Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar kafedrasi

GUMANITAR VA   IJTIMOIY-IQTISODIY  FANLAR  KAFEDRASI

Kafedraning  maqsadi - umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bilan uzviylik hamda uzluksizlikni inobatga olgan holda kursantlarda ixtisoslik fanlarini o‘rganish va chuqur egallash uchun zarur bo‘lgan gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bo‘yicha bilimlarni, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish.

Kafedraning vazifalari:

- gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar asosida ilmiy dunyoqarashga doir bilimlar, davlat siyosatining dolzarb masalalari haqida tasavvur hosil qilish;

- tabiat va jamiyatda yuz berayotgan jarayon va hodisalar haqida yaxlit tasavvurga, insonning ma’naviy qiyofasi haqida bilimlarga ega bo‘lish, ulardan hayotda va kasbiy faoliyatida hamda zamonaviy ilmiy tadqiqotlarda foydalana olish;

- yangi bilimlarni mustaqil o‘zlashtira olish, takomillashtirish va o‘z mehnatini ilmiy asosda tashkil qila bilish;

- o‘z ustida ishlash, o‘z-o‘zini rivojlantirish va o‘z kasbiy, ilmiy bilimini takomillashtirish ko‘nikmasiga ega bo‘lish;

- o‘zining shaxsiy dunyoqarashi orqali ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan muammolarni tushunish va ularni tahlil qilish;

- shaxsning inson, jamiyat, atrof muhitga bo‘lgan munosabatini tartibga soluvchi ma’naviy va axloqiy fazilatlardan kasbiy faoliyatida unumli foydalanish;

- milliy madaniy va umuminsoniy qadriyatlar bo‘yicha o‘z qarashlarini ilmiy asoslash va ifodalashni bilish, milliy g‘oyaga amal qiladigan keng dunyoqarashga ega bo‘lish;

- mustaqil ishlash ko‘nikmasini hosil qilish;

- an’anaviy qadriyat kompetentsiyalariga ega bo‘lish (madaniyat, ilm, ishlab chiqarish qadriyatlarini tushunish);

- tarixiy meros va madaniy an’analarga hurmat va ehtirom bilan munosabatda bo‘lish, ijtimoiy va madaniy farqlarni bag‘rikenglik bilan qabul qilish, kelishmovchiliklar kelib chiqishining oldini olishni bilish, hamkorlikka tayyor turish kompetentsiyalariga ega bo‘lish;

- nutq madaniyatini to‘g‘ri shakllantirish, til me’yor talablariga amal qilish, so‘zlarni aniq talaffuz qilish va ifodalashni shakllantirishga zamin yaratish.

- oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni sifatli tayyorlashni ta’minlash, shuningdek, dissertatsiya tadqiqotlarini olib borishda doktorant, mustaqil izlanuvchi va izlanuvchilarga ilmiy va ilmiy-metodik yordam ko‘rsatish.

KAFEDRA  FAOLIYATI

Ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, yong‘in va texnosfera xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq muammolar yuzasidan fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazishda qatnashish, ularning natijalari bo‘yicha ta’limni fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi orqali amaliyotga keng joriy etish, jumladan:

· kafedraning yo‘nalishiga oid mavzular hamda mutaxassislik bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish, kasb faoliyatining ko‘zlangan natijalariga erishishda jarayonlarni modellashtirish va tizimli yondashish borasidagi ilmiy bilim, amaliy o‘quv va ko‘nikmalarni ta’minlash;

· tegishli ilmiy-tadqiqot institutlari va ilmiy markazlarda ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar hamda fanlarni o‘qitish metodikasi bo‘yicha izlanishlar olib borish;

· internet tarmog‘ida tegishli mavzuga oid eng yangi ilmiy yutuqlar haqidagi ma’lumotlarni maqsadga yo‘nalgan holda izlash, topish va ulardan samarali foydalanish;

· kafedraning  professor - o‘qituvchilari  tomonidan olib borilayotgan ilmiy izlanishlar natijalari va ilmiy yutuqlari bo‘yicha xalqaro va respublikada o‘tkazilayotgan konferensiyalarda, ilmiy jurnallarda ilmiy maqola va tezislar chop etish;

    

KAFEDRADA O‘QITILADIGAN FANLAR

  • O‘zbekistonning eng yangi tarixi;
  • Falsafa;
  • Iqtisodiyot nazariyasi;
  • Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi;
  • Ekstremal  psixologiya;
  • Yong‘in xavfsizligining mantiqiy-tahliliy asoslari;
  • Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari;
  • Dinshunoslik;
  • Fuqarolik jamiyati.

