AKADEMIYAGA ISHGA TAKLIF ETAMIZ!

AKADEMIYAGA ISHGA TAKLIF ETAMIZ!

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar safida kontrakt asosida harbiy xizmat qilishni istagan fuqarolar diqqatiga: Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida harbiy pedagog lavozimlarida kontrakt asosida harbiy xizmatni o‘tash istagini bildirgan fuqarolar (harbiy xizmatchilar), oliy ma’lumotli (magistr, diplomli mutaxassis), ilmiy daraja va unvonga ega bo‘lgan tibbiyot (umumiy amaliyot bo‘yicha), kimyo, oliy matematika, informatika, fizika, yurist, huquqshunos, chet tili (rus tili va ingiliz tili “ingiliz tilini bilish darajasi bo‘yicha C1 va unda yuqori darajaga ega bo‘lgan”) hamda jismoniy tayyorgarlik yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislarni ishga taklif etadi. Ishga kirish yuzasidan murojaat uchun Akademiya kadrlar bo‘limi 71 258-88-81, 71 258-49-93.

Akademiya axborot xizmati.