O‘quv jarayonini tashkillashtirish va muvofiqlashtirish bo‘limi

O‘QUV JARAYONINI TASHKILLASHTIRISH VA

MUVOFIQLASHTIRISH BO‘LIMI

 

Bo‘lim boshlig‘i podpolkovnik Nazarov Furqatjon Abdulfayzovich.

Bo‘limning maqsadi: Akademiyada o‘quv jarayonini tashkillashtirish va muvofiqlashtirish hamda ta’lim sifatini oshirish choralarini ko‘rishdan iborat.

Bo‘limning vazifalari:

“Yong‘in xavfsizligi” va “Texnosfera xavfsizligi” mutaxassisliklari uchun namunaviy o‘quv rejalari asosida ishchi o‘quv rejalarining ishlab chiqilishini tashkillashtirish;

namunaviy o‘quv dasturlari, fanlar bo‘yicha ishlab chiqilgan ishchi o‘quv dasturlarni mutaxassisliklar bo‘yicha malaka talablari va namunaviy o‘quv rejalariga muvofiqligini ta’minlash;

o‘quv ishlarini zamonaviy pedagogik va tashkiliy talablarga javob beruvchi kompleks va maqsadli tarzda rejalashtirish va dars jadvallarini (dars mashg‘ulotlarini ilmiy va metodik jihatdan asoslangan o‘zaro aloqadorlik hamda mantiqiy ketma-ketlikda) tuzish;

o‘qitiladigan mutaxassisliklar bo‘yicha oliy ma’lumotli mutaxassis kadrlar tayyorlash, ta’limning fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;

kursantlarning bilimini nazorat qilish va baholash reyting tizimi to‘g‘risidagi Nizom asosida nazorat turlarini, fanlar bo‘yicha Yakuniy davlat attestatsiyalarni hamda bitiruv (malakaviy) ishi himoyasini tashkillashtirish;

kursantlarning intellektual bilimlarini yanada oshirish, bilimdon, zakovatli, ijodkor, madaniyatli va zamonaviy fikrlaydigan yangi avlod kadrlari sifatida shakllantirish maqsadida, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkillashtirish;

professor-o‘qituvchilari tarkibining kasbiy mahoratlarini oshirishlari uchun sharoit yaratish, o‘quv yili davomida professor-o‘qituvchilar faoliyatining monitoringini olib borish va yakunida ularning reytingini xolis va odilona aniqlashni tashkil etish.

Bo‘limning funksiyalari:

Bo‘lim pedagogik va ilmiy jarayonlar sifatini ta’minlash, yuqori nazariy va kasbiy o‘quv, o‘quv-uslubiy va ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish;

o‘quv jarayoniga o‘qitishning zamonaviy shakl va uslublarini, pedagogika va axborot kommunikatsiya texnologiyalari, masofadan o‘qitish tizimini keng joriy etish;

Akademiya professor-o‘qituvchilar tarkibini to‘g‘ri tanlash, taqsimlash, joy-joyiga qo‘yish, ilmiy pedagogik malakalarini oshirishni tashkillashtirish;

professor-o‘qituvchilarning o‘quv yuklamalari taqsimotini tahlil qilish;

professor-o‘qituvchilarning faoliyatini baholash reytingi bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar tayyorlash;

kursantlarni ilmiy faoliyatga jalb etish, ularning mustaqil ijodiy ish bilan shug‘ullanishlari uchun zaruriy sharoitlar yaratish;

o‘quv rejasi va o‘quv jarayoni jadvaliga asosan barcha turdagi amaliyotlarni belgilangan muddatlarda o‘tkazilishini tashkil etish;

Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari dasturlarini ishlab chiqish, o‘rnatilgan tartibda tasdiqlatish;

o‘quv yili yakuni bo‘yicha Favqulodda vaziyatlar vazirining “Amir Temur nomidagi stipendiyasi tanlovini o‘tkazish kabi asosiy funksiyalarni bajaradi.

