GUMANITAR VA IJTIMOIY-IQTISODIY FANLAR KAFEDRASI
Kafedraning maqsadi - umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bilan uzviylik hamda uzluksizlikni inobatga olgan holda
kursantlarda ixtisoslik fanlarini o‘rganish va chuqur egallash uchun zarur bo‘lgan
gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bo‘yicha bilimlarni, amaliy ko‘nikmalarni
shakllantirish.
Kafedraning vazifalari:
- gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar asosida ilmiy dunyoqarashga doir
bilimlar, davlat siyosatining dolzarb masalalari haqida tasavvur hosil qilish;
- tabiat va jamiyatda yuz berayotgan jarayon va hodisalar haqida yaxlit
tasavvurga, insonning ma’naviy qiyofasi haqida bilimlarga ega bo‘lish, ulardan
hayotda va kasbiy faoliyatida hamda zamonaviy ilmiy tadqiqotlarda foydalana
olish;
- yangi bilimlarni mustaqil o‘zlashtira olish, takomillashtirish va o‘z
mehnatini ilmiy asosda tashkil qila bilish;
- o‘z ustida ishlash, o‘z-o‘zini rivojlantirish va o‘z kasbiy, ilmiy bilimini
takomillashtirish ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
- o‘zining shaxsiy dunyoqarashi orqali ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan
muammolarni tushunish va ularni tahlil qilish;
- shaxsning inson, jamiyat, atrof muhitga bo‘lgan munosabatini tartibga soluvchi
ma’naviy va axloqiy fazilatlardan kasbiy faoliyatida unumli foydalanish;
- milliy madaniy va umuminsoniy qadriyatlar bo‘yicha o‘z qarashlarini ilmiy asoslash
va ifodalashni bilish, milliy g‘oyaga amal qiladigan keng dunyoqarashga ega bo‘lish;
- mustaqil ishlash ko‘nikmasini hosil qilish;
- an’anaviy qadriyat kompetentsiyalariga ega bo‘lish (madaniyat, ilm, ishlab
chiqarish qadriyatlarini tushunish);
- tarixiy meros va madaniy an’analarga hurmat va ehtirom bilan munosabatda bo‘lish,
ijtimoiy va madaniy farqlarni bag‘rikenglik bilan qabul qilish, kelishmovchiliklar
kelib chiqishining oldini olishni bilish, hamkorlikka tayyor turish kompetentsiyalariga
ega bo‘lish;
- nutq madaniyatini to‘g‘ri shakllantirish, til me’yor talablariga amal qilish,
so‘zlarni aniq talaffuz qilish va ifodalashni shakllantirishga zamin yaratish.
- oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog
kadrlarni sifatli tayyorlashni ta’minlash, shuningdek, dissertatsiya tadqiqotlarini
olib borishda doktorant, mustaqil izlanuvchi va izlanuvchilarga ilmiy va ilmiy-metodik
yordam ko‘rsatish.
KAFEDRA FAOLIYATI
Ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, yong‘in va texnosfera xavfsizligini ta’minlash
bilan bog‘liq muammolar yuzasidan fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazishda
qatnashish, ularning natijalari bo‘yicha ta’limni fan va ishlab chiqarish bilan
integratsiyasi orqali amaliyotga keng joriy etish, jumladan:
· kafedraning yo‘nalishiga
oid mavzular hamda mutaxassislik bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish, kasb
faoliyatining ko‘zlangan natijalariga erishishda jarayonlarni modellashtirish va
tizimli yondashish borasidagi ilmiy bilim, amaliy o‘quv va ko‘nikmalarni ta’minlash;
· tegishli ilmiy-tadqiqot
institutlari va ilmiy markazlarda ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar
hamda fanlarni o‘qitish metodikasi bo‘yicha izlanishlar olib borish;
· internet tarmog‘ida
tegishli mavzuga oid eng yangi ilmiy yutuqlar haqidagi ma’lumotlarni maqsadga yo‘nalgan
holda izlash, topish va ulardan samarali foydalanish;
· kafedraning professor - o‘qituvchilari tomonidan olib borilayotgan ilmiy izlanishlar natijalari
va ilmiy yutuqlari bo‘yicha xalqaro va respublikada o‘tkazilayotgan konferensiyalarda,
ilmiy jurnallarda ilmiy maqola va tezislar chop etish;
KAFEDRADA O‘QITILADIGAN FANLAR
- O‘zbekistonning eng yangi tarixi;
- Falsafa;
- Iqtisodiyot nazariyasi;
- Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi;
- Ekstremal psixologiya;
- Yong‘in xavfsizligining mantiqiy-tahliliy asoslari;
- Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari;
- Dinshunoslik;
- Fuqarolik jamiyati.