KAFEDRADA   FAOLIYAT   YURITAYOTGAN  TO’GARAKLAR

Kafedrada “O‘zbekistonning   eng  yangi   tarixi”   fanidan, “Falsafa”   fanidan, “Milliy   g‘oya: O‘zbekistonni   rivojlantirish  strategiyasi”  fanlaridan ilmiy to‘garaklar  faoliyat  yuritayotgan  bo‘lib, ushbu to‘garaklar doirasida kursantlar ta’lim sohasi uchun zarur bo‘lgan gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlarining ilmiy va nazariy asoslarini chuqur  o‘rganish bilan bir qatorda amaliy tajriba va ko‘nikmalarga ega bolmoqdalar.

KAFEDRADA YURITILADIGAN NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR

O‘zbekiston Republikasi Konstitusiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  qarorlari, farmonlari, farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, O‘zbekiston Respublikasining Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyruqlari, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining buyruq, ko‘rsatmalari, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi boshlig‘ining buyruq, ko‘rsatmalari;

  • Namunaviy xizmat vazifalari asosida ishlab chiqilgan xodimlar va o‘quv-yordamchi tarkibning xizmat vazifalari;
  • Yillik ish rejalari;
  • Professor-o‘qituvchilarning shaxsiy ish rejalari;
  • Fan dasturi va ishchi o‘quv dasturlari;
  • Metodik (ish) rejalar;
  • Professor-o‘qituvchilarning navbatchilik jadvali;
  • Professor-o‘qituvchilarning o‘zaro o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashish jadvali;
  • O‘quv mashg‘ulotlariga o‘zaro qatnashishni qayd etish jurnali;
  • Professor-o‘qituvchilarning mashg‘ulotlarini pedagogik nazorat qilish jadvali;
  • O‘quv mashg‘ulotlarini pedagogik nazorat natijalarini qayd qilish jurnali;
  • Kafedra ilmiy-to‘garak (jamiyat) ishini o‘quv yili uchun ish rejasi;
  • Nazorat ishlari, kurs loyihalariga taqrizlarni qayd etish jurnali;
  • O‘quv yuklamasi bajarilishini qayd etish jurnali;
  • Maslahat (konsultatsiya)larni qayd etish jurnali;
  • O‘qitiladigan fanlar bo‘yicha oraliq va yakuniy nazoratlarni o‘tkazish uchun metodik materiallar;
  • Kafedra yig‘ilishi bayonnomalari;
  • O‘quv yili uchun hisobot;
  • O‘qitilayotgan fan va o‘quv kurslarining xususiyatidan kelib chiqqan holda boshqa o‘quv-metodik hujjatlar ham ishlab chiqilishi mumkin.

HAMKORLIK

Tajriba almashish va nazariyaning amaliyot bilan uyg‘unligini ta’minlash maqsadida quyidagi turdosh Oliy ta’lim muassasalari va amaliy idoralar bilan yaqin aloqalar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, o‘zaro hamkorlik memorandumlari tuzilgan va samarali ishlar olib borilmoqda. Mirzo Ulugbek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti tarix fakultetining “O‘zbekiston tarixi”, “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” kafedralari, “Ijtimoiy fanlar fakulteti”ning “Fuqarolik jamiyati va huquq ta’limi” O‘zbekiston Respublikasi Davlat Bojxona Qo‘mitasi Bojxona instituti “Iqtisodiy va gumanitar fanlar” kafedrasi.

KAFEDRA FAOLIYATINING NATIJALARI

Kafedra professor-o‘qituvchilar tomonidan hozirgi kunga kelib, 5 ta o‘quv qo‘llanma, 10 ta o‘quv uslubiy adabiyotlar tayyorlangan. Shuningdek, xorijiy davlatlarda 4 ta, respublika miqyosida 70 dan ortiq ilmiy va ilmiy - ommabop maqolalar chop etilgan. Kafedra professor-o‘qituvchilaridan 2 nafarida fan nomzodi hamda 1 nafarida tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalari hamda 1 nafarida dotsent ilmiy unvonlari mavjud.

Kafedra dotsenti tarix fanlari nomzodi, popolkovnik D.F.Xoshimova “Shuhrat” medali ham “ Qurolli kuchlar 30 yilligiga ” ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan.