AKADEMIYADA O‘QUV TAKTIK-AMALIY MASHG‘ULOT O‘TKAZILDI

AKADEMIYADA O‘QUV TAKTIK-AMALIY MASHG‘ULOT O‘TKAZILDI

        Mamlakatimizda so‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida respublikamizda favqulodda vaziyatlarni oldini olish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash, fuqarolarimizni hayotini va moddiy boyliklarini tilsiz yovdan himoya qilish hamda asrab-avaylash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Ma’lumki, respublikamiz barcha huhudlarida joriy yilning 15-mart kunidan 15-aprel kuniga qadar “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” soha xodimlari va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda keng va samarali o‘tkazilmoqda.
  Shu jumladan, joriy yilning 13-aprel kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi hududida navbatdagi o‘quv-amaliy taktik mashg‘ulot o‘tkazildi. Mazkur mashg‘ulotda Toshkent shahar Yangihayot tumanida joylashgan umumta’lim maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilari, Akademiya ofitserlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish kursi tinglovchilari, professor-o‘qituvchilar, harbiy xizmatyailar va kursantlar ishtirok etdi. Mashg‘ulotdan ko‘zlangan asosiy maqsad – sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish tartibi, insonlar va moddiy tovar boyliklarni evakuatsiya qilish, jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish va tibbiyot xodimlari kelgandan so‘ng birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish hamda yong‘inlarni o‘chirishda kuch va vositalardan oqilona foydalanishni o‘rgatishdan iboratdir.
   Mashg‘ulot davomida mashg‘ulotning 1-bosqichida mashg‘ulot ishtirokchilariga tanlangan binoning 4-qavatida shartli ravishda yong‘in sodir bo‘lganligi va yong‘inni bartaraf etish uchun MAN TGM-240 avtotsisterna bo‘linma shaxsiy tarkibi yetib kelib, gaz va tutundan ximoya qilish xizmati tuzilib, binoning 4-qavatida sodir bo‘layotgan yong‘inni o‘chirish hamda jabrlanganlarni qutqarish ishlari olib borildi va jabrlanganlarga tibbiyot xodimlari tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi va EAP-46 rusumli yong‘in o‘chirish avtoko‘targichi yordamida binoning 4-qavati oynasidan qutqaruv ishlari amalga oshirish va yordamga muhtoj fuqarolar qutqarish ishlari amaliy ko‘rsatildi.
    Shuningdek, mashg‘ulotning 2-bosqichida zilzilani simulyatsiya qilish ko‘chma similyatorida tashkillashtirildi. Unda o‘quvchi yoshlarga zilzilaning kelib chiqish sabablari, uning oqibatlari, keltirish mumkin bo‘lgan moddiy zarar, zilzilaning kuchi haqida maktab o‘quvchilariga tushunchalar berildi va zilzilani simulyatsiya qilish ko‘chma simulyatorida zilzila vaqtida qanday harakatlanish tartibi bo‘yicha keng tushunchalar berildi. Shu bilan birga, mashg‘ulotning 3-bosqichida Akademiya yong‘in o‘chirish amaliy sporti terma jamoasi kursantlari tomonidan o‘quv minorasining 4-qavatiga ishg‘ol qilish narvoni yordamida ko‘tarilish va jabrlangan fuqarolarni qutqaruv arqoni yordamida qutqarish ishlari amalga oshirildi.
    Akademiya stadioni hududidagi samolyot dvigitelida shartli ravishda yong‘in kelib chiqdi va yong‘in sodir bo‘lganligi va yong‘inni bartaraf etish uchun MAN TGM-240 hamda KAMAZ rusumli avtotsisternalari bo‘linmalari yetib keladi va shaxsiy tarkibi tomonidan yong‘inni o‘chirish uchun kuch va vositalar yoyilish amalga oshirildi va tibbiyot xodimlari tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi. Yuqori saviyada tashkil etilgan mashg‘ulot o‘quvchi-yoshlarning sohaga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishga va ulardagi harbiy vatanparvarlik tuyg‘ularini yana bir bor jo‘sh urushiga sabab bo‘ldi va ularning qalbida iliq taassurotlar qoldirdi.


Akademiya axborot xizmati