Boshqaruvni tashkil etish, nazorat va huquqiy ta'minot kafedrasi

Boshqaruvni tashkil etish, nazorat va huquqiy taʼminot kafedrasi

Kafedraning maqsadi – Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimi faoliyatida fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, yongʻinlar profilaktikasi va yongʻinlarning oldini olish ishlarini tashkil etish, boshqarish va ish yuritish yoʻnalishlariga doir ixtisoslik va huquqiy fanlar boʻyicha oʻquv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-uslubiy, tarbiyaviy va maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni olib borish, shuningdek, mazkur yoʻnalishlardagi ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlashdan iborat.

Kafedraning vazifalari: Akademiyaning ixtisoslik kafedrasi hisoblanib, “Xalq manfaatlariga xizmat qilish”ni oʻz xizmat burchi deb biladigan, yongʻin xavfsizligi va texnosfera xavfsizligini taʼminlash va yongʻinlarning oldini olish sohasida erishilgan yutuqlar va ularning rivojlanish istiqbollari haqida tasavvur hosil qilishi, yongʻinlar profilaktikasi tizimining shakllanishi, bu sohadagi islohotlar natijalari va istiqbollari, yongʻinlarning oldini olish xizmatini hamda unda faoliyat olib borayotgan sohaviy xizmatlar, jamoyat tuzulmalari bilan hamkorlikni tashkil etish, iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha, aholi turar va koʻp qavvatli binolarning yongʻin havfsizligi holatini kompleks tekshirish asoslarini bilish va unda ishtirok eta olish, xizmat faoliyati va ish yuritish jarayonida normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilangan talablarga qatʼiy amal qilinishini taʼminlash va nazorat qilish, yuklatilgan xizmat vazifalarini bajarishda yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari bilan toʻgʻri ishlash va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda munosabat bildirish boʻyicha chuqur bilimlarni, kasb faoliyati koʻnikmalari va oʻquvlarini shakllantirish, shu bilan bir qatorda, yongʻinlar bilan bogʻliq va texnogen xarakterdagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish ishlarini tashkil etish koʻnikmalarini hosil qilish, kasb faoliyatining koʻzlangan natijalariga erishishda boshqaruv jarayonlarini modellashtirish va tizimli yondashish borasida kursantlarda nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarni hosil qilish iborat. 

KAFEDRANING FUNKSIYALARI:     

- davlat taʻlim standartiga muvofiq oʻquv mashgʻulotlariga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish;

- oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun oʻquv-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish, darslik va oʻquv qoʻllanmalarini tayyorlash hamda ularni nashr ettirish;

- dars jadvaliga asosan maʻruza, amaliy, maskanga chiqish mashgʻulotlarini olib borish;

- kursant hamda tinglovchilarni oʻquv materiallarini oʻzlashtirish darajasini aniqlash maqsadida mavzuiy, oraliq va yakuniy nazorat baholashlaridan oʻtkazish;

- oʻquv jarayonini yuqori saviyada tashkillashtirish maqsadida quv-uslubiy ishlar majmuasini ishlab chiqish;

- kafedra professor-oʻqituvchilarini Respublikaning yetakchi va turdosh Oliy taʻlim muassalarida malakasini oshirish hamda amaliy idoralarda stajirovka oʻtashini amalga oshirish;

- kafedra professor-oʻqituvchilarining falsafa doktori (PhD) hamda fan doktori (DcS) dissertatsiyalari, shu bilan bir qatorda dotsent hamda professor ilmiy unvonlari ustida ishlashi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;

- kafedra professor-oʻqituvchilari tomonidan turli koʻrgazma, davra suhbatlari, seminar-treninglar, anjumanlar va konferensiyalarni tashkil qilishini hamda ishtirok etishini taʻminlash;

- Akademiya kursantlari bilan oʻquv-tarbiyaviy hamda murabbiylik ishlari boʻyicha yillik ish rejalarida nazarda tutilgan tadbirlarda ishtirok etish. 

