HUQUQIY SAVODXONLIGI OSHIRILMOQDA

HUQUQIY SAVODXONLIGI OSHIRILMOQDA

      Joriy yilning 6-dekabr kuni FVV Akademiyasi harbiy xizmatchilari ishtirokida FVV Akademiyasi, Toshkent harbiy sudi, Toshkent harbiy prokuraturasining 2023-yil 4-yanvardagi Akademiya shaxsiy tarkibi o‘rtasida 2023-yilda harbiy intizomni mustahkamlash, huquqbuzarlik va qonun buzilishi holatlarini oldini olish, harbiy xizmatchi va xizmatchilarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasining 9-bandiga asosan doimiy ravishda shaxsiy tarkibning huquqiy ongini oshirish maqsadida “Qonunchilikdagi yangiliklar” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
  Davra suhbatida so‘zga chiqqan, Adliya kapitani O.Parpiyev tomonidan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-33-moddalari hamda bosh qomusimizning 34-36-moddalari mohiyati va ahamiyati tushuntirilishi bayon etildi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 34-moddasida davlat organlari va tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ularning mansabdor shaxslari har kimga o‘z huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishish imkoniyatini ta’minlashi shartligi belgilanganligi, 35-moddada esa hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanishi va har kim xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga egaligi, diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmasligi qayd etilganligi tushuntirilib uning ahamiyati ham bayon etildi.
    Shu moddalar bilan 25-35-moddalarni qamrab olgan va shaxsiy huquq va erkinliklar deb nomlangan 7-bob tugallanishi va siyosiy huquqlarga bag’ishlangan 8-bob boshlanishi ta’kidlandi. Ushbu 8-bob 5 ta moddani qamrab olishi (36-40-moddalar) uning 36-moddasida O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egaligi, bunday ishtirok etish o‘zini o‘zi boshqarish, referendumlar o‘tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda shakllantirish, shuningdek davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati vositasida amalga oshirilishi, davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish tartibi qonun bilan belgilanishi yetkazildi va misollar orqali uning ahamiyati va mohiyati yanada yoritib berildi.


Akademiya axborot xizmati.