FUQARO MUHOFAZASI INSTITUTIGA YOSHLAR BILAN EKSKURSIYA UYUSHTIRILDI

FUQARO MUHOFAZASI INSTITUTIGA YOSHLAR BILAN EKSKURSIYA UYUSHTIRILDI

     Ma’lumki, 15-mart kunidan 15-aprel kunlari Respublikamizning barcha hududlarida “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” doirasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, Akademiya rahbariyati tashabbusi bilan Yong‘in o‘chirish va qutqaruv texnikalari kafedrasi tomonidan Toshkent shahar Yangihayot tumani 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 30 nafar 6-sinf o‘quvchilari uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi institutiga ekskursiya tashkil etildi. Ekskursiya davomida maktab o‘quvchilari Fuqaro muhofazasi institutining Favqulodda vaziyatlar simulyatsiya markazi faoliyati bilan tanishtirildi.
     Dastlab o‘quvchilarning favqulodda vaziyatlar turlari, ularning kelib chiqish sabablari, favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda fuqarolar tomonidan qilinishi zarur bo‘lgan dastlabki harakatlar haqidagi bilimlari “Bilimlarni tekshirish xonasida” sinovdan o‘tkazildi. Shundan so‘ng “Zilzilalar tarixi muzeyi”, “Aloqa va xabar berish xonasi”, “Tutunli xona”, “Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish xonasi”, “Radiatsion, ximiyaviy, biologik va bakterialogik himoya xonasi”, “Ekologik himoya xonasi”, “Yong‘in xavfsizligi xonasi” hamda “O‘zbekiston hududida sodir bo‘lgan eng fojiali favqulodda vaziyatlar fotojamlanmalari xonasi” bilan tanishtirildi. Shuningdek, Zilzilalar simulyatsiyasi xonasida o‘quvchilar turli magnitudali zilzilalarda yuzaga keladigan holat ularning oqibatlari va to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.
     Mazkur simulyatsiya markazida o‘quvchilarga zamonaviy interaktiv va innovatsion usullar va vositalar (3D ochkisi, Gosha monikeni, elektron o‘t o‘chirgich, zilzila simulyatsiyasi trenajori) yordamida favqulodda vaziyatlar vaqtida to‘g‘ri harakat qilish samarali o‘rgatilib kelinmoqda. Ekskursiya yakunida o‘quvchilar “Bilimlarni tekshirish xonasida” o‘z bilimlarini qaytadan sinovdan o‘tkazdilar. Ushbu yuqori savida tashkil etilgan ekskursiya yoshlarda katta qiziqish uyg‘otish bilan birga ular qalbida iliq tassurotlar qoldiridi.


Akademiya axborot xizmati