AKADEMIYA DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI

AKADEMIYA DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI

    O‘z joniga bilib turib qasd qilishga suitsid deb aytiladi. Suitsid barcha davlatlarda global ijtimoiy-psixologik muammoga aylangan. Ayniqsa, uning bolalar va o‘smirlar orasida ko‘p uchrayotgani jamoatchilikni qattiq xavotirga solmoqda. Suitsidal xulq ikki xil ma’noda o‘rganiladi: bir tomondan, o‘lim va o‘zini halok qilish g‘oyasi, boshqa tomondan, atrof-muhitga xulqida beixtiyor o‘zgaruvchanlik va ularga nisbatan psixologik ta'siriga qaratilgan. Ko‘pincha har ikki element mavjud bo‘lib, o‘z joniga qasd aktlari kishining aybdorlik hissi bilan bog‘liq bo‘ladi va o‘zida gunohkorlik hissi mavjud bo‘ladi.
    Akademiyada joriy yilning 7-mart kuni Akademiya kursantlarining ruhiy holatini yaxshilash hamda suitsidning oldini olish maqsadida, Toshkent shahar Yashnobod tumani 153-sonli maktab psixologi Lobarxon Xursanova Akademiya harbiy xizmatchilari va kursantlar ishtirokida “Suitsidal o‘rganishlar sodir etgan bolaga yordam berish tamoyili” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbati davomida mutaxassis tomonidan kursantlar ishtirokida seminar-trening tashkil etildi. Yakunda kursantlarning mavzu bo‘yicha qiziqtirgan savollariga mutaxassis tomonidan atroflicha javoblar berildi. 

Akademiya axborot xizmati.