Oliy matematika va informatika kafedrasi

OLIY MATEMATIKA VA INFORMATIKA KAFEDRASI

Kafedra boshlig‘i – pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), mayor Nasriddinov Dadaxon Komiljonovich.

Kafedraning maqsadi – umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bilan uzviylik hamda uzluksizlikni inobatga olgan  holda kursantlarda ixtisoslik fanlarini o‘rganish va chuqur egallash uchun zarur bo‘lgan tabiiy-ilmiy fanlar bo‘yicha bilimlarni, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.

Kafedraning vazifalari:

1.                 axborotlashgan jamiyat sharoitida axborot texnologiyalarining mohiyati va ahamiyatini tushunish, axborot xuruji xavfi va tahdidlarni anglash, axborot xavfsizligining asosiy talablariga rioya qilish, global axborot resurslar, zamonaviy telekommunikatsiya vositalaridan foydalanishni bilish, internet tarmog‘idan axborotlarni olish, saqlash, qayta ishlashning  asosiy usullari, uslublari va vositalarini qo‘llay bilish, kompyuter bilan ishlash ko‘nikmalariga, global kompyuter tarmoqlarida ma’lumotlar bilan ishlash ko‘nikmalari hosil qilish;

2.                 ta’lim sohasi uchun zarur bo‘lgan fundamental fanlarning ilmiy va nazariy asoslarini chuqur o‘rganish;

3.                 matematik va tabiiy-ilmiy fanlar bilan ixtisoslik fanlar o‘rtasida ilmiy va nazariy bog‘liqlikni ta’minlash;

4.                 ixtisoslik fanlarni o‘rganish va chuqur egallash uchun zarur bo‘lgan fundamental bilimlarni, amaliy ko‘nikma va o‘quvlarni shakllantirish;

5.                 modelli tasavvurlarni tajriba usullari va olingan natijalarni qayta ishlashiga oid bilimlarni amalda qo‘llash;

6.                 internet tarmog‘ida sohaga oid eng yangi ilmiy yutuqlar haqidagi ma’lumotlarni maqsadga yo‘nalgan holda izlash, topish va ulardan samarali foydalanish ko‘nikmalari va o‘quvlarini shakllantirishga zamin yaratish.

7.   axborot xuruji xavfi va tahdidlarni anglash, axborot xavfsizligining asosiy talablariga rioya qilish;

8.   global kompyuter tarmoqlarida ma’lumotlar bilan ishlash, jumladan, internet tarmog‘idan axborotlarni olish, saqlash, qayta ishlashning asosiy usullari, uslublari va vositalarini ko‘llay bilish,

9.   yangi axborot tizimlaridan samarali foydalanish uchun zarur bilim, ko‘nikma va o‘quvlarni shakllantirishga zamin yaratish.

KAFEDRANING FUNKSIYALARI:     

- davlat ta'lim standartiga muvofiq o'quv mashg'ulotlariga  tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish;

- o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun o'quv-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish, darslik, o‘quv qo’llanmalar tayyorlash va ularni nashr ettirish;

- mashg‘ulotlar jadvaliga asosan ma’ruza, amaliy, seminar hamda laboratoriya mashg‘ulotlarini olib borish;

- kursant hamda tinglovchilarni o‘quv materiallarini o‘zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida oraliq va yakuniy attestatsiyadan o‘tkazish;

- o‘quv jarayonini yuqori saviyada tashkillashtirish maqsadida o'quv-uslubiy ishlar majmuini ishlab chiqish;

- kafedra xodimlari malakasini oshirishning yillik va istiqbolli rejalarini ishlab chiqish hamda uning ijrosini nazorat qilish;

- kafedra professor-o‘qituvchilarining falsafa doktori (PhD) hamda fan doktori (DcS) dissertatsiyalari, shu bilan bir qatorda  dotsent hamda professor ilmiy unvonlari ustida ishlashi uchun zarur shart-sharoit yaratish;

- kafedra professor-o‘qituvchilarining turli ko‘rgazma va konferensiyalarda ishtirok etishini ta’minlash;

- Akademiya kursantlari  bilan oʻquv-tarbiyaviy hamda murabbiylik ishlari boʻyicha yillik rejalarda nazarda tutilgan tadbirlarda ishtirok etish.

