AKADEMIYADA OCHIQ ESHIKLAR KUNI

AKADEMIYADA OCHIQ ESHIKLAR KUNI

    O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2023-yil 18-dekabr kunidagi 370-sonli sonli buyrug‘ining ijrosini ta’minlash maqsadida, yoshlarni harbiy kasbga yo‘naltirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining shakllanish va rivojlanish tarixi bilan tanishtirish, shuningdek, maxsus asbob-anjom va qutqaruv, o‘t o‘chirish texnikalarini namoyish etgan holda o‘quvchi-yoshlar uchun 2023-yilning 27-dekabr kuni FVV Akademiyasida “Ochiq eshikiar kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
   Tadbirning birinchi qismida o‘quvchi va yoshlarga favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, yong‘in xavfsizligi qoidalari, isitish moslamalarining ishlashi, yong‘in sodir bo‘lgan paytdagi harakatlar va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik uchun ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida ma’lumotlar hamda Akademiyaga o‘qishga hujjat topshirish tartibi va Akademiyada kursantlarga yaratib berilgan shart sharoitlar bilan tanishtirildi.
   Tadbirning ikkinchi qismida yoshlarga maxsus asbob-anjom va qutqaruv, o‘t o‘chirish texnikalarini namoyish etish bilan bir qatorda favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lishdan oldi, sodir bo‘lgan vaqtda va sodir bo‘lgandan so‘ngi harakatlanish tartibi yuzasidan tayyorlangan ko‘chma zilzila harakatlanish avtomobili haqida ma’lumotlar berildi va mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Mashg‘ulot so‘ngida o‘quvchilarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi. Tadbir yoshlarning qalbida katta taassurot qoldirdi.


Akademiya axborot xizmati