Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi kafedrasi

Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi kafedrasi

Kafedraning maqsadi – umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bilan uzviylik hamda uzluksizlikni inobatga olgan holda, kursantlarda ixtisoslik fanlarini o‘rganish va chuqur egallash uchun zarur bo‘lgan mutaxassislik fanlari bo‘yicha nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish hamda zamonaviy texnologik jihozlarning yong‘in xavfini baholashga, yong‘in xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni tavsiya qilishdan iborat.

Kafedraning vazifalari: Akademiyaning ixtisoslik kafedrasi hisoblanib, “Xalq manfaatlariga xizmat qilish”ni o‘z xizmat burchi deb biladigan, tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish sohasida davlat tizimi faoliyatini boshqarish va davlat nazoratini amalga oshirish sohasida mutaxassis kadrlarni tayyorlash, aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, yong‘in xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, suv obyektlarida fuqarolarning hayoti va sog‘ligini muhofaza qilishga doir profilaktik ishlarni amalga oshirish bo‘yicha kursantlarda bilim va ko‘nikmalar hosil qilish.

Shu bilan bir qatorda, Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi boshqaruv organlari bilan samarali hamkorlikni tashkil etish hamda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarni barvaqt aniqlash, monitoringini yuritish, axborot almashinuvi va bashorat qilish kabi profilaktik tadbirlarni tashkil etishni kursantlarga o‘rgatish.

Yong‘inlar rivojlanishi va ularni o‘chirishning fizik-kimyoviy asoslarini tadqiq qilishni hamda ishlab chiqarish korxonalarining yong‘in xavfini baholash, ularda yong‘inlarni oldini olish ishlarini tashkillashtirish, texnologik jarayonlarni loyihalashtirish va ulardan foydalanish jarayonida yong‘inga qarshi muhofazani ta’minlash, elektr qurilmalarining yong‘in xavfi xususiyatlarini tahlil etgan holda, yong‘in xavfsizligini ta’minlash, ishlab chiqarish va yong‘in o‘chirish avtomatikalarini loyihalashtirish va ulardan foydalanishga qaratilgan chora-tadbirlarning amaldagi me’yoriy hujjatlar talablariga mos kelishini baholay oladigan zamonaviy bilimlar bilan ta’minlangan, intellektual rivojlangan, aholiga o‘z vaqtida va sifatli yordam ko‘rsatadigan yuqori malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlashdan iborat.

KAFEDRANING FUNKSIYALARI:     

- davlat ta’lim standartiga muvofiq o‘quv mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish;

- o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun o‘quv-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish, darslik va o‘quv qo‘llanmalarini tayyorlash hamda ularni nashr ettirish;

- dars jadvaliga asosan ma’ruza, amaliy, maskanga chiqish hamda laboratoriya mashg‘ulotlarini olib borish;

- kursant hamda tinglovchilarni o‘quv materiallarini o‘zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida mavzuiy, oraliq va yakuniy nazorat baholashlaridan o‘tkazish;

- o‘quv jarayonini yuqori saviyada tashkillashtirish maqsadida o‘quv-uslubiy ishlar majmuasini ishlab chiqish;

- kafedra professor-o‘qituvchilarini Respublikaning yetakchi va turdosh Oliy ta’lim muassalarida malakasini oshirishhamda amaliy idoralarda stajirovka o‘tashini amalga oshirish;

- kafedra professor-o‘qituvchilarining falsafa doktori (PhD) hamda fan doktori (DcS) dissertatsiyalari, shu bilan bir qatorda dotsent hamda professor ilmiy unvonlari ustida ishlashi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;

- kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan turli ko‘rgazma, davra suhbatlari, seminar-treninglar, anjumanlar va konferensiyalarni tashkil qilishini hamda ishtirok etishini ta’minlash;

- Akademiya kursantlari bilan o‘quv-tarbiyaviy hamda murabbiylik ishlari bo‘yicha yillik ish rejalarida nazarda tutilgan tadbirlarda ishtirok etish.

