TEATR IBRATXONADIR

TEATR IBRATXONADIR

       Akademiyada yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga doir ishlar samaradorligini yangi sifat bosqichiga olib chiqish, harbiy-vatanparvarlik, madaniy-hordiq, ma’naviy va ma’rifiy, ommaviy sport tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish, yoshlar ongiga vatanparvarlik, mardlik tuyg‘ularini singdirish, shuningdek, “Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish konsepsiyasi” va uni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan.
   Mazkur belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash maqsadida, 2024-yilning 24-mart kuni Akademiya kursantlari bilan “Muqimiy nomidagi musiqiy-dramma teatri”ga tashrif uyushtirildi. Kursantlar mohir ijodkorlar tomonidan “Aqldan ozish hech gap emas” nomli komediya spektaklini zavq bilan tomosha qilishdi va ushbu spektakl yoshlar qalbida va iliq tassurotlar qoldirdi.

Akademiya axborot xizmati