KAFEDRADA OʻQITILADIGAN FANLAR:

Inson huquqlari;

Yuridik tayyorgarlik;

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar;

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tuzilmalarida faoliyatini tashkillashtirish, boshqarish va ish yuritish;

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tuzilmalarining maʼmuriy faoliyati;

Texnosfera xavfsizligini boshqarish;

Xavfsizlik sohasidan nazorat;

Hayot faoliyati xavfsizligi;

Davlat yongʻin nazorati;

Amaliyot asoslari;

Yongʻinlar profilaktikasi va nazoratni tashkil etish;

Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning huquqiy asoslari. 

KAFEDRADA FAOLIYAT YURITAYOTGAN TOʻGARAKLAR:

Kafedrada “Yuridik tayyorgarlik”, “Favqulodda vaziyatlar vazirligi tuzilmalarida faoliyatini tashkillashtirish, boshqarish va ish yuritish”, “Texnosfera xavfsizligini boshqarish”, “Xavfsizlik sohasidan nazorat”, “Hayot faoliyati xavfsizligi” va “Davlat yongʻin nazorati” fanlaridan ilmiy toʻgaraklar faoliyat yuritayotgan boʻlib, ushbu toʻgaraklar doirasida kursantlar taʻlim sohasi uchun zarur boʻlgan mutaxassislik fanlarining ilmiy va nazariy asoslarini chuqur oʻrganish bilan bir qatorda amaliy tajriba va koʻnikmalarga ega boʻlmoqdalar.

KAFEDRANING FAOLIYATI

Kafedrada professor-oʻqituvchilariga biriktirilgan fanlardan oliy taʻlim doirasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi harbiy xizmatchilarini tayyorlash uchun Akademiya kursantlari bilan maʻruza, amaliy va maskanga chiqish mashgʻulotlari olib boriladi.

Mashgʻulotlarni olib borishda zamonaviy oʻqitishning texnik vositalari va pedagogik texnologiyalardan samarali foydalaniladi.

Kafedrada xizmat faoliyati davomida ilmiy salohiyat, yuqori pedagogik tajribaga hamda yetarli amaliy tajribaga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilar bugungi kunda samarali faoliyat yuritib, kursantlarga oʻrnak boʻlib kelmoqdalar. Shuningdek, kafedraning barcha professor-oʻqituvchilari tomonidan doimiy ravishda ilmiy izlanishlar olib borilishi va ilmiy ishlar natijalarining oʻquv jarayoniga keng joriy etilishi yoʻlga qoʻyilgan. Kafedraning “Respublika miqyosidagi shaharlarda yongʻinlar bilan bogʻliq tezkor vaziyatning statistik maʼlumotlari va asosiy meʼyoriy koʻrsatgichlarini tahlil qilish” nomli bosh ilmiy mavzusi yuzasidan professor-oʻqituvchilar tarkibi tomonidan olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari muntazam ravishda ilmiy maqola va boshqa ishlanmalarda oʻz aksini topib kelmoqda.

Kafedra professor-oʻqituvchilari tomonidan kursantlarning huquqiy bilimni egallashga boʻlgan ishtiyoqni, huquqshunoslik fanlariga oid egallagan nazariy bilimlarni amaliyotda qoʻllash koʻnikmalarini oshirish maqsadida doimiy ravishda Akademiya kursantlari oʻrtasida “Konstitutsiya bilimdoni” koʻrik-tanlovi va “Siz qonunni bilasizmi?” rukni ostida viktorinalar tashkil etilib oʻtkazilib kelinmaoqda.

Kafedra zimmasiga Akademiya 3-kurs kursantlarining “Smena boshligʻi” va “Inspektor” lavozimlarida amaliyot oʻtashlarini tashkillashtirish vazifasi yuklatilgan. Malakaviy amaliyot dasturiga asosan har yili amaliyot ikki bosqichda amalga oshiriladi.

1-bosqichi Akademiya Oʻquv yongʻin-qutqaruv qismida “Smena boshligʻi” lavozimida hamda 2-bosqichi Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Yongʻin-qutqaruv qismlarida “Smena boshligʻi” va “Inspektor” lavozimlarida tashkil qilinadi.

