AKADEMIYADA MASTER-KLASS O‘TKAZILDI

AKADEMIYADA MASTER-KLASS O‘TKAZILDI

        Akademiya “Tillar” kafedrasi katta oʻqituvchisi Gulbahor Xatamova tomonidan yoshlarning ilm-fan va innovatsiya sohasidagi tashabbuslarini qoʻllab quvvatlash maqsadida, “Xorijiy tillarni sohaga qo‘llab o‘rganishda og‘zaki nutqni o‘stirishning samarali usullari” mavzusida master-klass o‘tkazildi. Master-klassda FVV Akademiyasi O‘quv jarayonini tashkillashtirish va muvofiqlashtirish boʻlimi boshlig‘i podpolkovnik Furqat Nazarov, Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetining filolog mutaxassi dotsenti Mahmud Shoniyozov, Oriental Universiteti ingliz tili boʻyicha filolog mutaxassi katta oʻqituvchi Munojat Rasulova hamda Akademiyaning professor-oʻqituvchilari, 4-batalyon kursantlari va Oriental Universiteti talabalari ishtirok etdi.
    Master-klass davomida o‘qituvchi totmonidan kursantlarga va talabalarga mavzu yuzasidan berilgan topshiriqlar mos kelishi, interaktiv usullardan unumli, mashqlardan juda keng foydalanganligi, til ko‘nikmalarini hammasini (o‘qish, tinglab tushunish, yozish, gapirish) o‘z o‘rnida toʻgʻri qo‘llay olganligi, kursantlar va talabalarni ikki guruhga ajratib, yakka holda, juftlikda ishlata olganligi, o‘qituvchi bugungi kun xorijiy tilni o‘qitishning eng birinchi talabiga amal qilib, “Modern and the best methods of teaching foreign language” usullaridan foydalanganligi va bu usul esa pedagogning yutug‘i desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
   Master-klass yakunida Oriental Universiteti ingliz tili boʻyicha filolog mutaxassi Munojat Rasulova soʻzga chiqib, master-klassni olib borgan katta o‘qituvchi G.Xatamova tomonidan darsni samarali va ijodiy yondashib olib borilganligi, darsni uslubiy jihatdan interfaol metodlardan foydalangan holda, nazariy bilimlarni tinglovchilarga juda yaxshi yetkazishi bilan ma’naviy barkamol, aqliy salohiyati yuqori, mustaqil, erkin fikirlovchi va kommunikativ qobiliyatini o‘sishi uchun qulay hamda oson tashkillashtirilganligi xususida ta’kidlab o‘tdi. Kasbiy faoliyat bilan bogʻliq bunday master-klasslarni kelgusida koʻproq oʻtkazilishi va tizimli yoʻlga qoʻyilishi, kursantlarimizning xorijiy tillarni sohaga qo‘llab o‘rganishda ogzaki nutqni o‘stirishning samarali usullari kasbiy mahoratlarini oshirishda, xorijlik va mahalliy aholi bilan ishlashda, xorijiy ilgʻor tajribalarni almashinuvida qoʻl keladi hamda ularni nazariy olgan bilimlarini amaliyotga tatbiq etishlarida muhim ahamiyat kasb etadi.

Akademiya axborot xizmati.