Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘limi

TARBIYAVIY VA MAFKURAVIY ISHLAR BO‘LIMI

Bo‘limning maqsadi — tarbiyaviy va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlarni tashkillashtirish, shaxsiy tarkibni xalq manfaatlariga xizmat qilish ruhida tarbiyalash, ijtimoiy-huquqiy himoya qilish, xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash hamda muhitni psixologik jihatdan ta’minlashdan iborat. Bo‘lim tomonidan yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida alohida reja va dasturlar ishlab chiqilib, ularning huquqiy, siyosiy va kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining Akademiyadagi boshlang‘ich tashkiloti faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, tashkilotga barcha kursantlar va yosh xodimlar a’zo bo‘lganligi Akademiya jamoasining bir maqsad va istak yo‘lida jipslashishiga yordamlashmoqda.

Bo‘limning vazifalari – Harbiy xizmatchilarning xizmat vazifalarini to‘loqonli bajarishlarini nazorat qilish;

xizmat samaradorligini, sifatini oshirish;

intizomni mustahkamlash hamda jamoada ma’naviy-ruhiy muhitni vujudga keltirish bo‘yicha choralar qabul qilish;

Xodimlar va kursantlar bilan tarbiyaviy-profilaktik ishlar olib borilishini hamda tarbiyaviy ishlar masalalari bo‘yicha konferensiya, anjuman, yig‘ilishlar o‘tkazilishini tashkillashtirish;

Akademiyada xizmat intizomi, qonunchilik buzilishi, mukofot va rag‘batlantirishlar hisobotini yuritilishini tahlil va nazorat qilish;

Akademiyada salbiy holatlarning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish;

shaxsiy tarkib o‘rtasida qonunchilik va xizmat intizomi buzilishi xolatlarini oldini olish yuzasidan tegishli sohaviy xizmatchlar bilan hamkorlikda chora-tadbirlar ishlab chiqish;

Akademiya rahbariyatiga shaxsiy tarkibni ijtimoiy himoya qilish masalalari yuzasidan takliflar kiritish;

xodimlar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy jihatdan himoyalashni tashkillashtirish;

Or-nomus sudlari faoliyatiga ko‘maklashish, ularga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatish;

Xodimlarning belgilangan kun tartibiga qat’iy amal qilishi, ichki xizmat faoliyati, xizmat kiyimini o‘rnatilgan tartibda kiyib yurish ishlarini nazorat qilish; 

BO‘LIM FUNKSIYALARI

Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda xodimlar o‘rtasida qonunchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni tashkillashtirish;

Umumxalq va kasbiy bayramlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni yuqori saviyada o‘tkazish ishlarini tashkillashtirish;

Xizmat faoliyatida namunali xizmati bilan boshqalarga o‘rnak bo‘layotgan va yuqori ko‘rsatkichlarga erishayotgan xodimlarni Davlat mukofotlariga tavsiya etish yuzasidan takliflar kiritish hamda zaruriy hujjatlarni tayyorlash ishlarini tashkillashtirish;

xizmat intizomi va qonunchilikni buzgan hamda moyil bo‘lgan xodimlar va kursantlar ro‘yxatini tuzib, ular bilan profilaktik surishtiruv va monitoring ishlarini olib borish;

Shaxsiy tarkibni moddiy rag‘batlantirish va mukofotlash yuzasidan buyruq loyihalarini tayyorlash;

Respublika va Vazirlik miqyosida o‘tkaziladigan tadbirlar, marosimlar va konsertlarga jalb qiluvchi shaxsiy tarkibni ro‘yxatini tuzish, tadbirlarda ishtirok etishini nazorat qilish;

Akademiya Faxriylar kengashi ish rejasiga kiritilgan tadbirlarni bajarishda amaliy yordam ko‘rsatish;

BO‘LIM FAOLIYATI

Akademyai shaxsiy tarkibi hamda oila a’zolarining ma’naviy, ma’rifiy va axloqiy tarbiyangi yanada rivojlantirish, mazmunli hordiq chiqarishlari uchun tadbir va anjumanlarni yuqori darajada tashkil etib kelmoqda. Shaxsiy tarkib va ularning oila a’zolari ishtirokida “Temuriylar tarixi” davlat muzeyi, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar muzeyi, O‘zbekiston davlat tarixi muzeyi, Muqimiy nomidagi o‘zbek davlat musiqiy teatri, O‘zbek milliy akademik drama teatri, “Qatog‘on qurbonlari” hamda Adablar xiyoboniga muntazam ravishda tashriflar amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, umumxalq va kasb bayramlari, “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni”, 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni”, 21-mart – “Navro‘z” umumxalq bayrami, 9-may – “Xotira va qadrlash kuni”, 1-sentabr – “Mustaqillik kuni”, 1-oktabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni”, 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni”, 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun”ga bag‘ishlab ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, shuningdek, Akademiya bituvchilarining “Bitiruv”,1-kursga qabul qilingan kursantlar bilan “Vatanga Qasamyod” tadbirlari yuqori darajada tashkillashtirilmoqda.

