Oilaviy hayotga psixologik tayyorgarlik mavzusida seminar-trening

О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2019 yil 19 mart kuni “Yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, yosh avlodni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan tо‘g‘ri foydalanish kо‘nikmasini shakllantirish, yoshlar о‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash masalalari”ga bag‘ishlab о‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ilgari surilgan beshta tashabbus bо‘yicha belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, Institut kursantlari va oila qurmagan yosh xodimlar bilan “Oilaviy hayotga psixologik tayyorgarlik” mavzusida joriy yilning 23 may kuni О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oila ilmiy-amaliy tadqiqot markazi bilan kelishilgan holda О‘zbekiston Xalqaro Islom Akademiyasi professori, psixologiya fanlari doktori B.M.Umarov ishtirokida seminar-trening о‘tkazildi.


Kursantlar tomonidan oilada erkak kishining о‘rni, turmush о‘rtog‘iga munosabat, ota-onalarning yosh oila xayotidagi roli, farzandlar tarbiyasiga oid berilgan savollarga professor B.M.Umarov tomonidan atroflicha javoblar berilib, kelgusida shu kabi savollar bilan tajribali psixolog sifatida ungamurojaat etish mumkinligini va о‘z maslahatlari bilan yordam kо‘rsatishini ta’kidladi.