KAFEDRADA O‘QITILADIGAN FANLAR:

Oliy matematika;

Ommaviy xizmat ko‘rsatish nazariyasi;

Yong‘inning xavfli omillarini baholash;

Informatika va axborot texnologiyalar;

Axborot xavfsizligi asoslari;

Boshqaruvni tashkil etishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari;

KAFEDRADA FAOLIYAT YURITAYOTGAN TO‘GARAKLAR:

Kafedrada “Oliy matematika”, “Ommaviy xizmat ko‘rsatish nazariyasi”, “Informatika va axborot texnologiyalar” hamda “Axborot xavfsizligi asoslari” fanlaridan ilmiy to‘garaklar faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ushbu to‘garaklar doirasida kursantlar ta’lim sohasi uchun zarur bo‘lgan fundamental fanlarning ilmiy va nazariy asoslarini chuqur o‘rganish bilan bir qatorda matematik va tabiiy-ilmiy fanlar bilan ixtisoslik fanlar o‘rtasida ilmiy va nazariy bog‘liqlikni o‘zlashtirib olmoqdalar.

KAFEDRANING FAOLIYATI

Kafedrada professor-o‘qituvchilarga biriktirilgan fanlardan oliy ta’lim doirasida bo‘lajak Favqulotda vaziyatlar vazirligi xodimlari tayyorlash uchun Akademiya kursantlari bilan ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari olib boriladi.

Mashg‘ulotlarni olib borishda zamonaviy o‘qitishning texnik vositalari va pedagogik texnologiyalardan samarali foydalaniladi.

Kafedraning barcha professor-o‘qituvchilari tomonidan doimiy ravishda ilmiy izlanishlar olib borilishi va ilmiy ishlar natijalarining o‘quv jarayoniga keng joriy etilishi yo‘lga qo‘yilgan. Kafedraning “Kafedra fanlari bo‘yicha ilmiy natijalarni favqulotda vaziyatlarni oldini olishda mavjud muammolarni echishda qo‘llash” nomli Bosh ilmiy mavzusi yuzasidan professor-o‘qituvchilar tarkibi tomonidan olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari muntazam ravishda ilmiy maqola va boshqa ishlanmalarda o‘z aksini topib kelmoqda. 

KAFEDRADA YURITILADIGAN

XUJJATLAR

1.     namunaviy xizmat vazifalari asosida ishlab chiqilgan xodimlar va o‘quv-yordamchi tarkibning xizmat vazifalari;

2.     yillik ish rejalari;

3.     professor- o‘qituvchilarning shaxsiy ish rejalari;

4.     fan dasturi va ishchi o‘quv dasturlari;

5.     metodik (ish) rejalar;

6.     professor-o‘qituvchilarning navbatchilik jadvali;

7.     professor-o‘qituvchilarning o‘zaro o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashish jadvali;

8.     o‘quv mashg‘ulotlariga o‘zaro qatnashishni qayd etish jurnali;

9.     professor-o‘qituvchilarning mashg‘ulotlarini pedagogik nazorat qilish jadvali;

10. o‘quv mashg‘ulotlarini pedagogik nazorat natijalarini qayd qilish jurnali;

11. fakultet, kafedralar ilmiy-to‘garak (jamiyat) ishini o‘quv yili uchun ish rejasi;

12. nazorat ishlari, kurs loyihalariga taqrizlarni qayd etish jurnali;

13. o‘quv yuklamasi bajarilishini qayd etish jurnali;

14. maslahat (konsul’tatsiya)larni qayd etish jurnali;

15. o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha oraliq va yakuniy nazoratlarni o‘tkazish uchun metodik materiallar;

16. kafedra yig‘ilishi bayonnomalari;

17. o‘quv yili uchun hisobot.

