QONUNCHILIKDAGI YANGILIKLAR

QONUNCHILIKDAGI YANGILIKLAR

        O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining 2024-yil 19-martdagi 03-181-sonli ko‘rsatmasi ijro uchun qabul qilinib, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga yong‘inlar profilaktikasi samaradorligini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi 2024-yil 13-martdagi O‘RQ-919-son Qonuni Akademiya professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘rganib chiqilib, Boshqaruvni tashkil etish, nazorat va huquqiy ta’minot kafedrasi katta o‘qituvchisi podpolkovnik A.B.Axmedov tomonidan Akademiya shaxsiy tarkibiga Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyati yetkazildi.
   Ushbu qabul qilingan qonun natijasida yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish orqali bu turkumdagi huquqbuzarliklarning oldini olish, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarni qonunlarga rioya etish va ularni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, shuningdek ana shu huquqbuzarning o‘zi tomonidan ham, boshqa shaxslar tomonidan ham yangi huquqbuzarlik sodir etilishining oldini olish, shuningdek, mahallalardagi uy-joy fondida o‘z xonadonida yong‘in xavfsizligi qoidalarining buzilishi oqibatida ro‘y bergan yong‘inlar yuzasidan huquqbuzar deb topilgan fuqarolarning insonparvarlik tamoyili asosida ijtimoiy himoyasini ta’minlash imkoniyati yaratildi.

Akademiya axborot xizmati