VATAN MANZUMASI

VATAN MANZUMASI

        Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini izchillik bilan amalga oshirish, ulg‘ayib kelayotgan avlodning ongi, tafakkurini to‘g‘ri shakllantirish, yoshlarning bilim olishi, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, kasb-hunar egallashi uchun keng imkoniyatlar yaratish masalasiga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining 2023-yil 18-dekabr kunidagi “Vazirlik tizimida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 370-sonli buyrug‘ining ijrosini ta’minlash maqsadida, shuningdek, “Vatanparvarlik oyligi” doirasida Akademiyaning “Ma’naviyat va ma’rifat” markazida Akademiya harbiy xizmatchilari va kursantlari ishtirokida “Vatan manzumasi” mavzuida adabiy-ma’rifiy kecha bo‘lib o‘tdi.
   Tadbirda davomida kursantlar tomonidan Vatanni ulug‘lovchi kuy-qo‘shiqlar yangradi va o‘zlarining ijod namunalaridagi she’rlaridan bahramand etdilar. Mamlakatimizdagi tinch va osoyishta, xavf-xatardan xoli hayot, ijtimoiy barqarorlik, hamjihatlik, to‘kislik va farovonlik, oqibat, o‘zaro mehr va muruvvat muhiti oliy qadriyat ekani yorqin va betakror musiqiy dastur orqali yana bir karra o‘z ifodasini topdi.
    Yurtimizdagi tinchlik va totuvlikni, ahillik va hamjihatlikni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash nainki harbiy soha vakillari, balki barcha hamyurtlarimiz, ayniqsa, yoshlarning muqaddas burchi ekani, turli qiziqarli musiqiy chiqishlar vositasida yana bir karra namoyon bo‘ldi. Samimiy ruhda o‘tgan tadbir Akademiya kursantlarida katta taassurot qoldirdi.


Farhodjon XOJAYEV,
FVV Akademiyasi katta
o‘qituvchisi, mayor.