Hududlar va aholi muhandislik muhofazasi kafedrasi

AHOLI VA HUDUDLAR MUHANDISLIK MUHOFAZASI KAFEDRASI

Kafedraning maqsadi - aholini va ularning mol-mulkini, hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy obyektlarni, atrof-muhitni tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishda maxsus va muhandislik inshootlarini loyihalash, qurish jarayonidagi me’yoriy hujjatlarning talablarini, jumladan, yong‘in xavfsizligi, qurilish materiallari, bino va inshootlar, yong‘inni tergovga qadar tekshiruvi va ekspertizasi yo‘nalishiga doir ixtisoslik fanlari bo‘yicha o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-uslubiy, tarbiyaviy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni olib borish.

Kafedraning vazifasi – kunduzgi ta’lim yo‘nalishlaridagi kursantlarni va Ofitser kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish fakulteti tinglovchilarini, shuningdek, ishlab chiqarish korxonalari, loyihalash tashkilotlari hamda aholi ko‘p yig‘iladigan maskan xodimlarini nazariy, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarida muhandislik muhofaza yo‘nalishdagi so‘ngi texnologik yechimlar, ilm-fan qonuniyatlarini o‘rgatish va bilimlarni shakillantirish.

KAFEDRANING FUNKSIYALARI

“Yong‘in xavfsizligi”, “Texnosfera xavfsizligi” va “Ofitser kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish” fakulteti tinglovchilarini “Ta’lim to‘g‘risidagi” qonun talablari asosida yetuk kadrlar sifatida tayyorlash. 

KAFEDRA FAOLIYATI

Aholi va hududlar muhandislik muhofazasi kafedrasi 2002-yilda Qurilishda yong‘in xavfsizligi kafedrasi nomi bilan tashkil etilgan va hozirgi kungacha samarali faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Kafedra Akademiyaning ixtisoslik fanlarni o‘z ichiga olgan kafedra hisoblanib, kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan biriktirilgan ixtisoslik fanlaridan oliy ta’lim doirasida “Yong‘in xavfsizligi” va “Texnosfera xavfsizligi” mutaxassisliklari bo‘yicha kursantlarga, Ofitser kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish fakulteti tinglovchilariga va davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan o‘ta muhim ob’ektlarning rahbar va injener-texnik xodimlari bilan ma’ruza, amaliy (maskan) va laboratoriya mashg‘ulotlari olib boriladi. Mashg‘ulotlarni olib borishda zamonaviy o‘qitishning texnik vositalari va pedagogik texnologiyalardan samarali foydalaniladi. Ishchi dasturlarga muvofiq bevosita yangi qurilayotgan obyektlarda o‘tkazilishi lozim bo‘lgan maskan mashg‘ulotlari uchun alohida dars soatlari ajratilgan.

KAFEDRADA YURITILADIGAN NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tug‘risida”gi Qonuni;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish tug‘risida” 2019-yil
10-apreldagi PF-5706-son Farmoni;

“Favvqulodda vaziyatlar tuzilmalarining faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘isida” 2019-yil 10-apreldagi PQ-4276-son Qarori. 

HAMKORLIK

Tajriba almashish va nazariyaning amaliyot bilan uyg‘unligini ta’minlash maqsadida quyidagi turdosh OTMlari va amaliy idoralar bilan yaqin aloqalar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, o‘zaro hamkorlik memorandumlari tuzilgan va samarali ishlar olib borilmoqda:

Toshkent Arxitektura va qurilish instituti;

I.Karimov nomidagi Toshkent Davlat texnika universiteti;

Toshkent Irrigatsiya va qishioq ho‘jaligi mehanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti;

Yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar muammolari ilmiy-tadqiqot instituti Yong‘inlarni va boshqa favqulodda vaziyatlarni ekspertiza qilish va tadqiqot markazi;

X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi;

Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi Kriminalistik ekspertizalar kafedrasi. 

KAFEDRA FAOLIYATI NATIJALARI

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar

Qurilish materiallari, binolar, inshootlar va ularning yong‘inga bardoshliligi;

Þ     Binolar, inshootlar va ularning favqulodda vaziyatlarda bardoshliligi;

Þ     Qurilishda yong‘in xavfsizligi;

Þ     Yong‘inni tergovga qadar tekshiruvi va ekspertizasi;

Þ     Birinchi tibbiy yordam;

Þ     Amaliyot asoslari.

