Institut avtomobil xizmati faoliyati va uning moddiy-texnik bazasi

1978 yil Yong‘inga qarshi texnika va xavfsizligi muhandislari Toshkent fakulteti ochilishi munosabati bilan uning tarkibida Avtomobil xo‘jaligi tashkil etildi. Fakultetni texnikaga bo‘lgan ehtiyoji va favqulodda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan holatlarni oldini olish maqsadida, Avtomobil xo‘jaligi asosiy yong‘in o‘chirish maxsus va yordamchi avtomobillar hamda agregatlar bilan ta’minlanib, birinchi texnik bazasi yaratilgan. Avtomobil xizmati shaxsiy tarkibiga mavjud avtotransport vositalarining jangovar shay holatda saqlash, transport vositalarini yo‘nalishlar bo‘yicha harakatini talabnomalarda belgilangan muddatlarda chiqishlarini ta’minlash, maxsus avtomobillarga yuqori malakaga ega bo‘lgan va tajribali haydovchilarni biriktirish, nosoz transport vositalarini qisqa muddat ichida ta’mirlash choralarini ko‘rish vazifalari qo‘yilgan. Shuningdek, 1993 yilda Yong‘indan saqlash oliy texnik maktabi tashkil topishi bilan Avtomobil xo‘jaligi zimmasiga zamon talabiga ko‘ra bir qator mas’uliyatli va muhim vazifalar belgilandi. Jumladan, doimiy ravishda avtotransport vositalarini jangovar shayligini oshirish, haydovchilar bilan o‘quv taktik mashg‘ulotlar o‘tkazish, avtomobillarga xizmat ko‘rsatish, ularni texnik sozligini, yetarli miqdorda yonilg‘i — moylash mahsulotlari bilan ta’minlashga asosiy e’tibor qaratildi. 2017 yilda Yong‘in xavfsizligi oliy texnik maktabi Institut maqomiga ega bo‘lishi bilan Avtomobil xizmati faoliyati ham qayta tashkil etildi.

Avtomobil xizmati o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi IIVning amaldagi normativ-huquqiy hujjatlari hamda IIV Yong‘in xavfsizligi instituti Avtomobil xizmati nizomi talablari asosida olib boradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 maydagi 2991-sonli Qarori bilan 2017-2021 yillarga uchun tasdiqdangan “O‘zbekiston Respublikasi IIV YoXIning o‘quv tarbiyaviy faoliyatini takomillashtirish, moddiy texnik bazasini mustahkamlashga doir chora tadbirlar kompleks dasturi”ga asosan, Institut avtomobil parki zamonaviy avtomobillar bilan ta’minlanib, yangilanmoqda. Jumladan, 2017 yilda institutga “Neksiya-3”, “Kobalt”, “Matiz” va “Damas” rusumli avtomobillar, 2018 yilda yana “Lasetti-2”, “Neksiya-3”, “Spark”, “Damas” va “Isuzu (Samosval)” rusumli avtomobillar ajratilib, ulardan foydalanib kelinmoqda. Institutda Avtomobil xizmati o‘ziga biriktirilgan xududga ega bo‘lib, avtomobillarni saqlash uchun maxsus yopiq va ochiq garajlar, avtomobillarni kunlik texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun maxsus xandak (yama), nosoz avtomobillarni ta’mirlash uchun maxsus ustaxona mavjud. Bundan tashqari haydovchilarga qulay sharoitlar yaratish maqsadida dam olish, ovqatlanish, o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun alohida xonalar tashkil etilgan.

Haydovchi-xodimlar har kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, yo‘l harakati qoidalariga rioya etishlari, avtomobillardan foydalanish, ularning qonun-qoidalar va tartib-intizomga rioya etishlari yuzasidan muntazam ravishda kunlik yo‘riqnoma o‘tkazib kelinadi. Avtomobil xizmati tomonidan muntazam ravishda xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan, ma’nan eskirgan, harakat xavfsizligiga rahna soluvchi nosozliklarga ega bo‘lgan transport vositalarini hisobdan chiqarish, ularni o‘rnini yangilari bilan to‘ldirish, o‘rnatilgan tartibda shartnoma va tender asosida nosoz transport vositalarini ta’mirlash ishlarini tashkil etish, avtomobillar va boshqa texnik vositalari bilan bog‘liq barcha ko‘ngilsiz hodisalarni oldini olish, ularning sabablarini tahlili bo‘yicha mashg‘ulotlar hamda yo‘l harakati qoidalari, harakat va texnik xavfsizliklar bo‘yicha yo‘riqnomalar o‘tkazib, haydovchilarning malakasini oshirish borasida o‘quv va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilib, sinovlar qabul qilib kelinmoqda. Institut tasarrufidagi avtotransport vositalariga 1- va 2-texnik xizmat ko‘rsatish va mavsumiy texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini amalga oshirish maqsadida xizmat tomonidan 2018 yilning 1-choragida “2018 yil davomida Institut tasarrufidagi avtotransport vositalariga TX-1, TX-2 va mavsumiy texnik ko‘rsatish rejasi” ishlab chiqilib, jadval ko‘rinishidagi ma’lumotlar tayyorlanib, belgilangan muddatlarda transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatilib kelinmoqda. Texnik xizmat ko‘rsatish davrida aniqlangan nosozliklarni bartaraf etish uchun xizmatning ehtiyot qismlar omborida yetarli miqdorda turli ehtiyot qismlar mavjud.