О‘zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasining logotipini yaratish bо‘yicha tanlov

Tanlovda barcha xohlovchilar, keng jamoatchilik vakillari shaxsiy g‘oyalari asosida yaratilgan ishlari bilan ishtirok etishi mumkin. Ishtirokchilar yoshi bо‘yicha chegara belgilanmagan.

1. Logotip о‘zida Akademiya faoliyatining muhim jihatlari, yangi qiyofasi, salohiyati va yutuqlarini, Favqulodda vaziyatlar xizmatining о‘ziga xos xususiyatlarini aks ettirishi, shuningdek, logotipning mafkuraviy va g‘oyaviy tarkibi, qonuniy, madaniy va estetik standartlarga mos bо‘lishi lozim.

Tanlov ishi о‘zida grafik qism va tushuntirish xatini jamlashi lozim.

Grafik qism tasvirdan iborat bо‘lib, osonlik bilan о‘qiladigan “О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FAVQULODDA VAZIYATLAR AKADEMIYASI” yozuvli original logotipni tashkil etishi lozim. Tasvir, eskiz, chizma, grafik maket hamda 3D-render shakllarida taqdim etilishi mumkin.

Tushuntirish xati ixtiyoriy shaklda bо‘lib, taqdim etilgan logotip loyihasining dizaynidagi ma’naviy-mafkuraviy elementlarni tashkil etishi lozim.

2. Tanlovda ishtirok etishni xohlovchilar tomonidan institut logotipi bо‘yicha tayyorlangan materiallar 2019 yilning 25 iyunga qadar Yong‘in xavfsizligi instituti veb saytiga qо‘yish uchun taqdim qilinsin.

3. Tanlov Institut boshlig‘i buyrug‘i bilan shakllantirilgan ishchi guruhi tomonidan 2019 yilning 10 iyul kuni о‘tkaziladi.

4. Tanlovga ishtirokchilar tanlovda ishti rok etish tо‘g‘risida bildirgini ilova qilgan holda Institut ishchi guruhiga taqdim etadilar:

5. Belgilangan muddatdan kechikib topshirilgan va qо‘yilgan talablarga rioya qilinmagan hamda boshqa ilmiy ishlardan kо‘chirilgan (plagiat) materiallar kо‘rib chiqilmaydi va ishtirokchi tanlovda qatnashmaydi.

6. Tanlovni tashkil etish va о‘tkazish bо‘yicha Institut ishchi guruhi taqdim etilgan ishlarni kо‘rib chiqish uchun yetakchi mutaxassislardan iborat tarkibda ekspertlar guruhini shakllantiradi.

7. Tanlovning yakuniy bosqichida ekspertlar guruhi tanlovga qatnashayotgan logotiplarni tahlil qilib, dastlabki ekspertizadan о‘tkazadi va tegishli qaror qabul qiladi.

8. Tanlov ishchi guruhi tomonidan ekspertlar guruhiga logotip muallifining ma’lumotlari oshkor etilmasdan, loyiha kо‘rinishida taqdim etiladi.