SAXOVAT – INSONIYLIKNING ENG OLIY MEZONI

SAXOVAT – INSONIYLIKNING ENG OLIY MEZONI

        Har yili uyg‘onish, yasharish fasli bo‘lmish navbahor, qadimiy va go‘zal ayyomimiz Navro‘zi olam arafasida ko‘cha-ko‘ylar, mahallalarni obod qilish, yon-atrofni ozoda, pokiza, tartibli, saranjom holga keltirish o‘zgacha bir an’anaga aylanib qolgan. Shu bois, Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish, o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni kuchaytirish, mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida, 2024-yilning 19-mart kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasining bir guruh harbiy xizmatchilari va kursantlaridan tarkib topgan navbatdagi saxovat karvoni Toshkent shahar Yashnobod tumanida joylashgan 30-sonli mehribonlik uyiga tashrif buyurdilar. Tashrif avvalida Akademiya harbiy xizmatchilari va kursantlari tomonidan mazkur mehribonlik uyida xayriya hashari uyushtirib, obodonlashtirish ishlarini amalga oshirdilar.
     Shuningdek, Akademiya jamoasi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchi-lari uchun o‘zbekning milliy taomi bo‘lgan kamtarona osh dasturxonga tortiq etildi. Bolajonlar ko‘zlarida bir olam quvonch bilan samimiy xursandchiliklarini izhor etdilar. Xulosa o‘rnida ta’kidlash joizki, Akademiya jamoasi mana shunday savobli va xayrli ishlarni muntazam amalga oshirib kelmoqda. Albatta saxovatpesha bo‘lish eng oliy fazilatdir. Kimgadir muruvvat ko‘rsatish, shu yo‘l bilan savob olish insoniylikning bosh mezonlaridandir. ─ Odatda saxiylikni ko‘proq badavlat odamlardan kutamiz. Aslida, har birimizning qurbimiz yetganicha, imkoniyat darajasida saxovat ko‘rsatishimiz - bizning insoniy burchimizdir – deydi 30-sonli mehribonlik uyi direktori – Feruza Usmonxo‘jayeva - xayru saxovat insonlar o‘rtasida mehr-muhabbat va oqibat rishtalarini bog‘lashga, o‘zaro hurmat va totuvlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiladi desam mubolag‘a bo‘lmaydi.


Akademiya axborot xizmati.