Shaxsiy tarkib o‘rtasida Vatanparvarlik, Ona-Vatanga sadoqat tushunchalarini mustahkamlash, ularning dunyoqarashlarini yanadad kegngaytirish bilimlarini yanada mustahkamlash maqsadida mamlakatimizning taniqli fan va jamoat arboblari, Oliy Majlis deputatlari va senatorlari, professorlar, akademiklar, san’at arboblari, siyosiy sharhlovchilar, mashhur sportchilar, sevimli san’atkorlar, shoirlar va el ardoqlagan yozuvchilar ishtirokida davra suhbatlari o‘tkazilib kelinmoqda.

Akademiyada uzoq yillar mobaynida samarali mehnat qilgan xodimlarni nafaqaga kuzatish tadbirlari, Akademiya faxriylari ishtirokida “Avlodlar uchrashuvi” kabi tadbirlar muntazam ravishda o‘tkazilib kelinmoqda.

Akademiya kursantlari bilan birgalikda Toshkent shahri, Sergeli va Yangihayot tumanlarida istiqomat qiluvchi kam ta’minlan, yakka-yolg‘iz, boquvchisini yuqotgan fuqarolar holidan muntazam ravishda xabar olib, ularga moddiy-ma’naviy ko‘mak ko‘rsatib, xonadonlarda obodonlashtirish ishlarini tashkil etib kelmoqda.

BO‘LIMDA YURITILADIGAN NORMATIV–HUQUQIY HUJJATLAR

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-3898-son qarori;

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining 2019-yil 24-maydagi “Vazirlik tizimida tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi 254-sonli buyrug‘i;

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining 2021-yil 2-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi harbiy xizmatchi va xizmatchilarining odob-axloq meyorlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 254-sonli buyrug‘i;

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziriligi Akademisining 2022-yil 1 apreldagi “Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida tarbiyaviy va mafkuraviy ishlarni tashkillashtirish bo‘yicha qo‘llanmani tasdiqlash haqida”
155-sonli buyrug‘i;

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziriligi Akademisining 2020-yil 9-iyundagi “Akademiyada kontrakt asosida xaki kiy xarbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar o‘rtoqlik nomus sudlari tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 201-sonli buyrug‘i;

O‘zbekiston Respublikasi Harbiy Prokuraturasi tomonidan ishlab chiqilgan “Harbiy intizomni mustahkamlash va huquqbuzarliklar profilkatikasi bo‘yicha qo‘llanma”;

HAMKORLIK

Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘limi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Yangihayot tuman hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi Yangihayot tuman bo‘limi hamda Oliy harbiy ta’lim muassasalari Tarbiyaviy va mafkuraviy tuzilmalari bilan hamkorlik ishlar olib borilmoqda. Mazkur tuzilmalari bilan muntazam ravishda ma’naviy-ma’riviy tadbirlar, davra suhbatlari, turli xil bellashuv, “Quvnoqlar va zukkorlar” ko‘rik-tanlovlari o‘tkazilib kelinmoqda.

BO‘LIM FAOLIYATINING NATIJALARI

2022-yilning o‘tgan davri mobaynida shaxsiy tarkib orasida madaniy dam olish ishlarini tashkillashtirishda, xodimlar va ularning oila a’zolari ishtirokida teatr va konsert dasturlariga 30 gan yaqin tashriflar uyushtirildi. Akademiya kursantlarining dam olish kunlarini mazmunli o‘tkazish, ma’naviy-ma’rifiy bilim saviyalarini oshirish hamda dunyoqarashlarini yanada kengaytirish maqsadida “Temuriylar tarixi” davlat muzeyi, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar muzeyi, O‘zbekiston davlat tarixi muzeyi, Muqimiy nomidagi o‘zbek davlat musiqiy teatri, O‘zbek milliy akademik drama teatri, “Zangiota” ziyoratgohi hamda “Qatog‘on qurbonlari” xiyoboniga 20 yaqin tashriflar amalga oshirildi.

Shuningdek, 40ga yaqin ortiq bayram tadbirlari, yubileylar, seminar treninglar, davra suhbatlari hamda 20 yaqin turli uchrashuvlar yuqori darajada tashkil etildi.