Aloqa, xabar berish va axborot texnologiyalari bo‘limi

ALOQA, XABAR BERISH VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI  BO’LIMI

Bo’limning maqsadlari – Akademiyada axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, aloqa vositalaridan foydalanish va ularni texnik ekspluatatsiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha tadbirlarni rejalashtirilishi va o‘tkazilishi, Akademiya aloqa tizimining tarmoqlari, texnik vositalari va dasturiy texnikalarini qamrab oluvchi yagona tizimli faoliyati tashkil qilinishdan iborat

 

Bo’limning vazifalari: – Akademiya faoliyati hamda ta’lim jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalari, aloka va o’qitishning texnik vositalarini joriy qilish, ta’lim jarayoniga internet, telekommunikatsiya hamda elektron ta’lim texnologiyalarini joriy etish va ulardan foydalanish, Akademiyaning test markazi faoliyatini tashkillashtirishdan iborat.

 

BO’LIMNING FUNKSIYALАRI

Akademiyaning faoliyatida qo‘llanilishi nazarda tutilgan yukori samarali dasturiy ta’minot va texnik vositalar, ilg‘or axborot texnologiyalarni o‘rnatilgan tartibda ekspertizadan o‘tkazib, xarid qilish va joriy etish hamda ulardan foydalanishni tashkil qilish, Axborot-resurs markazini shakllantirishda ishtirok etish, unga monaviy multimedia va elektron maxsulotlarni kiritishda ko‘maklashish, o‘quv jarayonida zamonaviy kompyuter va o‘qitishning texnik vositalarini qullashni tashkillashtirish va ularning uzluksiz ishlashini (sozligini) ta’minlash.

BO’LIM FАOLIYATI

Aloqa, xabar berish va axborot texnologiyalari bo’limi O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasining tarkibiy qismi hisoblanib, Akademiya boshlig’ining birinchi o‘rinbosariga buysunadi.

Bo’lim o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiya, qonunlari va meyoriy xujjatlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, qaror, farmoyishi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari,
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, Favqulodda vaziyatlar vazirining buyruqlari, direktiva va farmoyishlari, Akademiya boshlig’ining buyruq, farmoyish va ko’rsatmalariga asosan amalga oshiradi.

Bo’lim faoliyatiga bo’lim boshlig’i rahbarlik qiladi. Bo’lim shaxsiy tarkibini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri tomonidan, Аkademiya boshlig’ining taqdimnomasiga asosan amalga oshiriladi.

NORMАTIV XUQUQIY XUJJАTLАR

Bo’lim o’z faoliyati davomida Favqulodda vaziyatlar vazirligining normativ-huquqiy hujjatlari asosida.

HАMKORLIK

 Bo’lim o’z faoliyati davomida axborot texnologiyalari hamda aloqa yo’nalishidagi xizmalar ko’rsatuvchi tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi.

BO’LIM FАOLIYATIDАGI  NАTIJАLАR

Bo’lim tomonidan, Аkademiya xududida mavjud kompyuter, video kuzatuv kameralari va aloqa vositalarini uzluksiz ishlashini ta’minlash ishlarini amalga oshirib bormoqda.