YANGI O‘ZBEKISTONNING MATONATLI AYOLLARI

YANGI O‘ZBEKISTONNING MATONATLI AYOLLARI

      Xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faolliklarini oshirish, oliy ma’lumotli ayollar safini kengaytirish, ilmiy faoliyatga va tadbirkorlikka jalb etish hamda ularning bandligini ta’minlash, kelajak avlod va farzand tarbiyasida, oilada sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhimligi va ularning tibbiy madaniyatini oshirish maqsadida, 2024-yilning 19-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bilan Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida Milliy gvardiya Ma’naviyat va ma’rifat markazida “Yangi O‘zbekistonning matonatli ayollari” I xalqaro forumi o‘tkazildi.
    Mazkur forumda Ispaniya, Janubiy Koreya, Qozog‘iston, Turkiya singari 12 ta xorijiy davlatlar hamda O‘zbekiston Respublikasining 30 dan ortiq vazirlik, idora va birlashmalarining ekspertlari, oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, kursant qizlar, talaba va yoshlar hamda OAV xodimlari ishtirok etdi.
   Forumda so‘zga chiqqanlar, spikerlar tomonidan mamlakatimizdagi gender tengligidagi milliy xarakter, xotin-qizlarning davlat siyosati va harbiy sohasidagi, milliy qadriyatlarimizdagi muhim o‘rni, Turon malikalarining davlat boshqaruvidagi o‘rni, Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish borasidagi keng fikr-mulohazalarini bildirdilar. Forum davomida o‘zbek va qoraqalpoq ayollari milliy kiyimlar ko‘rgazmasi, faxriy qorovul harbiylarning ko‘rgazmali chiqishlari, Milliy gvardiya ansambli xushovoz xonandalarining musiqiy chiqishlari taqdim etildi.
  Forum so‘nggida O‘zbekiston olimalarining turli fanlar rivojiga qo‘shayotgan hissasi: yutuq va kamchiliklar, yoshlarning ma’naviy ta’lim-tarbiyasi xususida aytilgan fikr-mulohazalar, ta’lim-tarbiya masalalarida uchraydigan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan bildirilgan takliflar forumning to‘plamiga kiritilishi belgilab olindi.

Akademiya axborot xizmati.