Umumkasbiy fanlar kafedrasi

UMUMKASBIY FANLAR KAFEDRASI

    Kafedraning maqsadi- kafedra fanlaridan kursantlarda ixtisoslik fanlarini o‘rganish va chuqur egallash uchun zarur bo‘lgan fundamental umumkasbiy bilimlarni, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish.

Kafedraning vazifasi- kafedra fanlaridan barcha turdagi dars mashg‘ulotlarini oliy ta’limning davlat standartlariga mos holda yuqori darajada o‘tkazish, kursantlarni mutaxasislik fanlarini chuqur o‘zlashtirishlariga zamin tayyorlash.

KAFEDRANING FUNKSIYALARI

- davlat ta’lim standartiga muvofiq o‘quv mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish;

- o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun o‘quv-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish, darslik va o‘quv qo‘llanmalarini tayyorlash hamda ularni nashr ettirish;

- dars jadvaliga asosan ma’ruza, amaliy, maskanga chiqish hamda laboratoriya mashg‘ulotlarini olib borish;

- kursant hamda tinglovchilarni o‘quv materiallarini o‘zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida mavzuiy, oraliq va yakuniy nazorat baholashlaridan o‘tkazish;

- o‘quv jarayonini yuqori saviyada tashkillashtirish maqsadida o‘quv-uslubiy ishlar majmuasini ishlab chiqish;

- kafedra professor-o‘qituvchilarini Respublikaning yetakchi va turdosh Oliy ta’lim muassalarida malakasini oshirish hamda amaliy idoralarda stajirovka o‘tashini amalga oshirish;

- kafedra professor-o‘qituvchilarining falsafa doktori (PhD) hamda fan doktori (DcS) dissertatsiyalari, shu bilan bir qatorda dotsent hamda professor ilmiy unvonlari ustida ishlashi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;

- kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan turli ko‘rgazma, davra suhbatlari, seminar-treninglar, anjumanlar va konferensiyalarni tashkil qilishini hamda ishtirok etishini ta’minlash;

- Akademiya kursantlari bilan o‘quv-tarbiyaviy hamda murabbiylik ishlari bo‘yicha yillik ish rejalarida nazarda tutilgan tadbirlarda ishtirok etish. 

KAFEDRADA O‘QITILADIGAN FANLAR

·        Chizma geometriya va muhandislik grafikasi.

·        Ekologiya.

·        Amaliy mexanika.

·        Issiqlik texnikasi.

·        Materialshunoslik va  konstruksion materiallar texnologiyasi.

·        Mashina detallari.

·        Yong‘in xavfsizligi iqtisodi.

·        Qurilish chizmachiligi.

·        Gidrogazodinamika.

·        Xavfli tabiiy jarayonlar.

·        Texnosferada menejment va iqtisod.

KAFEDRA FAOLIYAT YURITAYOTGAN TO‘GARAKLAR

Kafedrada Chizma geometriya va muhandislik grafikasi, Ekologiya, Amaliy mexanika, Issiqlik texnikasi, Materialshunoslik va  konstruksion materiallar texnologiyasi, Mashina detallari, Yong‘in xavfsizligi iqtisodi, Qurilish chizmachiligi, GidrogazodinamikaXavfli tabiiy jarayonlar. Texnosferada menejment va iqtisod. Fanlari boyicha to‘garaklarda iqtidorli kursantlar bilan tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

KAFEDRA FAOLIYATI

Kafedrada professor-o‘qituvchilariga biriktirilgan fanlardan oliy ta’lim doirasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi harbiy xizmatchilarini tayyorlash uchun Akademiya kursantlari bilan ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari olib boriladi.

Mashg‘ulotlarni olib borishda zamonaviy o‘qitishning texnik vositalari va pedagogik texnologiyalardan samarali foydalaniladi.

Kafedrada xizmat faoliyati davomida ilmiy salohiyat, yuqori pedagogik tajribaga hamda yetarli amaliy tajribaga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilar bugungi kunda samarali faoliyat yuritib, kursantlarga o‘rnak bo‘lib kelmoqdalar. Shuningdek, kafedraning barcha professor-o‘qituvchilari tomonidan doimiy ravishda ilmiy izlanishlar olib borilishi va ilmiy ishlar natijalarining o‘quv jarayoniga keng joriy etilishi yo‘lga qo‘yilgan. Kafedraning “Kafedra fanlarining o‘quv uslubiy ta’minoti” nomli Bosh ilmiy mavzusi yuzasidan professor-o‘qituvchilar tarkibi tomonidan olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari muntazam ravishda ilmiy maqola va boshqa ishlanmalarda o‘z aksini topib kelmoqda. 

