AKADEMIYADA ENG YAXSHI YOSH KITOBXON KO‘RIK-TANLOVI O‘TKAZILDI

AKADEMIYADA ENG YAXSHI YOSH KITOBXON KO‘RIK-TANLOVI O‘TKAZILDI

    Qadimiy va betakror diyorimizdan yetishib chiqqan buyuk alloma, adib va mutafakkirlarimizning boy ma’naviy merosini, umumbashariy sivilizatsiya, madaniyat, dunyoviy va diniy ilm-fan taraqqiyotiga ulkan xissa qo‘shgan ulug‘ ajdodlarimizning noyob asarlarini asrab avaylash, kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish, ularning nodir merosini, ibratli xayoti va ijtimoiy faoliyatini har tomonlama chuqur o‘rganish va targ‘ib etish, kursantlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng ommalashtirish va vazirlikning 55-sonli farmoyishining ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 18-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi kursantlari o‘rtasida “Eng yaxshi yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Mazkur ko‘rik-tanlovda kursantlar “Uzbek adabiyoti bilimdoni”, “Jahon adabiyoti bilimdoni”, “Buyuk mutafakkir va adib” shartlari bo‘yicha bellashdilar. Qizg‘in va murosasiz kechgan ko‘rik-tanlov yakuniy natijalariga ko‘ra, faxrli birinchi o‘rinni 2-batalyon kursanti Yorqinbek Abrolov egalladi. Faxrli ikkinchi o‘rinni esa, 4-batalyon kursanti Shoxjaxon Jumanov egallagan bo‘lsa faxrli uchunchi o‘rin 3-batalyon kursanti Sardor Izbosarovga nasib etdi. Yakunda g‘olib va sovrindorlar Akademiya rahbariyatining diplom va tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Akademiya axborot xizmati.