Ofitserlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish fakulteti

Qayta tayyorlash va malaka oshirish fakulteti 

Umarov Abduaziz Abdusattarovich - fakultet boshlig‘i, yong‘inga qarshi texnika va xavfsizlik muhandisi.

Ofitserlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish.

Fakultetning asosiy maqsadi favkulodda vaziyatlarda  yong‘inlar profilaktikasi va favkulodda vaziyatlarni bartaraf etish borasidagi ishlarni samarali tashkil etishga va ularga rahbarlik qilishga qodir, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beradigan hamda kasbiy bilimlarini amalda qo‘llay oladigan Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimi xodimlarini shakllantirishdan iborat.

Fakultetning asosiy vazifalari:

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

Xodimlarning kasbiy bilimlari, ko‘nikma va mahoratlarini uzluksiz yangilab borish mexanizmlarini joriy etish va talab darajasida ularning kasbiy tayyorgarligini oshirish;

qayta tayyorlash va malaka oshirishning ijobiy tajribasi, zamonaviy shakllari va usullarini o‘rganish hamda amaliyotga joriy etish asosida o‘quv-tarbiya jarayonini uzluksiz takomillashtirib borish;

qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonlarining fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasini ta’minlash,  xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish.

umume’tirof etilgan o‘qitishning zamonaviy shakllari va uslublari, ilg‘or pedagogik, axborot-kommunikatsiya va innovatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda tayyorlangan o‘quv rejalari va dasturlari asosida Fakultetda o‘quv jarayonini tashkil etish;

qayta tayyorlash va malaka oshirish bo‘yicha xorijiy tajribani va ta’lim muassasalarining e’tirof etilgan yutuqlarini joriy qilish;

o‘quv yig‘inlari doirasida sifat jihatidan yuqori tashkiliy va kasbiy darajada mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun zarur o‘quv, uslubiy va moddiy-texnika bazasini tashkil etish;

qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘quv yig‘inlarida mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun oliy ta’lim muassasalarining yetakchi pedagog kadrlarini va amaliy organlarning yetakchi mutaxassislarini keng jalb etishni ta’minlash.

Akademiya professor-o‘qituvchilar tarkibini Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Bosh ilmiy metodik markazi va tayanch oliy ta’lim muassasalarida qayta tayyorlash va malaka oshirishlarini tashkillashtirish;

Vazirlik va idoralar, ijtimoiy tarmoqlar, tadbirkorlik sub’ektlari, shuningdek, alohida davlat ahamiyatiga ega yoki yonish-portlash xavfi yuqori bo‘lgan ob’ektlarining rahbarlari hamda xavfsizlik texnikasi bo‘yicha muhandis-texnik xodimlarini yong‘in xavfsizligi asoslari bo‘yicha shartnoma asosida o‘qitish;