Iqtidorli  kursantlar bilan o‘tkaziladigan to‘raklar

Kafedrada Binolar inshootlar va ularning favqulodda vaziyatlarga bardoshliligi, Qurilishda yong‘in xavfsizligi, Yong‘inni tergovga qadar tekshiruvi va ekspertizasi, Binolar inshootlar va ularning favqulodda vaziyatlarga bardoshliligi, Qurilishda yong‘in xavfsizligi, Yong‘inning tergovga qadar tekshiruvi va ekspertizasi, Amaliyot asoslari fanlari boyicha to‘garaklarda iqtidorli kursantlar bilan tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Ilm-fan yo‘nalishi

Akademiyaning “Mahalliy hom-ashyolar asosida import oʻrnini bosuvchi, samarador yongʻin oʻchirish moddalarini ishlab chiqish texnologiyasini yaratish” mavzusidagi ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasini tayyorlash yuzasidan:

kafedra dotsenti mayor A.V.Lityaga tomonidan 2022-yil yanvar oyida “Silikat kompozitsiyalari bilan modifikatsiyalangan qiyin yonuvchan poliolifenlarni ishlab chiqish” mavzusida 05.10.02 - “Favqulodda holatlarda xavfsizlik. Yong‘in, sanoat, yadro va radiatsiya xavfsizligi” ixtisosligi bo‘yicha texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoya qilindi;

kafedra katta o’qituvchisi mayor M.Sh.Karimov tomonidan 2022-yil aprel oyida “Yong‘in o‘chirish usullari va vositalarini takomillashtirishning nazariy va amaliy asoslari” mavzusida 05.10.02 - “Favqulodda holatlarda xavfsizlik. Yong‘in, sanoat, yadro va radiatsiya xavfsizligi” ixtisosligi bo‘yicha texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoya qilindi.

Akademiyaning Oliy ta’limdan keying ta’lim yoʻnalishining mustaqil tadqiqotchilari kafedra katta o‘qituvchisi mayor Q.X.Yakubov tomonidan “Tarkibida sellyuloza tutgan, mahalliy xomashyolar asosida tayyorlangan qurilish materiallarining yong‘indan xavfliligini kamaytirish” mavzusida, kafedra katta o‘qituvchisi kapitan D.M.Junsaliyev tomonidan “Sel toshqini talofatlarining potensial xavflarini kamaytirish usullarini takomillashtirish” mavzusida, kafedra o‘qituvchisi kapitan O.U.Yalgashev tomonidan “Suv omborlari qirg‘oqlari yemirilishi natijasida yuzaga keladigan favqulodda vaziyatlarni xisoblash usullarini takomillashtirish (Chorvoq suv ombori misolida)” mavzusida, kafedra o‘qituvchisi  kapitan Z.R.Ilashov tomonidan “Favqulodda vaziyatlarda qutqarish ishlarini tashkillashtirish usullarini takomillashtirish” mavzusida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Kafedraning professor-o‘qituvchilar tarkibi tomonidan Respublika va xalqaro miqyosidagi konferensiyalarda, mahalliy va horijiy ilmiy-amaliy jurnallarda hamda Akademiya miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyalarda 200 dan ortiq maqola va tezislar chop etilgan.

Amaliyot

Malakaviy amaliyotning asosiy maqsadi kursantlar tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlash, ularning yong‘in bilan bog‘liq real va keskin vaziyatlar uchun ruhiy va jismoniy tayyorgarligini ta’minlash, qat’iy qarorlar qabul qilish ko‘nikmalarini, kelgusida tayinlanadigan lavozimlar bo‘yicha kasbiy mahorat hamda amaliy ish ko‘nikmalarini hosil qilish, yuksak kasbiy tayyorgarligini, mustaqil fikrlash, tashabbuskorlik, ijodiy va jismoniy mehnatga bo‘lgan qobiliyatini shakllantirishdan iborat.

Nashrlar

Kafedrada olib borilayotgan uslubiy va ilmiy ishlarning natijalarini o‘quv jarayoniga tatbiq etish, fanlarni yangi avlod darsliklari bilan ta’minlash hamda o‘quv-uslubiy materiallarni muntazam ravishda takomillashtirib borish maqsadida so‘nggi yillar davomida bir qator yangi darslik va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar tayyorlanib nashr etilgan, jumladan:

 “Qurilishda yong‘in xavfsizligi” va “Yong‘in surishtiruvi va ekspertizasi” darsliklari;

 “Bino inshootlar va ularning yong‘inga bardoshliligi” darsligi;

 “Qurilishda yong‘in xavfsizligi I-qism” va “Qurilishda yong‘in xavfsizligi
II-qism”;

“Yong‘inni tergovga qadar tekshiruvi va ekspertizasi” fanidan o‘quv qo‘llanma;

“Yong‘inni tergovga qadar tekshiruvi va ekspertizasi fanidan amaliy mashg‘ulotlar o‘tish uchun uslubiy qo‘llanma.

Bugungi kunga kelib kafedrada o‘qitiladigan barcha fanlar to‘liq o‘quv-uslubiy adabiyotlar bilan ta’minlangan. Shuningdek, kafedra professor-o‘qituvchilar tarkibi tomonidan me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish hamda mavjudlariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan ham samarali ishlar amalga oshirilmoqda