KAFEDRADA O‘QITILADIGAN FANLAR:

“Texnologik jarayonlar yong‘in xavfsizligi”;

“Elektr qurilmalari yong‘in xavfsizligi”;

“Elektr qurilmalarining yong‘in va portlash xavfsizligi”;

“Elektrotexnika va elektronika”;

“Yonish va portlash jarayonlari”;

“Yong‘inlar rivojlanishi va ularni o‘chirishning fizik-kimyoviy asoslari”;

“Texnosferada yong‘inlar rivojlanishi va ularni o‘chirishning fizik-kimyoviy asoslari”;

“Ishlab chiqarish va yong‘in o‘chirish avtomatikasi”;

“Majmuaviy xavfsizlik tizimlari”;

“Sanoat korxonalarida texnosfera xavfsizligi”;

“Neftgaz va kimyo ishlab chiqarish korxonalarida texnosfera xavfsizligi”;

“Ishlab chiqarish texnologik jarayonlarida yong‘inlarning oldini olish”;

“Texnik tizimlar ishonchliligi va texnogen tavakkalchilik”. 

KAFEDRADA FAOLIYAT YURITAYOTGAN TO‘GARAKLAR:

Kafedrada “Texnologik jarayonlar yong‘in xavfsizligi”, “Elektrotexnika, elektronika va elektr qurilmalari yong‘in xavfsizligi”, “Yonish va portlash jarayonlari hamda нong‘inlar rivojlanishi va ularni o‘chirishning fizik-kimyoviy asoslari”, “Ishlab chiqarish va yong‘in o‘chirish avtomatikasi”, “Majmuaviy xavfsizlik tizimlari hamda texnik tizimlar ishonchliligi va texnogen tavakkalchilik” fanlaridan ilmiy to‘garaklar faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ushbu to‘garaklar doirasida kursantlar ta’lim sohasi uchun zarur bo‘lgan mutaxassislik fanlarining ilmiy va nazariy asoslarini chuqur o‘rganish bilan bir qatorda amaliy tajriba va ko‘nikmalarga ega bo‘lmoqdalar.

KAFEDRANING FAOLIYATI

Kafedrada professor-o‘qituvchilariga biriktirilgan fanlardan oliy ta’lim doirasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi harbiy xizmatchilarini tayyorlash uchun Akademiya kursantlari bilan ma’ruza, amaliy, maskanga chiqish va laboratoriya mashg‘ulotlari olib boriladi.

Mashg‘ulotlarni olib borishda zamonaviy o‘qitishning texnik vositalari va pedagogik texnologiyalardan samarali foydalaniladi.

Kafedrada xizmat faoliyati davomida ilmiy salohiyat, yuqori pedagogik tajribaga hamda yetarli amaliy tajribaga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilar bugungi kunda samarali faoliyat yuritib, kursantlarga o‘rnak bo‘lib kelmoqdalar. Shuningdek, kafedraning barcha professor-o‘qituvchilari tomonidan doimiy ravishda ilmiy izlanishlar olib borilishi va ilmiy ishlar natijalarining o‘quv jarayoniga keng joriy etilishi yo‘lga qo‘yilgan. Kafedraning “Ishlab chiqarish korxonalari texnologik jarayonlari va elektr qurilmalarining yong‘in xavfsizligini ta’minlashning dolzarb masalalari” nomli Bosh ilmiy mavzusi yuzasidan professor-o‘qituvchilar tarkibi tomonidan olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari muntazam ravishda ilmiy maqola va boshqa ishlanmalarda o‘z aksini topib kelmoqda.

 

KAFEDRADA YURITILADIGAN NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR

1.   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qaror va Farmonlari hamda O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari;

