Magistratura fakulteti

MAGISTRATURA FAKULTETI 

Fakultetning maqsadi – magistratura mutaxassisliklari uchun o‘quv jarayonini tashkillashtirish va muvofiqlashtirish hamda ta’lim sifatini oshirish choralarini ko‘rishdan iborat.

FAKULTETNING VAZIFALARI: 

magistratura mutaxassisliklari uchun, malaka talablari va namunaviy o‘quv rejalari asosida ishlab chiqilgan o‘quv rejalarini kadrlar buyurtmachilari talab va takliflari asosida muntazam takomillashtirib borish;

magistrlar tayyorlash bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkil etish, ta’lim va o‘qitish sifatini nazorat qilish;

ta’lim jarayonlarini tashkil etishning shakli va mexanizmlarini modernizatsiya qilish;

tinglovchilar tomonidan o‘quv-izlanish va ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilishini nazorat qilish;

dars berayotgan pedagog kadrlarga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishlari uchun maqsadga yo‘naltirilgan sharoitlarni yaratish va ularni ijtimoiy-kasbiy hamda shaxsiy faolligini oshirish;

respublika va xorijiy ilg‘or oliy ta’lim muassasalaridagi ilg‘or tajribalarni o‘rgangan holda ilmiy - ta’limiy loyihalar va dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish ishlarida ishtirok etish;

magistraturani rivojlantirish tendensiyalari bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni aniqlash. 

FAKULTETNING  FUNKSIYALARI: 

Fakultet pedagogik va ilmiy jarayonlar sifatini ta’minlash, yuqori nazariy va kasbiy saviyada o‘quv, o‘quv-uslubiy va ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish;

o‘quv jarayoniga o‘qitishning zamonaviy shakl va uslublarini, pedagogika va axborot kommunikatsiya texnologiyalarni keng joriy etish;

tinglovchilarni ilmiy faoliyatga jalb etish, ularning mustaqil ijodiy ish bilan shug‘ullanishlari uchun zaruriy sharoitlar yaratish;

o‘quv rejasiga asosan barcha turdagi ilmiy amaliyotlarni belgilangan muddatlarda o‘tkazilishini tashkil etish. 

FAKULTET FAOLIYATI

Fakultet Akademiya magistratura tinglovchilari bilan o‘quv jarayonini tashkil etish va boshqarishning asosiy organi hisoblanadi. Fakultet o‘z faoliyatini Akademiyaning kafedralari, tarkibiy bo‘lim va bo‘linmalari bilan hamkorlikda tashkillashtiradi va o‘quv va ilmiy-metodik kompleks sifatida faoliyat olib borishini ta’minlaydi.

Bundan tashqari, magistraturada nazariy ta’lim bilan amaliyotni samarali integratsiyasini ta’minlash, Favqulodda vaziyatlar vazirligi organlarida amalga oshirilayotgan ijobiy ishlar, yangiliklar va muammolar bilan tinglovchilarni yaqindan tanishtirish, o‘quv-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish maqsadida Akademiyada Favqulodda vaziyatlar vazirligi organlarining yetakchi rahbarlari va xodimlari ishtirokida ishlab chiqarish maskanlarida tinglovchilar bilan mashg‘ulotlar, uchrashuvlar o‘tkazilishini tashkillashtiradi. 

FAKULTETDA YURITILADIGAN HUJJATLAR:

· Fakultet yunalishiga oid normativ-huquqiy hujjatlar;

· Oliy va o‘rta maxsus ta’lim hamda favqulodda vaziyatlar vazirliklarining magistraturaga oid buyruqlari va farmoyishlari;

· Ilmiy Kengash qarorlari, Akademiya buyruqlari va farmoyishlari;

· magistratura o‘quv jarayoniga doir yozishmalar;

· o‘quv-uslubiy va boshqa o‘quv jarayonini tashkil etishga taalluqli hujjatlar;

· bajarilgan ishlar hisoboti va yig‘ilish bayonnomalari.

· o‘quv jarayoni jadvali;

· o‘quv guruhi tinglovchilarining o‘zlashtirishi va davomatini qayd etish jurnallari;

· tinglovchilarning o‘quv kartochkalari;

· Akademiyada o‘qishni tamomlaganlarni va diplomlar topshirilganligini qayd etish jurnali;

· Davlat attestatsiya komissiyasining bayoni va hisobotlari;

· Magistraturaga qabul imtihonlari hujjatlari;

 

HAMKORLIK

Fakultet amaliy organlar va boshqa oliy ta’lim muassasalari bilan aloqalarga alohida e’tibor qaratilgan, jumladan:

· Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti;

· O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi;

· O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi;

· O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti;

· Samarqand Davlat Arxitektura qurilishi instituti;

· Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanzatsiyalash muhandislari instituti;

· Namangan davlat universiteti. 

FAKULTET FAOLIYATI NATIJALARI

Bugungi kunda Fakultet  Favqulodda vaziyatlar vazirligi organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish maqsadida o‘tkazilgan islohotlar jarayonida, soha faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan meyoriy hujjatlarni ishlab chiqishda faol ishtirok etib, bevosita Fakultet  tashkilotchiligida quyidagi hujjatlar ishlab chiqilgan:

·  “71031902  Favqulodda vaziyatlarda aholi xavfsizligi”,
“71031901
  Yong‘in xavfsizligi” va “71031903  Inson va atrof muhitning radiatsion xavfsizligi” mutaxassisliklari bo‘yicha malaka talablari.

·  “71031902  Favqulodda vaziyatlarda aholi xavfsizligi”,
“71031901
  Yong‘in xavfsizligi” va “71031903  Inson va atrof muhitning radiatsion xavfsizligi” mutaxassisliklari o‘quv rejalari va fan dasturlari;

·  O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi Magistratura fakultetining Nizomi;

·  Magistartura bosqichga o‘qishga qabul qilishni tashkil etish to‘g‘risida buyruq;

·  Magistratura tinglovchilari bilan o‘quv jarayoni tashkil etish to‘g‘risidagi Nizom va h.k.