Harbiy va jismoniy tayyorgarlik kafedrasi

HARBIY VA JISMONIY TAYYORGARLIK KAFEDRASI

Kafedraning maqsadi – gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar hamda umumkasbiy fanlari bo‘yicha o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-uslubiy, tarbiyaviy va ma’naviy-ma’rifiy ishlar olib borish, shuningdek, mazkur yo‘nalishdagi ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlashdan iborat.

Kafedraning vazifalari:

"Yong‘in xavfsizligi" va "Texnosfera xavfsizligi" mutaxassisliklari bo‘yicha kursantlarda kasb faoliyatiga oid bilimlar, ko‘nikmalar va uquvlarni shakllantirishga zamin yaratish, jumladan:

kursantlarning jismoniy va jangovar tayyorgarligini oshirish, ularga bu borada tarbiyalash;

sport to‘garaklari ishini tashkil etish va ularda kursantlarni muntazam shug‘ullanishlarini ta’minlash;

         kursantlar o‘rtasida sport musobaqalari va ko‘rgazmali chiqishlarni tashkil etish va olib borish;

         favqulotda vaziyatlarda harbiy–jangovar vazifalarni bajarishda harbiy saf, xizmat va jangovar tayyorgarligining o‘rni va roli yuzasidan kursantlarga bilimlar berish;

         kursantlarda tezkor vaziyatlarni baholash va to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirish;

kursantlarga jangovar usullarni qo‘llash va o‘zini himoya qilishni o‘rgatish;

Jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha o‘rnatilgan me’yorlarni kursantlar tomonidan bajarilishiga erishish;

kursantlarga jangovar usullarni qo‘llash va o‘zini himoya qilishni o‘rgatish;

yong‘in-saf tayyorgarligi mashg‘ulotlari davomida o‘rnatilgan me’yorlarni kursantlar tomonidan bajarilishiga erishish;

kursantlarni yong‘in o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar sporti bo‘yicha musobaqalarda ishtirok etishlarini ta’minlash;

kelgusi kasb faoliyatida vujudga keladigan qiyinchiliklarga bardosh bera olish uchun zamin yaratish borasida kursantlarni ruxiy va jismoniy tarbiyalashni amalga oshirish;

 

KAFEDRANING FUNKSIYALARI:     

- davlat ta'lim standartiga muvofiq o'quv mashg'ulotlariga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish;

- o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun o'quv-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish, darslik, o‘quv qo’llanmalar tayyorlash va ularni nashr ettirish;

- mashg‘ulotlar jadvaliga asosan ma’ruza, amaliy hamda seminar mashg‘ulotlarini olib borish;

- kursant hamda tinglovchilarni o‘quv materiallarini o‘zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida oraliq va yakuniy attestatsiyadan o‘tkazish;

- o‘quv jarayonini yuqori saviyada tashkillashtirish maqsadida o'quv-uslubiy ishlar majmuini ishlab chiqish;

- kafedra professor-o‘qituvchilari malakasini oshirishning yillik va istiqbolli rejalarini ishlab chiqish hamda uning ijrosini nazorat qilish;

- kafedra professor-o‘qituvchilarining falsafa doktori (PhD) hamda fan doktori (DcS) dissertatsiyalari, shu bilan bir qatorda  dotsent hamda professor ilmiy unvonlari ustida ishlashi uchun zarur shart-sharoit yaratish;

- kafedra professor-o‘qituvchilarining turli ko‘rgazma va konferensiyalarda ishtirok etishini ta’minlash;

- Akademiya kursantlari  bilan oʻquv-tarbiyaviy hamda murabbiylik ishlari boʻyicha yillik rejalarda nazarda tutilgan tadbirlarda ishtirok etish;

-Akademiya kursantlariga sport to‘garaklariga rahbarlik qilish va musobaqalarda ishtirokini taminlash.

KAFEDRADA O‘QITILADIGAN FANLAR:

-         Yong‘in-saf tayyorgarligi;

-         Harbiy tayyorgarlik;

-         Jismoniy madaniyat;

-         Jangovar tayyorgarlik;

-         Jismoniy tayyorgarlik.

KAFEDRADA FAOLIYAT YURITAYOTGAN TO‘GARAKLAR:

Kafedrada quydagi asosiy to‘garaklar faoliyat yuritadi “Yong‘in o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar sporti”, “Yengil atletika”, “Kurash”, “Boks”, “Qo‘l jangi”, “Armrestling”, “Voleybol”, “Futbol”, “Stol tennisi”, Shaxmat”, “Shashka”, “O‘q otish sporti”, “hamda “Badminton” sport turlari va kafedraning harbiy tayyorgarlik fani bo‘yicha  ilmiy to‘garaklar faoliyat yuritib, Oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan sport musobaqalarida munosib ishtirok etib kelmoqdalar.