KAFEDRADA FAOLIYAT YURITAYOTGAN
TO’GARAKLAR
Kafedrada
“O‘zbekistonning eng yangi tarixi”
fanidan, “Falsafa” fanidan, “Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanlaridan
ilmiy to‘garaklar faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ushbu to‘garaklar doirasida kursantlar
ta’lim sohasi uchun zarur bo‘lgan gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlarining ilmiy
va nazariy asoslarini chuqur o‘rganish bilan
bir qatorda amaliy tajriba va ko‘nikmalarga ega bo‘lmoqdalar.
KAFEDRADA YURITILADIGAN NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR
O‘zbekiston
Republikasi Konstitusiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi
Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
qarorlari, farmonlari, farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining Qarorlari, O‘zbekiston Respublikasining Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligining buyruqlari, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar
vazirining buyruq, ko‘rsatmalari, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda
vaziyatlar vazirligi Akademiyasi boshlig‘ining buyruq, ko‘rsatmalari;
- Namunaviy xizmat vazifalari asosida ishlab chiqilgan xodimlar va o‘quv-yordamchi tarkibning xizmat vazifalari;
- Yillik ish rejalari;
- Professor-o‘qituvchilarning shaxsiy ish rejalari;
- Fan dasturi va ishchi o‘quv dasturlari;
- Metodik (ish) rejalar;
- Professor-o‘qituvchilarning navbatchilik jadvali;
- Professor-o‘qituvchilarning o‘zaro o‘quv
mashg‘ulotlariga qatnashish jadvali;
- O‘quv mashg‘ulotlariga o‘zaro qatnashishni qayd etish
jurnali;
- Professor-o‘qituvchilarning mashg‘ulotlarini pedagogik
nazorat qilish jadvali;
- O‘quv mashg‘ulotlarini pedagogik nazorat natijalarini
qayd qilish jurnali;
- Kafedra ilmiy-to‘garak (jamiyat) ishini o‘quv yili
uchun ish rejasi;
- Nazorat ishlari, kurs loyihalariga taqrizlarni qayd
etish jurnali;
- O‘quv yuklamasi bajarilishini qayd etish jurnali;
- Maslahat (konsultatsiya)larni qayd etish jurnali;
- O‘qitiladigan fanlar bo‘yicha oraliq va yakuniy
nazoratlarni o‘tkazish uchun metodik materiallar;
- Kafedra yig‘ilishi bayonnomalari;
- O‘quv yili uchun hisobot;
- O‘qitilayotgan fan va o‘quv kurslarining xususiyatidan kelib chiqqan holda boshqa o‘quv-metodik hujjatlar ham ishlab chiqilishi mumkin.
HAMKORLIK
Tajriba almashish va nazariyaning amaliyot bilan uyg‘unligini ta’minlash
maqsadida quyidagi turdosh Oliy ta’lim muassasalari va amaliy idoralar bilan
yaqin aloqalar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, o‘zaro hamkorlik memorandumlari
tuzilgan va samarali ishlar olib borilmoqda. Mirzo Ulugbek nomidagi O‘zbekiston
Milliy universiteti tarix fakultetining “O‘zbekiston tarixi”, “O‘zbekistonning
eng yangi tarixi” kafedralari, “Ijtimoiy fanlar fakulteti”ning “Fuqarolik
jamiyati va huquq ta’limi” O‘zbekiston Respublikasi Davlat Bojxona Qo‘mitasi
Bojxona instituti “Iqtisodiy va gumanitar fanlar” kafedrasi.
KAFEDRA FAOLIYATINING NATIJALARI
Kafedra professor-o‘qituvchilar tomonidan hozirgi kunga kelib, 5 ta
o‘quv qo‘llanma, 10 ta o‘quv uslubiy adabiyotlar tayyorlangan. Shuningdek,
xorijiy davlatlarda 4 ta, respublika miqyosida 70 dan ortiq ilmiy va ilmiy - ommabop
maqolalar chop etilgan. Kafedra professor-o‘qituvchilaridan 2 nafarida fan
nomzodi hamda 1 nafarida tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy
darajalari hamda 1 nafarida dotsent ilmiy unvonlari mavjud.
Kafedra dotsenti tarix fanlari nomzodi, popolkovnik
D.F.Xoshimova “Shuhrat” medali ham “ Qurolli kuchlar 30 yilligiga ” ko‘krak
nishoni bilan mukofotlangan.