ARMRESTLING SOVRINDORLARI

ARMRESTLING SOVRINDORLARI

      Joriy yilning 17-aprel kuni O‘zbekiston jismoniy tarbiya va sport universitetida Armrestling sport turidan “rektor kubogi” musoboqasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu musoboqada O‘zbekiston jismoniy tarbiya va sport universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Jahon tillari universiteti, va yana bir qator oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘zaro kuch sinashishdi.
   FVV Akademiyasi terma jamoasi nomidan Amaliy o‘quv markaz ofitseri Xurmatillo Madazimov murabbiyligida 18 nafar kursantlar faol ishtirok etdilar. Akademiya sharafini munosib himoya qilgan kursantlarimiz 2-batalon kursanti Jamshid Kenjayev 55 kg chap qo‘lda faxrli 3-o‘rinni, 3-batalon kursanti Habibullo Atabullayev 55 kg o‘ng qo‘lda faxrli 3-o‘rinni, 3-batalon kursanti Doston Xamroqulov 70 kg chap qo‘lda faxrli 3-o‘rinni, 5-batalon kursanti Xudoyor Xamidullayev 80 kg chap qo‘lda faxrli 3-o‘rinni, 4-batalon kursanti Yunus Elamasov 65 kg chap qo‘lda faxrli 2-o‘rinni, 3-batalon kursanti Doston Xamroqulov 70 kg o‘ng qo‘lda faxrli 2-o‘rinni, 3-batalon kursanti Sarvar Yo‘ldoshev 80 kg chap qo‘lda faxrli 2-o‘rinni, 5-batalon kursanti Xudoyor Xamidullaev 80 kg o‘ng qo‘lda faxrli 2-o‘rinni, 3-batalon kursanti Islomjon Ibodov 65 kg chap qo‘lda faxrli 1-o‘rinni, 5-batalon kursanti Ne’mat Beshimov 80 kg o‘ng qo‘lda faxrli 1-o‘rinni egalladilar.
   Musoboqa yakunida Akademiya terma jamoasi 2 ta oltin, 4 ta kumush, 5 ta bronza medallarini kiritganligi hamda faol ishtiroki uchun rektor “Tashakkurnomasi” bilan taqdirlandi.

Akademiya axborot xizmati.