KURSANTLAR EKSKURSIYADA

KURSANTLAR EKSKURSIYADA

         Mamlakatimizda so‘nggi yillarda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, muammolarini o‘rganish hamda nazariya bilan amaliyotni uyg‘unligini ta’minlash masalalariga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi 5-batalyon kursantlari Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Piskent va Oqqo‘rg‘on tuman FVB yonğin qutqaruv qismlarida o‘qitilayotgan mashg‘ulotlar, maxsus jihozlangan zamonaviy simmulyatsiya xonalari, mavjud o‘quv qo‘llanmalar hamda Bo‘limning zamonaviy kutubxonasi bilan tanishdilar. Shuningdek, Oqqo‘rg‘on tumani FVB katta inspektori katta leytenant E.Mahkamov tomonidan qism faoliyati va maxsus jihozlangan zamonaviy texnika va asbob-anjomlar bo‘yicha kursantlarga batafsil ma’lumotlar berildi.
     Shundan so‘ng eskursiya davomida qismlarining shart-sharoitlari, harbiy xizmatchilarning kundalik xizmat faoliyati, yotoqxonalari, ma’naviyat va ma’rifat xonalari va ularning jangovar shayligi, maxsus zamonaviy texnika va asbob-anjomlari kursantlarda katta taassurotlar qoldirdi. Akademiya rahbariyatining tashabbusi bilan kursantlar uchun tashkil etilayotgan bunday ekskursiyalar doimiy amalga oshirib kelinmoqda hamda ularga muntazam ravishda ekskursiyalar tashkil etilishi, Akademiyada olayotgan nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unligini ta’minlashda alohida ahamiyat kasb etadi.

Akademiya axborot xizmati