BINAR TA’LIM USULIDA MASHG‘ULOT O‘TKAZILDI

BINAR TA’LIM USULIDA MASHG‘ULOT O‘TKAZILDI

      Joriy yilning 19-aprel kuni Akademiya Tillar kafedrasi katta o‘qituvchilari podpolkovnik M.Badalbayeva va G.Xatamovalar 4-batalyon 402-guruh kursantlariga “Hazard, risk and risk assessment” mavzusida amaliy mashg‘ulot darsini binar dars usulida o‘tkazishdi. Binar dars mashg‘uloti oʻqituvchilar tomonidan zamonaviy pedagogik texnologiyalar va usullarga tayangan holda real kontekstdagi misollar orqali o‘tildi. Jumladan, kun yangiliklarini ingliz tilida yoritish bilan boshlangan darsda kursantlar tomonidan o‘tilgan mavzu bo‘yicha tayyorlab kelingan slaydlar, plakatlar, videolardan unumli foydalanilib davom ettirgan holda gapirish, tinglab tushunish, o‘qish kabi til ko‘nikmalarini mustahkamlandi. Kursantlar tomonidan yangi mavzuga oid tayyorlangan kichik guruhlarda, juftlikda va yakka tartibdagi o‘yinlar, krosvord, savol-javoblarga boy bahs-munozaralar darsga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etgan bo‘lsa, bu ularning mustaqil tarzda muloqot davomida sohaviy atamalar va iboralarni qo‘llash ko‘nikmalariga ega ekanligini ham ko‘rsatdi.
     O‘qituvchilar mashg‘ulot jarayonini reja bo‘yicha “kursant markazda” tarzida tashkillashtirdilar va dars interaktiv uslubda qiziqarli o‘tildi, bu borada ular “binar usul”da dars o‘tish orqali o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erisha olishdi. Mazkur mashg‘ulotda kursantlarga mavzu bo‘yicha asosiy ma’lumotlardan tashqari qiziqarli video va audio materiallar ham taqdim etildi.
   Dars jarayonida o‘qituvchilar tomonidan kursantlarning motivatsiyasini oshirish uchun har xil interaktiv topshiriqlar berildi va didaktik o‘yinlar orqali ham jarayon tashkillashtirildi. O‘qituvchilarning imkon darajasida mashg‘ulot jarayonini bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda tashkil etishlari yangiliklardan foydalanishga intilishlari va bu borada o‘z oldilariga qo‘ygan maqsadlariga erisha olganlaridan boshqa mashg‘ulotda kursantlarga mavzu doirasida qiziqarli va qo‘shimcha maʼlumotlarni ham berishni unutishmadi. Mavzu bo‘yicha mashg‘ulot jarayoni komponentlariga mos ketma-ketlikda, zamonaviy uslublarni qo‘llagan holda tashkil etildi. O‘qituvchilar tomonidan ushbu mashg‘ulot yakunida kursantlarning darsda ishtiroki va faolligi og‘zaki fidbek orqali baholanishiga ahamiyat qaratildi.
   Mashg‘ulotni DTS talablariga to‘la mos kelishi, shuningdek, unda ba’zi yoʻl qoʻyilgan kichik kamchiliklarni ham e’tiborga olgan holda, oʻz maqsadiga ijobiy erishganligi qayd etildi. Akademiya Tillar kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan pedagogning kasbiy faoliyati bilan uzviy bogʻliq bunday mashg‘ulotlarni tizimli tashkil etilishi, oʻzaro tajriba almashinuv oʻrnida dars jarayonlarni ham ilmiy, ham uslubiy jihatdan sifatini oshirish uchun pedagogik tahlillarni oʻtkazib borilishi doimiy yoʻlga qoʻilgan.
      Xulosa qilib aytganda, bunday mashg‘ulotlar kursantlarning ma’naviy ongini boyitish bilan birgalikda Ona Vatanga, kasbiga bo‘lgan mehrini ham kuchaytiradi. Binar dars mashg‘ulotini o‘tkazishdan maqsad zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalardan samarali foydalangan holda ta’lim sifatini oshirish hamda tayyorlanayotgan kadrlarning raqobatbardoshligini ta’minlashdan iborat.

Akademiya axborot xizmati.