YO‘L QOIDASI-UMR FOYDASI

YO‘L QOIDASI-UMR FOYDASI

        O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasining bir guruh harbiy xizmatchilari ishtirokida 2023-yilning 6-sentabr kuni Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi davlat yo‘l harakati xavfsizligi mas’ul xodimi katta leytenant Botir Ergashev bilan birgalikda “Yo‘l harakati qoidalari” va “Tartibli yuk tashuvchi” oyligi doirasidagi profilaktik tadbir o‘tkazildi.
    Tadbirda so‘zga chiqqanlar, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 172-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l harakati qoidalari”dagi barcha talablariga rioya etishlari, usti ochiq yuk avtomobillarda, yuk tashish qoidalari haqida ya’ni yuklarni tashish davrida avtomobil bortlari brezent bilan to‘liq yopilishi, yuk avtomobillarida harakatlanayotganda harakat yo‘lini 3 (uchinchi) chizig‘ida harakatlanmasliklari, avtobuslar harakatlanishi uchun belgilangan “A” harfi chizilgan yo‘llarda harakatlanmasliklarini alohida ta’kidlab o‘tdilar.
   Shuningdek, poytaxtimizda xizmat olib borayotgan harbiy xizmatchi haydovchilarimiz poytaxt ko‘chalarida Yo‘l xarakati qoidalariga qa’ttiy rioya qilishilari va avtotransport vositalarini boshqarish ma’daniyatiga amal qilib yurish lozimligi, yuk tashuvchi avtomobillar tomonidan qoida buzarliklar ko‘plab qayd etilayotganligi sababli yuk tashish qoidalariga ya’ni yukning og‘irlik va to‘kiluvchan hamda sochiluvchan qurilish materallarini tashishda qoidalarga rioya etish va “Tartibli yuk tashuvchi” oyligi reyd tadbirlari o‘tkazilayotganligini aytib o‘tdilar.
    Xulosa o‘rnida ta’kidlash joizki, har birimiz “Yo‘l harakati qoidalari”ga qat’iy amal qilishi orqali, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan mudxish hodisani oldini olish bilan birga fuqarolarni hayoti va sog‘ligini asrab qolgan bo‘lamiz.


Akademiya Matbuot xizmati