 

BO‘LIM FAOLIYATI

Bo‘lim Akademiyaning o‘quv jarayonini tashkil etish va boshqarishning asosiy organi hisoblanadi. Bo‘lim o‘z faoliyatini Akademiyaning kafedralari, tarkibiy bo‘lim, bo‘linmalari va saf qismi o‘quv kurslari bilan hamkorlikda tashkillashtiradi.

Shuningdek, bo‘lim Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga mutaxassislar tayyorlashda kafedralar hamda bo‘limlar faoliyatini muvofiqlashtirish, ta’lim jarayonini rejalashtirish va nazorat qilishni hamda Akademiya kafedralari va boshqa oliy ta’lim muassasalari o‘quv jarayonini muntazam o‘rganib borish, ish tajribasini tahlil qilib, o‘qitishning zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarini ta’lim jarayoniga tatbiq etishni tashkillashtiradi.

Bundan tashqari, Akademiyada nazariy ta’lim bilan amaliyotni samarali integratsiyasini ta’minlash, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida amalga oshirilayotgan ijobiy ishlar, yangiliklar va muammolar bilan kursantlarni yaqindan tanishtirish, o‘quv-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish maqsadida sohaning yetakchi rahbarlari va xodimlari ishtirokida ishlab chiqarish maskanlarida Akademiya kursantlari bilan mashg‘ulotlar, uchrashuvlar tashkillashtirilmoqda.

Shu bilan birga, tajriba almashish va nazariyaning amaliyot bilan uyg‘unligini ta’minlash maqsadida Akademiya hamda Vazirlik Bosh boshqarma, boshqarma va hududiy favqulodda vaziyatlar boshqarmalari bilan ishlab chiqilgan qo‘shma rejasiga muvofiq Akademiya professor-o‘qituvchilari stajirovka o‘tashlari yo‘lga qo‘yilgan.

 “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Akademiyada ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, professor-o‘qituvchilar tarkibi o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish negizida ta’lim-tarbiya tizimini izchil rivojlantirishni ta’minlash va o‘qitishning zamonaviy interaktiv metodlari bilan tanishish maqsadida Akademiyada “Master klasslar” o‘tkaziladi.

Bo‘limda yuritiladigan hujjatlar:

o‘quv jarayoni jadvali;

darslar, konsultatsiyalar, attestatsiyalar, darslarni pedagogik nazorat qilish va umumakademiya ochiq darslar jadvallari;

o‘quv guruhi kursantlarining o‘zlashtirishi va davomatini qayd etish jurnallari;

o‘quv fanlari bo‘yicha reyting qaydnomasi;

kursantlarning reyting daftarchasi yoki reytingni hisobga olish elektron tizimi (elektron jurnal);

kursantlarning o‘quv kartochkalari;

butun ta’lim davomida kursantlar tomonidan o‘quv rejasining bajarilishi natijalari haqida umumlashtiruvchi qaydnoma varaqasi;

o‘qituvchilarni o‘quv yuklamalari bo‘yicha reja va hisobotlari;

o‘quv jarayoniga doir yozishmalar.

                                                         

HAMKORLIK

Bo‘limda amaliy organlar va boshqa oliy ta’lim muassasalari bilan aloqalarga alohida e’tibor qaratilgan, jumladan:

I.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti;

O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti;

Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi;

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti;

Toshkent kimyo-texnologiya instituti;

O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti;

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi;

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Bosh boshqarma, boshqarma va hududiy favqulodda vaziyatlar boshqarmalari.

                                                           

BO‘LIM FAOLIYATI NATIJALARI

Yong‘in xavfsizligi va Texnosfera xavfsizligi mutaxassisliklari uchun Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti;

“Yong‘in xavfsizligi" mutaxassisligining Yong‘in nazorati va profilaktika ishlarini tashkil qilish va Kasbiy tayyorgarlik, xizmat va yong‘in o‘chirishni tashkil qilish ixtisosliklari malaka talablari va namunaviy o‘quv rejalari;

“Texnosfer xavfsizligi” mutaxassisligining “Sanoat va yong‘in xavfsizligi faoliyatini tashkil etish” ixtisosliklari bo‘yicha malaka talablari va namunaviy o‘quv rejalari.