AKADEMIYADA “XON ATLAS” HAFTALIGI O‘TKAZILDI

AKADEMIYADA “XON ATLAS” HAFTALIGI O‘TKAZILDI

     O‘zbekiston Respublikasida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan milliy liboslarimizda xalqimizning ming asrlik o’tmishini, urf-odati va an’analari, didi, estetik qarashlari, milliy qadriyatlarimizni mazmunan boyitish maqsadida, har yili an’anaviy shaklda Respublika bo‘ylab hududiy oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlikda mamlakatimizning barcha hududlarida “Xon atlas” haftaligi barcha xotin-qizlarini jalb etgan holda, yuqori saviyada uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda.
    Shu jumladan Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida ham joriy yilning 13-aprel kuni “Xon atlas” haftaligi o‘tkazildi. Mazkur festivaldan ko‘zlangan asosiy maqsad - o‘zbek xalqining ko‘p asrlik o‘tmish madaniyati, urf-odati va an’analari, didi, estetik qarashlari shuningdek, tashqi qiyofa, libos borasida o‘ziga xos xususiyatlari namoyish etish, barcha toifadagi xotin-qizlar, uy bekalari, o‘quvchi-talaba qizlar, yosh kelinlar, turli tashkilotlarda faoliyat ko’rsatayotgan xodimalar o’rtasida milliy qadriyatlarini targ‘ib etish, ularning kiyinish uslubini yanada takomillashtirish, kiyinish madaniyatiga yangi uslub va tamoyillarni tavsiya etish, milliylik va zamonaviylik, mahalliy va badiiy jihatlar uyg‘un bo’lgan, hurmat va qiziqishni kuchaytirish, shuningdek milliy urf-odat va an’analar bilan birga umuminsoniy ahloq qoidalari, shuningdek, umume’tirof etilgan did va estetik qarashlari shakllantirish, o‘zbek milliy shoyi matolari – atlas va adrasni tayyorlash texnologiyasi YUNESKO nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha il’gor tajriba ro‘yxatiga kiritilganini targ‘ib etishdan iboratdir. Shuni alohida ta’kidlash joizki, Akademiya g‘o‘zallari doimiy ravishda mana shunday festival va tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqdalar.

Akademiya axborot xizmati