NAZARIY BILIMLAR AMALIY MUSTAHKAMLANDI

NAZARIY BILIMLAR AMALIY MUSTAHKAMLANDI

      So‘nggi yillarda ta’lim sohasining barcha bosqichlarini yanada takomillashtirish yo‘lida qator va izchil islohotlar olib borilmoqda. Jumladan, amaliyot bilan nazariyaning samarali integratsiyasini ta’minlashga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida kursantlar bilan nazariy mashg‘ulotlarda olingan bilimlarni yanada mustahkamlash maqsadida, joriy yilning 9-dekabr kuni 3-batalyon 301- va 302-guruh kursantlari uchun Yangihayot tumani FVB profilaktika inspektori katta leytenant B.Abduhamidov va Yunusobod tuman FVB tuman boshlig‘i o‘rinbosari katta leytenant N.Qo‘chqorovlar ishtirokida ko‘rgazmali amaliy dars mashg‘uloti o‘tkazildi.
    “Turli yong‘in o‘chirgichlar yordamida yong‘in o‘chog‘ini o‘chirish” mavzusi bo‘yicha o‘tkazilgan mashg‘ulotda amaliy tajribaga ega mutaxassislar tomonidan kursantlarga yong‘in o‘chirgichlarning turlari va ulardan foydalanish, ishlab chiqarish korxonalari uchun o‘t o‘chirgichlarni tanlash, ularni joylashtirish, me’yoriy hujjatlarga asosan birlamchi yong‘in o‘chirish vositalarini kerakli sonini aniqlash tartibi tushuntirildi. Mashg‘ulot davomida kursantlar o‘zlarini qiziqtirgan sohaga oid savollariga javob oldilar va amaliyotda birlamchi yong‘in o‘chirish vositalari bilan bog‘liq muammolar to‘g‘risida tushunchalarga ega bo‘ldilar.


Elyor ABDULLAYEV,
Yong‘in va qutqaruv texnikalari
kafedrasi o‘qituvchisi,
katta leytenant.