qituvchilarning shaxsiy ish rejalari;

5.   Fan dasturi va ishchi o‘quv dasturlari;

6.   Metodik (ish) rejalar;

7.   Professor-o‘qituvchilarning navbatchilik jadvali;

8.   Professor-o‘qituvchilarning o‘zaro o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashish jadvali;

9.   O‘quv mashg‘ulotlariga o‘zaro qatnashishni qayd etish jurnali;

10.   Professor-o‘qituvchilarning mashg‘ulotlarini pedagogik nazorat qilish jadvali;

11.   O‘quv mashg‘ulotlarini pedagogik nazorat natijalarini qayd qilish jurnali;

12.   Fakultet, kafedralar ilmiy-to‘garak (jamiyat) ishini o‘quv yili uchun ish rejasi;

13.   Nazorat ishlari, kurs loyihalariga taqrizlarni qayd etish jurnali;

14.   O‘quv yuklamasi bajarilishini qayd etish jurnali;

15.   Maslahat (konsul’tatsiya)larni qayd etish jurnali;

16.   O‘qitiladigan fanlar bo‘yicha oraliq va yakuniy nazoratlarni o‘tkazish uchun metodik materiallar;

17.   Kafedra yig‘ilishi bayonnomalari;

18.   O‘quv yili uchun hisobot;

19.   O‘qitilayotgan fan va o‘quv kurslarining xususiyatidan kelib chiqqan holda boshqa o‘quv-metodik hujjatlar ham ishlab chiqilishi mumkin. 

HAMKORLIK

Tajriba almashish va nazariyaning amaliyot bilan uyg‘unligini ta’minlash maqsadida quyidagi turdosh oliy ta’lim muassasalarining tillar kafedralari bilan yaqin aloqalar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, o‘zaro hamkorlik va samarali ishlar olib borilmoqda:

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

Qurolli Kuchlar Akademiyasi;

Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik muhandislik bilim yurti;

Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi;

Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti.

KAFEDRA FAOLIYATI NATIJALARI

Kafedra professor-o‘qituvchilar tomonidan hozirgi kunga kelib,  10 dan ortiq o‘quv-uslubiy adabiyotlar tayyorlangan. Shuningdek, xorijiy davlatlarda 5 ta, respublika miqyosida 60 dan ortiq ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar chop etilgan. Kafedra professor-o‘qituvchilaridan ikki nafarida pedagogika fanlari bo‘yicha fan nomzodi ilmiy darajasi mavjud.