AKADEMIYA TERMA JAMOASI G‘OLIBLIKNI QO‘LGA KIRITDI

AKADEMIYA TERMA JAMOASI G‘OLIBLIKNI QO‘LGA KIRITDI

      O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-noyabrdagi “Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5282-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida hamda Favqulodda vaziyatlar vazirining 2024-yil 12-martdagi sportning mini-futbol turi bo‘yicha “Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi” musobaqasini o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘iga asosan, joriy yilning 11-aprel kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasida sportning mini-futbol turi bo‘yicha “Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi” musobaqasining hududiy saralash o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
    Shiddatli va murosasiz kechgan bahslarda Sirdaryo viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Maxsus vazifalar bo‘yicha respublika qutqaruv markazi, Muhandislik muhofaza va qurilish tiklash ishlari bosh boshqarmasi – Maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi terma jamoalari o‘zaro bahs olib bordi. Akademiya terma jamoasi barcha raqiblariga imkon bermasdan g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va Respublika bosqichida yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Akademiya axborot xizmati.