AKADEMIYA QO‘L JANGI JAMOASI SHOXSUPADA

Bugungi kunda yurtboshimiz va hukumatimiz tomonidan sport sohasini rivojlantirishga doir berilayotgan e’tibor va imkoniyatlar o‘sib kelayotgan yosh avlod vakillarini jismonan kamol topishlariga, vatanimizning istiqbolini yanada yuksalishlariga qodir bo‘lgan malakali kadrlarni tayyorlashda dasturul amal bo‘lib xizmat qilmoqda. 2022-2023 o‘quv yiliga mo’ljallangan hamkorlik rejasiga asosan Kuch tuzulmalari oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari o‘rtasida, joriy yilning 26-27 may kunlari O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Akademiyasi sport bazasida Qo‘l jangi sport turi bo‘yicha chempionat bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqada O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Akademiyasi, FVV Akademiyasi, IIV Akademiyasi, DXX Akademiyasi, Jamoat xavfsizlik universiteti, DBQ Bojxona institutlari ishtirok etdi. Shiddatli va murosasiz kechgan bahslarda musobaqa ishtirokchilarining qo‘lga kiritgan yutuqlari ularning qay darajada mashq ko‘rganliklarini namoyon etdi. Mazkur musobaqaning 57 kg vazn toifasida FVV Akademiyasi 1-kurs kursanti S.O‘sarov faxrli II-o‘rinni egallagan bo‘lasa, 80 kg vaznda toifasida esa FVV akademiyasi 5-kurs kursanti M.O‘tkirov 1-o‘rinni egallab musobaqaning mutloq g‘olibi bo‘ldi. FVV akademiyasi 5-kurs kursanti I.Asrorov barcha raqiblarini muddatidan oldin mag‘lubiyatga uchratib 88 kg vaznda toifasida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kirib oltin medalni qo‘lga kiritdi. Musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra umumjamoa xisobida Qurolli Kuchlar Akademiyasi faxrli 1-o‘rinni, FVV Akademiyasi 2-o‘rinni, Jamoat xavfsizlik universiteti jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Musobaqaning g‘olib va sovrindorlari medal diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

H va JT kafedrasi katta o‘qituvchisi kapitan Murodov Eliyor Sheraliyvich