KURSANTLAR MUQIMIY TEATRIDA

KURSANTLAR MUQIMIY TEATRIDA

    Akademiyada yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga doir ishlar samaradorligini yangi sifat bosqichiga olib chiqish, harbiy-vatanparvarlik, madaniy-hordiq, ma’naviy va ma’rifiy, ommaviy sport tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish, yoshlar ongiga vatanparvarlik, mardlik tuyg‘ularini singdirish, shuningdek, “Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish konsepsiyasi” va uni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan.
    O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining 2023-yil 12-iyuldagi 192-sonli buyrug‘i talablarini Akademiyada o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash maqsadida, 2024-yilning 17-mart kuni Akademiya kursantlari bilan “Muqimiy nomidagi musiqiy-dramma teatri”ga tashrif uyushtirildi. Kursantlar mohir ijodkorlar tomonidan “Sovchiga er topildi” nomli komediya spektaklini zavq bilan tomosha qilishdi va ushbu spektakl yoshlar qalbida va iliq tassurotlar qoldirdi.

Akademiya axborot xizmati.