Malakaviy amaliyotning asosiy maqsadi kursantlar tomonidan nazariy bilimlarni oʻzlashtirishni amaliyot bilan bogʻliq holda olib borishni taʼminlash, chuqurlashtirish va mustahkamlash, ularning yongʻin bilan bogʻliq real va keskin vaziyatlar uchun ruhiy va jismoniy tayyorgarligini taʼminlash, qatʼiy qarorlar qabul qilish koʻnikmalarini, kelgusida tayinlanadigan lavozimlar boʻyicha kasbiy mahorat hamda amaliy ish koʻnikmalarini hosil qilish, yuksak kasbiy tayyorgarligini, mustaqil fikrlash, tashabbuskorlik, ijodiy va jismoniy mehnatga boʻlgan qobiliyatini shakllantirishdan iborat. 

KAFEDRADA YURITILADIGAN NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR

1.   Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qaror va Farmonlari hamda Oʻzbekiston Respublikasining Qonunlari;

2.   Namunaviy xizmat vazifalari asosida ishlab chiqilgan xodimlar va oʻquv-yordamchi tarkibning xizmat vazifalari;

3.   Yillik ish rejalari;

4.   Professor-oʻqituvchilarning shaxsiy ish rejalari;

5.   Fan dasturi va ishchi oʻquv dasturlari;

6.   Metodik (ish) rejalar;

7.   Professor-oʻqituvchilarning navbatchilik jadvali;

8.   Professor-oʻqituvchilarning oʻzaro oʻquv mashgʻulotlariga qatnashish jadvali;

9.   Oʻquv mashgʻulotlariga oʻzaro qatnashishni qayd etish jurnali;

10.   Professor-oʻqituvchilarning mashgʻulotlarini pedagogik nazorat qilish jadvali;

11.   Oʻquv mashgʻulotlarini pedagogik nazorat natijalarini qayd qilish jurnali;

12.   Fakulʻtet, kafedralar ilmiy-toʻgarak (jamiyat) ishini oʻquv yili uchun ish rejasi;

13.   Nazorat ishlari, kurs loyihalariga taqrizlarni qayd etish jurnali;

14.   Oʻquv yuklamasi bajarilishini qayd etish jurnali;

15.   Maslahat (konsulʻtatsiya)larni qayd etish jurnali;

16.   Oʻqitiladigan fanlar boʻyicha oraliq va yakuniy nazoratlarni oʻtkazish uchun metodik materiallar;

17.   Kafedra yigʻilishi bayonnomalari;

18.   Oʻquv yili uchun hisobot;

19.   Oʻqitilayotgan fan va oʻquv kurslarining xususiyatidan kelib chiqqan holda boshqa oʻquv-metodik hujjatlar ham ishlab chiqilishi mumkin.

HAMKORLIK

Tajriba almashish va nazariyaning amaliyot bilan uygʻunligini taʼminlash maqsadida quyidagi turdosh OTMlari va amaliy idoralar bilan yaqin aloqalar yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, oʻzaro hamkorlik memorandumlari tuzilgan va samarali ishlar olib borilmoqda:

Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi “Ichki ishlar organlarining maʼmuriy faoliyati” kafedrasi;

Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy Markazi;

Oʻzbekiston Respublikasi FVV “Davlat yongʻin nazoratini tashkil etish bosh boshqarmasi”;

Shuningdek, respublikamizda mavjud boʻlgan madaniy-maʼrifiy, tomosha muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari bilan kafedra fanlaridan mashgʻulotlarni maskanlarda oʻtkazish maqsadida “Xalqlar doʻstligi”, “Turkiston” sanʼat saroylari, “Uztex Toshkent” MChJ qoʻshma karxonasi, “Uz Auto Motors Powertrain” AJ va Yangiyoʻl tumani “Biokimyo” AJ kabi bir qator yirik korxonalar bilan ham hamkorlik ishlari olib borilmoqda. 

KAFEDRA FAOLIYATI NATIJALARI

Kafedra professor-oʻqituvchilar tomonidan hozirgi kunga kelib, 2 ta darslik,  2 ta oʻquv qoʻllanma, 20 dan ortiq boshqa oʻquv uslubiy adabiyotlar tayyorlangan. Shuningdek, xorijiy davlatlarda 26 ta, respublika miqyosida 80 dan ortiq ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar chop etilgan. Kafedra professor-oʻqituvchilaridan ikki nafarida yuridik fanlari nomzodi hamda bir nafarida dotsent ilmiy unvonlari mavjud.