Institutning “Matonat” teatr jamoasi “Arslon hamlasi” nomli spektaklni mohirona namoyish etdi

Mamlakatimizda oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilgan Talabalar teatr studiyalari festivali amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash,yuksak ma’naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o‘zlashtirgan barkamol avlodni voyaga yetkazishga qaratilgan yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirishdan iborat.



Shu bilan birga talaba-yoshlarni teatr san’atiga muhabbat ruhida tarbiyalash va ma’naviy kamolotga yo‘naltirish orqali oliy ta’lim muassasalarida olib borilayotgan madaniy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirishga erishish hamda iqtidorli yoshlarga o‘z imkoniyatlarini yuzaga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish muhim ahamiyat kasb etadi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2019 yil 19 mart kuni o‘tkazilgan yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, yosh avlodni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan 5 ta tashabbusdan biri – yoshlarni musiqa, rassomchilik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, iste’dodini yuzaga chiqarish lozimligidan kelib chiqib, bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-yoshlarini dunyoqarashlarini yanada shakllantirish borasida bir qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar amalga oshirilmoqda.



Xususan, joriy yil 20 may kuni O‘zbekiston Davlat drama teatrida o‘tkazilgan Respublika “Talabalar teatr festivali”da saralash bosqichida Yong‘in xavfsizligi institutida tashkil etilgan “Matonat” teatr jamoasi ham munosib ishtirok etib, Nizomga asosan 5 ta nominatsiya bo‘yicha turdosh oliy o‘quv yurtlarining 5 ta teatr jamoalari bilan bellashdilar.



Ushbu teatr festivalidasahna asari ijtimoiy hayotimizda sodir bo‘layotgan hodisalar, vatanparvarlik ruhidayoshlarni tarbiyalash, ayniqsa yoshlar hayotini aks ettiruvchi ijobiy mavzuga boy yoritilganligi bilan “Dolzarb mavzuning sahnaviy talqini uchun” nominatsiyasi bo‘yicha Yong‘in xavfsizligi institutining “Matonat” teatr jamoasitomonidan namoyish etilgan “Arslon hamlasi” nomli spektakliga berildi.



Shuningdek, talabalar teatr studiyasi faoliyatini yo‘lga qo‘yishdagi tashkilotchilik ishlari, kursantlarni qobiliyatlilarini izlab topib, sahna asarlarini badiiy va g‘oyaviy jihatdan to‘g‘ri tanlab, sahnalashtirish jarayonida barcha ta’sir vositalaridan foydalanish imkoniyatlarini yaratib, sahna mutaxasislarini ijodiy jarayonga jalb etib, talabalar teatr studiyasida ijodiy muhitni yaratishga erishganligi uchun “Eng yaxshi talabalar teatr studiyasi rahbari” nominatsiyasida kapitan Farhodjon Xojayev taqdirlandi.



“Eng yaxshi erkak roli uchun” nominatsiyasi bo‘yicha esa havaskor ijrochilik darajasi, dramatik qobiliyati, xarakterini aks ettiruvchi imkoniyati, nutq madaniyatlarini namoyon eta olgani uchun 3-bosqich kursanti Sanjar Baxromov taqdirlandi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, kursantlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etib, badiiy havaskorlik to‘garaklarida kursantlarning aktyorlik qobiliyatlari, iste’dodi va ijodkorliklari namoyon bo‘ladi. Mana shunday oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda bo‘lib o‘tayotgan turli ko‘rik tanlovlar va festivallarda ishtirok etib g‘oliblikni qo‘lga kiritayotganliklari esa kelgusi xizmat faoliyatlarida ham muhim ahamiyat kasb etadi.




Muslimbek Madaminov,
Qurilishda yong‘in xavfsizligi kafedrasi o‘qituvchisi
Nizomiddin Shukurqulov, 5-bosqich kursanti