KAFEDRANING FAOLIYATI

Kafedra Favqulodda vaziyatlar vazirligi harbiy xizmatchilari uchun “Yong‘in xavfsizligi”, “Texnosfera xavfsizligi” mutaxassisliklari bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash jarayonida kunduzgi ta’lim va malaka oshirish tinglovchilari bilan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar olib boriladi. Mashg‘ulotlarni olib borishda zamonaviy o‘qitishning texnik vositalari va pedagogik texnologiyalardan samarali foydalaniladi.

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan kursantlarni tarbiyalashda jismoniy hamda kasbiy tayyorgarliklari bo‘yicha alohida e’tibor qaratib kuchli va chidamli qilib tayyorlashni sport to‘garaklari faoliyatidan keng foydalaniladi. Bundan tashqari kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan Akademiya harbiy xizmatchilari bilan sport mashg‘ulotlari va amaliy o‘q otish mashg‘ulotlari muntazam ravishda tashkil etib boriladi.

 

KAFEDRADA YURITILADIGAN NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR

- o‘quv-yordamchi tarkibning xizmat vazifalari;

- yillik ish rejalari;

- professor-o‘qituvchilarning shaxsiy ish rejalari;

- fan dasturi va ishchi o‘quv dasturlari;

- metodik (ish) rejalar;

- professor-o‘qituvchilarning navbatchilik jadvali;

- professor-o‘qituvchilarning o‘zaro o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashish jadvali;

- o‘quv mashg‘ulotlariga o‘zaro qatnashishni qayd etish jurnali;

- professor-o‘qituvchilarning mashg‘ulotlarini pedagogik nazorat qilish jadvali;

- o‘quv mashg‘ulotlarini pedagogik nazorat natijalarini qayd qilish jurnali;

- fakultet, kafedralar ilmiy-to‘garak (jamiyat) ishini o‘quv yili uchun ish rejasi;

- nazorat ishlari, kurs loyihalariga taqrizlarni qayd etish jurnali;

- o‘quv yuklamasi bajarilishini qayd etish jurnali;

- maslahat (konsultatsiya)larni qayd etish jurnali;

- o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha oraliq va yakuniy nazoratlarni o‘tkazish uchun metodik materiallar;

- kafedra yig‘ilishi bayonnomalari;

- o‘quv yili uchun hisobot;

 

HAMKORLIK

Tajriba almashish va nazariyaning amaliyot bilan uyg‘unligini ta’minlash maqsadida quyidagi turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan yaqin aloqalar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, o‘zaro hamkorlik shartnomalari tuzilgan va samarali ishlar olib borilmoqda:

· O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi Jamoat xavfsizlik universiteti “Qurol aslaha va o‘q otish” hamda “Umumharbiy fanlar” kafedralari;

· O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti “Yengil atletika nazariyasi va uslubiyati” hamda “Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati” kafedralari.

 

KAFEDRA FAOLIYATI NATIJALARI

Kafedra professor-o‘qituvchilar tomonidan hozirgi kunga kelib, 2 ta darslik, 3 ta o‘quv qo‘llanma, 15 dan ortiq boshqa o‘quv uslubiy adabiyotlar tayyorlangan. Akademiyada tashkil qilingan sport to‘garaklari Respublika va Oliy harbiy ta’lim muassasalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan musobaqalarda munosib ishtirok etib kelmoqdalar. Jumladan:

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi hamda vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan “Men g‘olib” shiori ostida o‘kazilagan 10 km masofaga yugurish musobaqasida terma jamoa a’zolari faxrli 3-o‘rinni egalladi;

O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi hamda Armrestling federatsiyasi tomonidan joriy yilning 5-6-fevral kunlari toshkent shahrrida armrestling bo‘yicha Toshkent shahar ochiq chempionati musobaqasida 65 kg vazn topifasida faxrli 2-o‘rinni 1-kurs kursanti: Hamraqulov Doston Isomiddin o‘g‘li;

75 kg vazn topifasida faxrli 3-o‘rinni 1-kurs kursani:Yo‘ldoshev Shoxnur Foziljon o‘g‘li egallashdi’

“Oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlari o‘rtasida 2021/2022-o‘quv yili davomida sport turlari bo‘yicha musobaqalarni o‘tkazish tartibini belgilash to‘g‘risida”gi qo‘shma qaroriga asosan stol tennisi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada terma jamoamiz a’zolari faxrli 3-o‘rinni egallshdi;

2022-yilning 14-17 aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi FVVning
2021-yil 28-dekabr kunidagi 388-sonli buyrug‘iga asosan Surxandaryo viloyatining Termiz shaxrida, Yong‘in-qutqaruv sporti bo‘yicha “O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi birinchiligi” musobaqasi terma jamoamiz a’zolari faxrli 2-o‘rinni egallashdi;

O‘zbekiston sportni rivojlantirish vazirligi, Armrestling federatsiyasi va boshqa tashkilotlar tomonidan 2022-yilning 6-mart kuni Toshkent shahrida armrestling bo‘yicha professional sportchilar o‘rtasida “Toshkent shahri chempionati” musobaqasida Akademiya harbiy xizmatchisi leytenant X.Madazimov faxrli 1-o‘rinni egalladi.

Shuningdek