KAFEDRADA YURITILADIGAN NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR

1.   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qaror va Farmonlari hamda O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari;

2.   Namunaviy xizmat vazifalari asosida ishlab chiqilgan xodimlar va o‘quv-yordamchi tarkibning xizmat vazifalari;

3.   Yillik ish rejalari;

4.   Professor-o‘qituvchilarning shaxsiy ish rejalari;

5.   Fan dasturi va ishchi o‘quv dasturlari;

6.   Metodik (ish) rejalar;

7.   Professor-o‘qituvchilarning navbatchilik jadvali;

8.   Professor-o‘qituvchilarning o‘zaro o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashish jadvali;

9.   O‘quv mashg‘ulotlariga o‘zaro qatnashishni qayd etish jurnali;

10.   Professor-o‘qituvchilarning mashg‘ulotlarini pedagogik nazorat qilish jadvali;

11.   O‘quv mashg‘ulotlarini pedagogik nazorat natijalarini qayd qilish jurnali;

12.   Fakultet, kafedralar ilmiy-to‘garak (jamiyat) ishini o‘quv yili uchun ish rejasi;

13.   Nazorat ishlari, kurs loyihalariga taqrizlarni qayd etish jurnali;

14.   O‘quv yuklamasi bajarilishini qayd etish jurnali;

15.   Maslahat (konsul’tatsiya)larni qayd etish jurnali;

16.   O‘qitiladigan fanlar bo‘yicha oraliq va yakuniy nazoratlarni o‘tkazish uchun metodik materiallar;

17.   Kafedra yig‘ilishi bayonnomalari;

18.   O‘quv yili uchun hisobot. 

HAMKORLIK

Tajriba almashish va nazariyaning amaliyot bilan uyg‘unligini ta’minlash maqsadida quyidagi turdosh Oliy ta’lim muassasalari va amaliy idoralar bilan yaqin aloqalar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, o‘zaro hamkorlik memorandumlari tuzilgan va samarali ishlar olib borilmoqda:

·        Toshkent Arxitektura va qurilish instituti;

·        I.Karimov nomidagi Toshkent Davlat texnika universiteti;

·        Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi mexanizatsiyalash muhandislari instituti.

KAFEDRA FAOLIYATI NATIJALARI

Kafedra professor-o‘qituvchilar tomonidan hozirgi kunga kelib, 2 ta darslik,
2 ta o‘quv qo‘llanma, 20 dan ortiq boshqa o‘quv uslubiy adabiyotlar tayyorlangan. Shuningdek, xorijiy davlatlarda 18 ta, Respublika miqyosida 60 dan ortiq ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar chop etilgan. Kafedra professor-o‘qituvchilaridan ikki nafarida fan nomzodi hamda bir nafarida texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalari hamda ikki nafarida dotsent ilmiy unvonlari mavjud.

Kafedra professor o‘qituvchilari tomonidan 2022-yil davomida Bosh ilmiy mavzu bo‘yicha 1 ta o‘quv qo‘llanma tayyorlanmoqda, mavzu doirasida 10 dan ortiq ilmiy va 20 dan ortiq ilmiy ommabop maqolalar chop etilgan. Shuningdek, 10 dan ortiq maketlar yaratilgan.

Shu bilan birga, kafedra o‘qituvchisi podpolkovnik Q.M. Murtazayev tomonidan “Suv sovutish qurilmalarida (gradirniya) issiqlik va massa almashinuv jarayonlarini jadallashtirish texnologiyasini yaratish” mavzusida texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoya qilib, hozirda Akademiya Oliy ta’limdan keying ta’lim fakulteti doktoranti va kafedra boshlig‘i lmvb.

Kafedra o‘qituvchisi kapitan E.N.Vassiyev Fanlar Akademiyasi Matematika institutida erkin tadqiqodchi hisoblanib, “Favqulodda vaziyatlar xavfini hisoblash va baholashning eventologik usuli” mavzusida ilmiy izlanish olib borilmoqda.

Kafedra professori Sh.Atabayev, kafedra dotsenti A.Sirojiddinov hamda kafedra o‘qituvchisi kapitan E.N.Vassiyevlarga ko‘p yillik samarali va halol mehnati hamda o‘z xizmat vazifasiga bo‘lgan sadoqati uchun 2021-yildan 2022-yilning shu kuniga qadar Favqulodda vaziyatlar vaziri hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining “Faxriy yorliq”lari bilan taqdirlandilar.