Yong‘in qutqaruv yenglarini mahalliy xom-ashyo asosida loyihalash ustida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar


Ko‘p qavatli binolarning yuqori qavatlarida yong‘in sodir bo‘lganda yong‘in o‘chirish jarayoni shuncha qiyinlashadi, shu bilan birga fuqarolarni evakuatsiya jarayoni murakkablashadi.

Natijada esa ko‘plab fuqarolar tutun tarkibidagi zaharli gazlardan talofat ko‘rishi, jarohat olishi, shikastlanishi, hatto halok bo‘lishi ham mumkin. Bu esa yong‘in xavfsizligi sohasida faoliyat yuritayotgan ilmiy xodimlar va olimlar ushbu muammoli yo‘nalishda yanada ko‘proq ilmiy izlanishlar olib borishlari lozimligini ko‘rsatmoqda.

Yong‘in xavfsizligi instituti professor-o‘qituvchilari tomonidan yong‘in xavfsizligini ta’minlashning dolzarb muammolari bo‘yicha qator fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Shular qatorida institut o‘qituvchisi katta leytenant Hafizov F.O. ham Toshkent to‘qimachilik yengil sanoat instituti “To‘qimachilik matolari texnologiyasi” kafedrasining mustaqil izlanuvchisi sifatida “Yong‘in qutqaruv yenglarini mahalliy xom-ashyo asosida loyihalash” mavzusida ilmiy izlanishlar bormoqda.

Katta leytenant Hafizov F.O ilmiy mavzusi bo‘yicha Toshkent to‘qimachilik yengil sanoat institutidagi “Sentex” sertifikatsiyalash markazida bir qator sinovlar o‘tkazdi. Sinov namunalari sifatida Respublikamizga import qilinayotgan ikki turdagi Rossiyada va Ukrainada ishlab chiqarilgan yenglik andoza sifatida tanlanib, ularda ishlatilgan iplarning chiziqiy zichliklari markazdagi SK-60H uskunasida aniqladi.

Ushbu markazdagi “STATIMAC-C” uzish uskunasida namunalarni ishlab chiqarishda foydalanilgan iplarini uzib ko‘rdi va ularning cho‘zilishi hamda uzilish kuchini aniqladi, to‘qima karkaslarining zichliklarini ham o‘rgandi. Bundan tashqari mustaqil izlanuvchi O‘zbekiston Milliy universitetida qoshidagi “Yuqori texnologiyalar markazi”da namunalarda ishlatilgan iplarning tarkibini ham o‘rgandi. Yuqoridagi izlanishlarda olingan natijalaridan foydalanib, respublikamizda ishlab chiqarilgan xom-ashyoni tanladi va uni to‘quvchilikka tayyorlash ya’ni qayta o‘rash, tandalash va ip o‘tkazish jarayonlaridan o‘tkazdi.

To‘quvchilikka tayyorlangan xom-ashyoni kafedra laboratoriyasidagi ATT-120 to‘quv dastgohiga o‘rnatdi va karkas to‘qima na’munasini olish uchun ilmiy izlanishlarini davom ettirmoqda.