AKADEMIYADA “SHAXMAT” MUSOBAQASI O‘TKAZILDI

AKADEMIYADA “SHAXMAT” MUSOBAQASI O‘TKAZILDI


     O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvar kunidagi “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4954-son qarori hamda Favqulodda vaziyatlar vazirining 2024-yil 17-yanvar kunidagi 15-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida 2024-yil davomida o‘tkaziladigan ommaviy sport tadbirlari rejasi”ni ijrosini ta’minlash va Akademiya terma jamoasini shakllantirish, shuningdek Akademiyada sportning shaxmat turini keng targ‘ib qilish uni ommaviy sport turiga aylantirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodning intellektual va madaniy rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida 2024-yil 18-aprel kuni Akademiyasi boshlig‘ining 80-son buyrug‘iga asosan Akademiyada sportning shaxmat turi bo‘yicha Akademiya birinchiligi bo‘lib o‘tdt.
     Joriy yilning 22-25-aprel kunlari Akademiya batalyon kursantlari o‘rtasida kuchli sportchilar saralab olindi hamda 26-27-aprel kunlari Akademiya bosqichi o‘tkazildi. Musobaqa Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) qoidalari talablari asosida “Shveytsarcha” usulda o‘tkaziladi. Musobaqa yakuniy natijalariga ko‘ra faxrli Akademiya kursantlari o‘rtasida esa 3 -o‘rinni 2- batalyon kursanti Istamov Quvonch Tilav o‘g‘li, faxrli 2 -o‘rinni 2- batalyon kursanti Toirov Jahongir Zarifovich o‘g‘li, faxrli I-o‘rinni 3- batalyon kursanti Abdujabborov Abdumajid Abduraxmon o‘g‘li egalladi va batalyon kursantlari o‘rtasida tengsiz dep topildi. Akademiya harbiy xizmatchilari o‘rtasida esa faxrli 3-o‘rinni kapitan Tursinboyev Muhammad Turimat o‘g‘li egalladi, faxrli 2-o‘rinni mayor Gulyamov Yashnar Ibragimovich egalladi, faxrli 1-o‘rinni podpolkovnik Jumayev Sayfiddin Qodirovich Akademiya harbiy xizmatchilari o‘rtasida tengsiz dep topildi.


Jasur YARBEKOV,
 Harbiy va jismoniy tayyorgarlik
 kafedrasi o‘qituvchisi, kapitan.