AKADEMIYADA ARZONLASHTIRILGAN YANGI YIL SAVDO YARMARKASI TASHKIL ETILDI

AKADEMIYADA ARZONLASHTIRILGAN YANGI YIL SAVDO YARMARKASI TASHKIL ETILDI

     Harbiy xizmatchi va xodimlar hamda ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, amaliy yordam ko‘rsatish, Yangi yilda bayramona kayfiyat ulashish maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida 2023-yilning 28-29-dekabr kunlari arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkasi tashkil etildi.
    Mazkur yarmarkada Yangi yil dasturxoniga zarur bo‘lgan 25 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari savdosi bo‘lib o‘tdi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, harbiy xizmatchilarga qulaylik yaratish maqsadida tashkil etilgan ushbu arzonlashtirilgan yarmarkalarning savdo rastalarida dehqon, fermer va bog‘bon xo‘jaliklari dala maydonlarida yetishtirilgan sifatli qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari arzon narxlarda taqdim etildi.

Akademiya axborot xizmati