HAMKORLIK

Tajriba almashish va nazariyaning amaliyot bilan uyg‘unligini ta’minlash maqsadida quyidagi turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan yaqin aloqalar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, o‘zaro hamkorlik shartnomalari tuzilgan va samarali ishlar olib borilmoqda:

· Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Amaliy matematika va intelektual texnologiyalar fakulteti “Amaliy matematika va kompyuter tahlili”  kafedrasi;

· Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Amaliy matematika va intelektual texnologiyalar fakulteti “Algoritmlar va dasturlash texnologiyalari”  kafedrasi. 

KAFEDRA FAOLIYATI NATIJALARI

Kafedra professor-o‘qituvchilar tomonidan hozirgi kunga kelib, 5 ta darslik, 4 ta o‘quv qo‘llanma, 50 dan ortiq boshqa o‘quv uslubiy adabiyotlar tayyorlangan. Shuningdek, xorijiy davlatlarda 13 ta, respublika miqyosida 80 dan ortiq ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar chop etilgan.

Akademiyada ta’lim sifatini oshirish, shu bilan bir qatorda kursantlarga sifatli ta’lim berish maqsadida, kafedra fanlaridan “Fizika”, “Fizika (1-qism)” , “Fizika: Mexanika va molekular fizika” hamda “Oliy matematika: Ommaviy xizmat ko‘rsatish nazariyasi” nomlanishdagi o‘quv qo‘llanma hamda darsliklar 2021 yildan 2022 yilning shu kuniga qadar nashr etildi.  Yuqorida keltirib o‘tilgan o‘quv qo‘llanma hamda darsliklarga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining muvofiqlashtiruvchi kengashi tomonidan tegishli guvohnomalar berildi.

“Oliy matematika va informatika” kafedrasi katta o‘qituvchisi, podpolkovnik D.R.Raupovga 2022-yilning 10-fevral kunida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk agentligi tomonidan “Ikki komponentli blow-up rejimli nochiziqli muhitlarda sonli va vizual modellashtirish” nomlanishdagi elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturning rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi DGU-14527-sonli guvohnoma berildi.

“Oliy matematika va informatika” kafedrasi boshlig‘i lvmb, mayor D.K.Nasriddinov 2021-yilning 4-avgust kunida “Oliy harbiy ta’limda fizika fanini mazmunini takomillashtirish” mavzusidagi 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) ixtisosligi yuzasidan pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishi Toshkent viloyati Chirchik davlat pedagogika instituti xuzuridagi DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03 raqamli ilmiy kengashda muvofaqqiyatli himoya qilindi hamda kapitan D.K.Nasriddinovga pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi berildi. 2021 yilning 25 avgust sanasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya Komissiyasi tomonidan № 005053 raqamli PhD diplomi berildi.

“Oliy matematika va informatika” kafedrasi katta o‘qituvchisi, kapitan B.B.Choriyev Toshkent axborot texnologiyalari universteti  huzuridagi Pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tarmoq markazida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan 288-soatga mo‘ljallangan qayta tayyorlash kursini muvafaqqiyatli o‘zlashtirdi hamda MA №-027418-sonli malaka attestati bilan taqdirlandi.

Kafedra professor-o‘qituvchilari muntazam ravishda xalqaro konferensiyalarda faol ishtirok etib kelishmoqda. Jumladan, kafedra katta o‘qituvchisi podpolkovnik D.R.Raupov “Towards a regionally-consistent exposure database for Central Asia: characterizing buildings, infrastructure and croplands in Uzbekistan nomli ilmiy-amaliy halqaro konferensiyada “Numerical and visual modeling in two-component blow-up mode nonlinear environments” nomli ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.