Yong‘inlarni bartaraf etishda avtomobillarning o‘rni

Tilsiz yov ko‘p hollarda katta moddiy va ma’naviy zarar yetkazishi, eng achinarlisi esa odamlar hayotiga zomin bo‘lishi ham mumkinligidir. Bunday ayanchli holatlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun, birinchi navbatda yong‘in chiqishining oldini olish, yong‘in paydo bo‘lgan vaziyatda uning salbiy oqibatlarini kamaytirish hamda uning dastlabki o‘n daqiqasini bartaraf etish uchun tezkorlikni ta’minlovchi, yong‘in o‘chirish kuch va vositalarining ahamiyati katta. Bugungi kunda jahon hamjamiyati oldida turgan eng global muammolardan biri bu — yong‘in balosini jilovlash va unga qarshi kurash bo‘lib hisoblanadi. Bashariyatning eng buyuk kashfiyotlaridan biri bo‘lgan olov inson hayotida muhim ahamiyat kasb etishi bilan birga, zarur xavfsizlik choralariga rioya etishni ham talab qiladi. Respublikamizda yiliga 12 mingga yaqin yong‘in sodir bo‘lmoqda. Ushbu yong‘inlarda 300 dan ortiq odamlar tan jarohati olib, 100 dan ortig‘i halok bo‘lmoqda. Bunday paytda yordamga birinchi bo‘lib yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari yetib keladi. Ularning qisqa fursatda voqea joyiga yetib kelishida yong‘in o‘chirish avtomobillarining xizmati beqiyos, albatta. Mamlakatimiz tarixan qisqa, biroq, mohiyatiga ko‘ra asrlarga teng muddat ichida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar jadal suratlarda rivojlanib bormoqda. Respublikamiz avtomobilsozlik, neft, paxta, g‘alla kabi bir qancha yo‘nalishlarda mustaqillikni qo‘lga kiritdi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, qishloq xo‘jaligi, og‘ir va yengil sanoat, ishlab chiqariщdagi rivojlanish tufayli yurtimiz xomashyo yetkazib beruvchi davlatdan dunyo talablariga javob bera oladigan, raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqaruvchi mamlakatga aylandi. Mamlakatimizni dunyoning avtomobil ishlab chiqaruvchi davlatlari qatoriga qo‘shgan Samarqand, Xorazm va Andijon viloyatidagi avtomobil zavodlarining dovrug‘i nafaqat yurtimizga balki olis – yaqin mamlakatlarga ham yoyilmoqda. Ushbu korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan yong‘in o‘chirish avtomobillarining taktik-texnik xususiyatlarini kursantlarga o‘rgatish hamda kursantlarni o‘z sohalari bo‘yicha olayotgan bilimlarini nazariya bilan chambarchas bog‘liqligini ta’minlash maqsadida ularni toshkent shahri va toshkent viloyatida sodir bo‘layotgan o‘ziga xos, yirik yong‘inlarga olib chiqish uchun ushbu korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan avtoulovlar Yong‘in xavfsizligi institutiga olib kelindi va bu boradagi ishlar tizimli davom ettirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 maydagi PQ-2991-sonli Qaroriga asosan Yong‘in xavfsizligi Institutida ham keng islohotlar amalga oshirilib, “SamAuto” qo‘shma korxonasida ishlab chiqariladigan ISUZU NQR 71 PL (shassisida) yong‘in o‘chirish avtomobili hamda avtobuslari bilan ta’minlandi. Xulosa qilib aytganda, ushbu amalga oshirilayotgan islohotlar tizimda zamonaviy yong‘in o‘chirish texnikalari va asbob-anjomlaridan foydalanilishi yong‘inlarni bartaraf etishda tezkorlikni ta’minlash bilan birga, qulayliklar ham yaratmoqda. Zero, sodir bo‘lgan yong‘inlarni bartaraf etishda kuch va vositalar asosiy vazifani bajaradi.