UCH AVLOD UCHRASHUVI

UCH AVLOD UCHRASHUVI

    Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasining “Ma’naviyat va ma’rifat” markazida 2024-yilning 7-mart kuni Akademiya harbiy xizmatchi va kursantlari ishtirkida “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi.
   Mazkur uchrashuvda, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Faxirylar markaziy kengashi raisi, iste’fodagi polkovnik Ergashjon Ikromov va iste’fodagi polkovnik Mirislom Mirsalimov hamda Akademiya harbiy xizmatchilari va kursantlar ishtirok etdi.
    Ergashjon Ikromov yoshlar bilan samimiy bo‘lib o‘tgan uchrashuvda o‘zining hayot maktabida erishgan yutuqlarini so‘zlab berar ekan, inson qadri ulug‘lanayotgan yurtda bunday uchrashuvlar tinglovchi-yoshlarni tafakkur qilishga, yurt istiqboli uchun mas’uliyatli bo‘lishga undashini ta’kidladi.
  Shuningdek, bugungi kunda yangi O‘zbekistonda yoshlarimizga yaratib berilayotgan sharoitlardan unumli foydalangan holda davlatimiz bayrog‘ini yuksaklarga ko‘tarishga intilayotgan sportchilarni yanada qo‘llab-quvvatlash ularga munosib murabbiylik qilishga astoydil harakat qilinayotganligini alohida e’tirof etdi. Uchrashuv yakunida kursantlarning qiziqtirgan savollariga ustoz Ergashjon Ikromov tomonidan atroflicha javoblar berildi va подполковник Komiljon Xоtamov yoshlar bilan samimiy bo‘lib o‘tgan muloqot uchun Akademiya rahbariyatining minnatdorchiligini bildirdi.

Akademiya axborot xizmati