2.   Namunaviy xizmat vazifalari asosida ishlab chiqilgan xodimlar va o‘quv-yordamchi tarkibning xizmat vazifalari;

3.   Yillik ish rejalari;

4.   Professor-o‘qituvchilarning shaxsiy ish rejalari;

5.   Fan dasturi va ishchi o‘quv dasturlari;

6.   Metodik (ish) rejalar;

7.   Professor-o‘qituvchilarning navbatchilik jadvali;

8.   Professor-o‘qituvchilarning o‘zaro o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashish jadvali;

9.   O‘quv mashg‘ulotlariga o‘zaro qatnashishni qayd etish jurnali;

10.   Professor-o‘qituvchilarning mashg‘ulotlarini pedagogik nazorat qilish jadvali;

11.   O‘quv mashg‘ulotlarini pedagogik nazorat natijalarini qayd qilish jurnali;

12.   Fakultet, kafedralar ilmiy-to‘garak (jamiyat) ishini o‘quv yili uchun ish rejasi;

13.   Nazorat ishlari, kurs loyihalariga taqrizlarni qayd etish jurnali;

14.   O‘quv yuklamasi bajarilishini qayd etish jurnali;

15.   Maslahat (konsul’tatsiya)larni qayd etish jurnali;

16.   O‘qitiladigan fanlar bo‘yicha oraliq va yakuniy nazoratlarni o‘tkazish uchun metodik materiallar;

17.   Kafedra yig‘ilishi bayonnomalari;

18.   O‘quv yili uchun hisobot;

19.   O‘qitilayotgan fan va o‘quv kurslarining xususiyatidan kelib chiqqan holda boshqa o‘quv-metodik hujjatlar ham ishlab chiqilishi mumkin.

 

HAMKORLIK

Tajriba almashish va nazariyaning amaliyot bilan uyg‘unligini ta’minlash maqsadida quyidagi turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan yaqin aloqalar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, o‘zaro hamkorlik shartnomalari tuzilgan va samarali ishlar olib borilmoqda:

Favqulodda vaziyatlar vazirligi O‘ta muhim, toifalangan va qo‘riqlanayotgan ob’ektlarning yong‘in xavfsizligini ta’minlash boshqarmasi;

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi boshqarmasi;

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar muammolari ilmiy tadqiqot instituti;

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti “Neft va gazni qayta ishlash obyektlari” kafedrasi;

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti “Metallurgiya” kafedrasi;

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti “Energetika” fakulteti “Elektr energiyasi” kafedrasi. 

KAFEDRA FAOLIYATI NATIJALARI

Kafedra professor-o‘qituvchilar tomonidan hozirgi kunga kelib, 6 ta darslik,
3 ta o‘quv qo‘llanma, 20 dan ortiq boshqa o‘quv uslubiy adabiyotlar tayyorlangan. Shuningdek, xorijiy davlatlarda 23 ta, respublika miqyosida 70 dan ortiq ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar chop etilgan. Kafedra professor-o‘qituvchilaridan bir nafarida fan nomzodi hamda ikki nafarida texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalari hamda ikki nafarida dotsent ilmiy unvonlari mavjud.

Kafedra boshlig‘i texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dotsent, polkovnik E.E.Sabirov 2018-yilda “Sodiq xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan.

Kafedra professor o‘qituvchilari tomonidan 2022-yil davomida Bosh ilmiy mavzu bo‘yicha 1 ta darslik, 3 ta uslubiy qo‘llanma, 3 ta monografiya tayyorlanib, chop etilgan va Akademiyaning Axborot-resurs markaziga topshirilgan. Shu bilan birga 1 ta darslik va 1 ta o‘quv qo‘llanma tayyorlangan, ichki va tashqi taqrizlar olingan, Akademiyaning o‘quv-uslubiy va Ilmiy Kengashlarida muhokama qilingan va o‘quv adabiyotini nashr etishga ruxsat beruvchi guvohnoma olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligiga jo‘natilgan. Bundan tashqari, mavzu doirasida 10 dan ortiq ilmiy va 20 dan ortiq ilmiy ommabop maqolalar chop etilgan. Shuningdek, 10 dan ortiq maket va 3 ta laboratoriya qurilmasi yaratilgan. Shu bilan birga, kafedra boshlig‘i dotsent, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), polkovnik E.E.Sabirov, kafedra professori R.Boltaboyev, katta o‘qituvchilar podpolkovniklar S.Q.Jumayev va I.R.Talibdjanovlar, mayor O.A.To‘laganov hamda kafedra o‘qituvchisi mayor J.S.Boliqulovlarga ko‘p yillik samarali va halol mehnati hamda o‘z xizmat vazifasiga bo‘lgan sadoqati uchun 2021-yildan 2022-yilning shu kuniga qadar Favqulodda vaziyatlar vaziri hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining “Faxriy yorliq”lari bilan taqdirlandilar.