MUSTAQILLIK KUBOGI
Toshkent shahridagi “Zakovat Arena” yopiq majmuasida 2023-yil 9-sentabr kuni “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘yicha vazirlik va idoralar o‘rtasidagi “Mustaqillik kubogi” bo‘lib o‘tdi. Mazkur intellektual o‘yinda 50 ga yaqin jamoalar qatnashishdi. Qiziqarli va yuqori saviyada tashkil etilgan intellektual o‘yinda Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimidan FVV Akademiyasi harbiy xizmatchilaridan tarkib topgan Akademiya terma jamoasi ham faol ishtirok etdi. Qizg‘in murosasiz va bahs-munozalarga boy tarzda ilk bor o‘tkazilgan “Mustaqillik kubogi”, respublikaning barcha oliy ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlarning terma jamolari o‘rtasidagi intellektual salohiyatga ega bo‘lgan yoshlar bellashuvi bo‘ldi.
Musobaqa natijasiga ko‘ra, 1-o‘rinni o‘rinni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, 2-o‘rinni o‘rinni AOKA Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha markazi va 3-o‘rinni o‘rinni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi jamoasi qo‘lga kiritishdi. Tadbir yakunida tashkilotchilar tomonidan sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan jamoalar diplom, medal qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan tantanali taqdirlandilar. Shuningdek, musobaqada 1-o‘rinni egallagan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi jamoasiga maxsus tayyorlangan Mustaqillik kubogi topshirildi.
Akademiya axborot xizmati
