Umumilmiy fanlar kafedrasi

UMUMILMIY FANLAR KAFEDRASI 

Kafedraning  maqsadi – umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bilan uzviylik hamda uzluksizlikni inobatga olgan  holda kursantlarda ixtisoslik fanlarini o‘rganish va chuqur egallash uchun zarur bo‘lgan tabiiy-ilmiy fanlar bo‘yicha bilimlarni, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.

Kafedraning vazifalari:

-   tabiiy fanlarning o‘zaro fundamental birligi, zamonaviy tabiiy hodisalarni tadqiq etish konsepsiyasi, tabiatdan oqilona foydalanish va inson faoliyatining ekologik tamoyillari, tabiatga putur etkazmaydigan texnologiyalar yaratish istiqbollari haqidagi ilmiy tasavvurlarni shakllantirish;

-   ta’lim sohasi uchun zarur bo‘lgan fundamental fanlarning ilmiy va nazariy asoslarini chuqur o‘rganish;

-   ixtisoslik fanlarni o‘rganish va chuqur egallash uchun zarur bo‘lgan fundamental umumkasbiy bilimlarni, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish;

-   modda va materiallarning yong‘in xavfi bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlarini bilish;

-   qattiq modda va materiallar, gazlar, suyuqliklar va changlarning yonish va tarqalish sabablarini, yonishni to‘xtashining nazariy asoslarini farqlash;

-   ishlab chiqarish jarayonida qo‘llanilayotgan modda va materiallarning yong‘in xavfi ko‘rsatkichlarini aniqlay olish;

-   kasbiy faoliyatida yong‘in xavfsizligi talablari va normalarini tez va qat’iylik bilan qo‘llay olish;

-   qurilish materiallarini ishlatish sohalari va ularning yong‘in xavfini pasaytirish bo‘yicha texnik  yechimlarni  qabul  qilish;

KAFEDRANING FUNKSIYALARI:     

- davlat ta’lim standartiga muvofiq o‘quv mashg‘ulotlariga  tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish;

- o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun o‘quv-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish, darslik, o‘quv qo‘llanmalar tayyorlash va ularni nashr ettirish;

- mashg‘ulotlar jadvaliga asosan ma’ruza, amaliy, laboratoriya hamda mustaqil  tayyorgarlik  mashg‘ulotlarini olib borish;

- kursant hamda tinglovchilarni o‘quv materiallarini o‘zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida oraliq va yakuniy attestatsiyadan o‘tkazish;

- o‘quv jarayonini yuqori saviyada tashkillashtirish maqsadida o‘quv-uslubiy ishlar majmuini ishlab chiqish;

- kafedra professor-o‘qituvchilari Respublikaning yetakchi va turdosh Oliy ta’lim muassalarida malakasini oshirish va hamda amaliy idoralarda stajirovka o‘tashining yillik va istiqbolli rejalarini ishlab chiqish hamda uning ijrosini nazorat qilish;

- Akademiya kursantlari  bilan o ‘quv-tarbiyaviy hamda murabbiylik ishlari bo‘yicha yillik rejalarda nazarda tutilgan tadbirlarda ishtirok etish.

KAFEDRADA O‘QITILADIGAN FANLAR:

Fizika;

Kimyo;

Metrologiya, sandаrtlashtirish va sertifikatlashtirish.

KAFEDRADA FAOLIYAT YURITAYOTGAN TO‘GARAKLAR:

Kafedrada “Fizika”, “Kimyo” va “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” fanlaridan ilmiy to‘garaklar olib borilmoqda. Mazkur to‘garaklar doirasida kursantlar ixtisoslik fanlari bilan  ilmiy va nazariy bog‘liqligini o‘rganish bilan birga soha uchun o‘zlashtirishi zarur bo‘lgan fundamental fanlarning ilmiy va nazariy asoslarini chuqur o‘rganmoqdalar.

Shuningdek, kursantlar kafedra fanlarini sohaga bog‘liq yo‘nalishlariga oid turli laboratoriya qurilmalari, maketlar va ko‘rgazmali virtual laboratoriya ishlarini yaratish sir-asrorlarini o‘rganib, ko‘rgazmali maketlar hamda laboratoriya qurilmalari yasashmoqdalar.

KAFEDRANING FAOLIYATI

Kafedrada professor-o‘qituvchilarga biriktirilgan fanlardan oliy ta’lim doirasida  Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga etuk kadrlar tayyorlash uchun Akademiya kursantlari bilan ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari olib boriladi.

Mashg‘ulotlarni olib borishda zamonaviy o‘qitishning texnik vositalari va pedagogik texnologiyalardan samarali foydalaniladi.

Kafedrada xizmat faoliyati davomida ilmiy salohiyat va yuqori pedagogik tajribaga ega bo‘lgan xodimlardan  kafedra professorlari, texnika fanlari nomzodi B.A.Muslimov, kimyo fanlari nomzodi dotsent H.Do‘smatov  hamda kafedra katta o‘qituvchisi podpolkovnik T.A.Jumaniyozovalar bugungi kunda samarali faoliyat yuritib, yoshlarga o‘rnak bo‘lib kelmoqdalar.

KAFEDRADA YURITILADIGAN NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR 

1.   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qaror va Farmonlari hamda O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari;

2.   Namunaviy xizmat vazifalari asosida ishlab chiqilgan xodimlar va o‘quv-yordamchi tarkibning xizmat vazifalari;

3.   Yillik ish rejalari;

4.   Professor-o‘qituvchilarning shaxsiy ish rejalari;

5.   Fan dasturi va ishchi o‘quv dasturlari;

6.   Metodik (ish) rejalar;

7.   Professor-o‘qituvchilarning navbatchilik jadvali;

8.   Professor-o‘qituvchilarning o‘zaro o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashish jadvali;

9.   O‘quv mashg‘ulotlariga o‘zaro qatnashishni qayd etish jurnali;

10.   Professor-o‘qituvchilarning mashg‘ulotlarini pedagogik nazorat qilish jadvali;

11.   O‘quv mashg‘ulotlarini pedagogik nazorat natijalarini qayd qilish jurnali;

12.   Fakultet, kafedralar ilmiy-to‘garak (jamiyat) ishini o‘quv yili uchun ish rejasi;

13.   Nazorat ishlari, kurs loyihalariga taqrizlarni qayd etish jurnali;

14.   O‘quv yuklamasi bajarilishini qayd etish jurnali;

15.   Maslahat (konsul’tatsiya)larni qayd etish jurnali;

16.   O‘qitiladigan fanlar bo‘yicha oraliq va yakuniy nazoratlarni o‘tkazish uchun metodik materiallar;

17.   Kafedra yig‘ilishi bayonnomalari;

18.   O‘quv yili uchun hisobot;

19.   O‘qitilayotgan fan va o‘quv kurslarining xususiyatidan kelib chiqqan holda boshqa o‘quv-metodik hujjatlar ham ishlab chiqilishi mumkin.