Favqulodda vaziyatlarni bartaraf qilish va xizmatni tashkil etish kafedrasi

FAVqULODDA VAZIYaTLARNI BARTARAF qILISh VA XIZmatni tashkil etish KAFEDRASI

Kafedraning maqsadi Favqulodda vaziyatlarni bartaraf qilish, fuqaro muhofazasi ishlarini to‘g‘ri tashkil etish, favqulodda vaziyatlarni bartaraf qilish ishlariga rahbarlik qilish, favqulodda vaziyat sodir bo‘lgan joyda yong‘inning keng maydonga tarqalib ketishining oldini olish uchun hal qiluvchi yo‘nalishni to‘g‘ri tanlash, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun talab qilinadigan kuch va vositalarni hisoblash bo‘yicha Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lgan joyda kuch va vositalarni boshqarish, favqulodda vaziyatlarda aloqani to‘g‘ri tashkil etish, yong‘inga qarshi suv ta’minotni to‘g‘ri tashkillashtirish yo‘nalishiga doir mutaxassislik fanlari bo‘yicha o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-uslubiy, tarbiyaviy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni olib borish.

Kafedraning vazifasi – kunduzgi ta’lim yo‘nalishlaridagi kursantlarni va Ofitser kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish fakulteti tinglovchilarini, shuningdek, aholi yashash sektorlari, ishlab chiqarish korxonalari, ta’lim muassasalari tinglovchilari, aholi ko‘p yig‘iladigan maskanlarda fuqarolar hamda ishchi xizmatchilarga favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda harakatlarnish bo‘yicha nazariy, amaliy mashg‘ulotlarida sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf qilish yo‘nalishdagi so‘ngi texnologik yechimlar, ilm-fan qonuniyatlarini o‘rgatish va bilimlarni shakllantirish.

KAFEDRANING FUNKSIYALARI 

“Yong‘in xavfsizligi”, “Texnosfera xavfsizligi” va “Ofitserlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish” fakulteti tinglovchilarini “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun talablari asosida yetuk kadrlar sifatida tayyorlash. 

KAFEDRA FAOLIYATI 

Kafedra Akademiyaning mutaxassislik fanlarni o‘z ichiga olgan kafedra hisoblanib, kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan biriktirilgan ixtisoslik va mutaxassislik fanlaridan oliy ta’lim doirasida “Yong‘in xavfsizligi” va “Texnosfera xavfsizligi” mutaxassisliklari bo‘yicha kursantlarga, Ofitserlarni tayyorlash va malakasini oshirish fakulteti tinglovchilariga va davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan o‘ta muhim obyektlarning rahbar va injener-texnik xodimlari bilan ma’ruza, amaliy (maskan) va laboratoriya mashg‘ulotlari olib boriladi. Mashg‘ulotlarni olib borishda zamonaviy o‘qitishning texnik vositalari va pedagogik texnologiyalardan samarali foydalaniladi. Ishchi dasturlarga muvofiq bevosita garnizonda mavjud ishlab chiqarish obyektlarda o‘tkazilishi lozim bo‘lgan maskan mashg‘ulotlari uchun alohida dars soatlari ajratilgan.

KAFEDRADA YURITILADIGAN NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR 

- o‘quv-yordamchi tarkibning xizmat vazifalari;

- yillik ish rejalari;

- professor-o‘qituvchilarning shaxsiy ish rejalari;

- fan dasturi va ishchi o‘quv dasturlari;

- metodik (ish) rejalar;

- professor-o‘qituvchilarning navbatchilik jadvali;

- professor-o‘qituvchilarning o‘zaro o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashish jadvali;

- o‘quv mashg‘ulotlariga o‘zaro qatnashishni qayd etish jurnali;

- professor-o‘qituvchilarning mashg‘ulotlarini pedagogik nazorat qilishjadvali;

- o‘quv mashg‘ulotlarini pedagogik nazorat natijalarini qayd qilishjurnali;

- fakultet, kafedralar ilmiy-to‘garak (jamiyat) ishini o‘quv yili uchun ish rejasi;

- nazorat ishlari, kurs loyihalariga taqrizlarni qayd etish jurnali;

- o‘quv yuklamasi bajarilishini qayd etish jurnali;

- maslahat (konsultatsiya)larni qayd etish jurnali;

- o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha oraliq va yakuniy nazoratlarni o‘tkazish uchun metodik materiallar;

- kafedra yig‘ilishi bayonnomalari;

- o‘quv yili uchun hisobot;

HAMKORLIK 

Tajriba almashish va nazariyaning amaliyot bilan uyg‘unligini ta’minlash maqsadida quyidagi amaliy idoralar bilan yaqin aloqalar yo‘lga qo‘yilgan va samarali ishlar olib borilmoqda:

“Toshkent shahar FVB tezkor boshqaruv markazi”

“Toshkent shahrida FVB yong‘in-qutqaruv tayanch maskani”

“Davlat aktivlarini boshqarish agentligi”

“G‘alla Alteg” OAJ korxonasi;

“BIOKIMYO” AJ;

“Istiqlol” san’at saroyi;

“Turkiston” san’at saroyi;

Toshkent yog‘-moy kombinati AJ;

Toshkent-tola Mintaqaviy paxta terminali;

Toshkent Issiqlik elektrostansiyasi;

“Chinobod neft ombori AJ. 

