SIZ QONUNNI BILASIZMI?

SIZ QONUNNI BILASIZMI?

     Yangi O‘zbekistonda yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratib berish borasida mustahkam huquqiy baza yaratilgan va bu tizim zamon talablariga hamohang ravishda takomillashtirib borilmoqda.   Jumladan, joriy yilning 30-aprel kuni Akademiya kursantlari o‘rtasida qonunchilikni mustahkamlash hamda qonunchilikdagi yangiliklar va ularning mazmun-mohiyatini yana chuqurroq o‘rganish maqsadida, Akademiya “Ma’naviyat va ma’rifat markazi”da “Siz qonunni bilasizmi?” mavzusida viktorina o‘tkazildi.
    Viktorina nizomiga muvofiq, “Tanishish”, “Tezkor savol-javob va Kazus” hamda “Ijodiy yondoshuv” shartlari bo‘yicha Akadamiyaning 1,2,3,4-batalyon kursantlaridan tarkib topgan jamoalar shakllantirilgan bo‘lib, ya’ni 2-batalyon kursantlaridan tashkil topgan “Huquqshunoslar” jamoasi, 3-batalyon kursantlarining “Advokatlar” jamoasi, 4-batalyon kursantlaridan iborat “Bilimdonlar” jamoalari o‘zaro bellashishdi. Viktorinani hakamalar hay’ati yuqoridagi shartlarning yo‘g‘ri va odilona bajarilishi hamda baholash mezoni asosida adolatli baholab borishdi. Viktorinaning barcha shartlari bo‘yicha, hakamlar hay’ati tmonidan baholangan yakuniy natijalarga ko‘ra, “Huquqshunoslar” jamoasi faxrli 3-o‘rinni, “Advokatlar” jamoasi faxrli 2-o‘rinni, “Bilimdonlar” jamoasi esa jamoalar o‘rtasida mutloq g‘oliblikni kiritib, faxrli 1-o‘rinni egalladi. Yakunda, viktorinaning g‘olib jamoalar 1, 2, 3-darajali diplomlar hamda faol qatnashgan kursantlar “Eng faol qatnashchi” naminatsiyalari bo‘yicha tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
    Muxtasar qilib aytganda, Akademiyada o‘tkazilayotgan mana shunday qiziqarli viktorina o‘yinlari zamirida ham, yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sohadagi mavjud muammolar va ularning yechimlariga qaratilgan tabiiy-ilmiy masalalarga qiziqtirish orqali kursantlarimizning bilim va tafakkurlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Akademiya axborot xizmati.