AKADEMIYA KURSANTLARI "KINOCHILAR UYI"GA TASHRIF BUYURISHDI

AKADEMIYA KURSANTLARI "KINOCHILAR UYI"GA TASHRIF BUYURISHDI

      FVV Akademiyasida “Ustoz-shogird” an’anasini tizimli davom ettirish orqali soha yo‘nalishi bo‘yicha yoshlarni vatanaparvarlik ruhida tayyorlash, ma’naviy va madaniy ongini o‘stirish, xizmat vazifalariga ijobiy munosabatni hamda yuksak axloqiy tarbiyasini shakllantirish ishlari tizimli yo‘lga qo‘yilgan.
     Jumladan, 2024-yilning 20-mart kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi kursantlarni bo‘sh vaqtlarinin mazmunli ashkil etish va ularni madaniy hordiq olishlarini ta’minlash maqsadida hamda yangilanish va yasharish ayyomi Navro‘z bayrami munosabati bilan Akademiya Tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi podpolkovnik Malohat Badalbayeva bir guruh kursantlar bilan Kinematografiya agentligi, Milliy kinematografiyani rivojlantirish markaziga tashrif buyurishdi.
   Unda “Har kuning bo‘lsin Navro‘z!” shiori ostida Kursantlar uchun “Abdulla Oripov. Istiqlol kuychisi” badiiy filmi namoyish etildi. Kursantlar filmni katta hayajon bilan tomosha qilishdi. “Kino bu – tarbiya va ma’naviyat maskani. Kursantlarning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish, ularni madaniyat va san’atga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish hamda madaniy hordiq chiqarishlari uchun shart-sharoit yaratish maqsadida "Abdulla Oripov. Istiqlol kuychisi" filmi tomoshasiga olib keldik.” deydi Akademiyaning Ingliz tili fani o‘qituvchisi podpolkovnik Malohat Badalbayeva. Film O‘zbekiston xalqining suyukli shoiri, “Oltin yulduz” mukofoti sovrindori, O‘zbekiston davlat madhiyasi so‘zlari muallifi rahmatli Abdulla Oripov hayoti va ijodiga bag‘ishlab ishlangan bo‘lib, katta ekranlarda namoyish etila boshlagan milliy ruhdagi, vatanparvarlik g‘oyasini o‘zida mujassam etgan o‘tkir syujetli filmlardan biri hisoblanadi. Shuningdek tashrif davomida, kursantlar O‘zbekiston kino san'ati muzeyida saqlanayotgan noyob eksponatlar bilan ham tanishishdi.

Akademiya axborot xizmati