KAFEDRA FAOLIYATI NATIJALARI 

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar 

- “Yong‘in o‘chirish taktikasi”

- “Yong‘in o‘chirishda taktik boshqaruvni tashkil etish”

- “Yong‘inga qarshi suv ta’minoti”

- “Gidravlika”

- “Fuqarolar muhofazasining yong‘in xavfsizligi xizmati”

- “Aholi va xududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish”
- “Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etish”

- “Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularni bartaraf etish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash”

- “Fuqaro muhofaza tayyorgarligi”

- “Qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni olib borish”
- “Radiatsion, kimyoviy va tibbiy-biologik muhofaza tayyorgarlik”

- “Xizmat va tayyorgarlikni tashkil etish

- “Yong‘in xavfsizligi xizmatida aloqa

- Aloqa va xabarlov tizimlari

- “Avtomatik boshqaruv tizimlari”

Akademiya iqtidorli  kursantlar bilan o‘tkaziladigan to‘garaklar 

Kafedrada “Yong‘in o‘chirish taktikasi”, “Yong‘inga qarshi suv ta’minoti”, “Gidravlika”, “Fuqarolar muhofazasining yong‘in xavfsizligi xizmati”, “Aholi va xududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish”, “Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etish”, “Xizmat va tayyorgarlikni tashkil etish”, “Yong‘in xavfsizligi xizmatida aloqa” fanlari boyicha to‘garaklarda iqtidorli kursantlar bilan tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

ILM-FAN YO‘NALISHI 

Kafedraning “Sanoat, ishlab chiqarish va iqtisodiyot obektlarida yong‘in o‘chirishning yangi usullarini ishlab chiqish” nomli bosh ilmiy mavzusi yuzasidan professor-o‘qituvchilar tarkibi tomonidan olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari muntazam ravishda ilmiy maqola va boshqa ishlanmalarda o‘z aksini topib kelmoqda.

Shu qatorda, bosh ilmiy mavzu yuzasidan kunduzgi ta’lim kursantlari tomonidan ham bitiruv malakaviy ishlari bajarilmoqda. Unda asosiy e’tibor, Sanoat, ishlab chiqarish va iqtisodiyot obektlarida yong‘in o‘chirishning yangi usullarini ishlab chiqish zamonaviy va innovatsion uslublar bilan ta’minlashga qaratilmoqda. Bajarilayotgan bitiruv malakaviy ishlari amaliyot mutaхassislari tomonidan ham yuqori bahoga baholanmoqda.

Shu bilan birga kafedra katta o‘qituvchisi dotsent mayor L.A.Kamolov “Davlat yong‘in nazorati organlari faoliyati va aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlashni takomillashtirish” mavzusida,

mayor Kamolov Lazizjon Aminovichga O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining 2022-yil 28-fevraldagi 312/1-son bayonnomasiga asosan “DOTSENT” ilmiy unvonida tasdiqlangan.

- kafedra katta o‘qituvchisi mayor I.G‘.Xajiev “Aholi va hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan himoyalash usullarini takomillashtirish” mavzusida,

- kafedra o‘qituvchisi mayor M.R.Boyxurozov “Yong‘in xavfsizligini taminlashda, aloqa lokatsiya va navigatsiya vositalarining qo‘llanilishi” nomli tadqiqot mavzusida,

- kafedra o‘qituvchi kapitan X.A.Nishanbaev “Daryo o‘zani va qayiridagi deformasion jarayonlar jadalligiga gidravlik qarshilikning ta’siri” nomli tadqiqot mavzusi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini tayyorlash ustida ish olib bormoqda.

Shuningdek, kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan kafedraning bosh ilmiy mavzusi yuzasidan olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari bo‘yicha Respublika miqyosidagi jurnallarda 170 dan ortiq maqolalar hamda ilmiy-amaliy anjumanlarda tezislar chop etildi. 

AMALIYOT 

Mutaxassislik bo‘yicha olingan nazariy bilimlarni takomillashtirish, favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimi, faoliyati va uni tashkil etish tamoyillarini o‘rganish, amaliyotning ilg‘or tajribasi va ilmiy va ilmiy-texnik yutuqlari bilan tanishish, “Tuman (shahar) favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘ining profilaktika bo‘yicha o‘rinbosari”, “Tuman (shahar) favqulodda vaziyatlar bo‘limi yong‘in-qutqaruv qismi boshlig‘i, “Obyektlarda yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish bo‘linmasi profilaktika bo‘yicha o‘rinbosari”, “Obyektlarda yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish bo‘limi yong‘in-qutqaruv qismi boshlig‘i” lavozimlarida ko‘nikma hosil qilish va tajriba orttirish hisoblanadi. 

NASHRLAR

Bugungi kunga kelib kafedrada o‘qitiladigan barcha fanlar to‘liq o‘quv-uslubiy adabiyotlar bilan ta’minlangan. Shuningdek, kafedra professor-o‘qituvchilar tarkibi tomonidan me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish hamda mavjudlari o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan ham samarali ishlar amalga oshirilmoqda.